Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
Reja:
1.1. Fizik sath bo‘yicha umumiy tushunchalar.
1.2. Fizik sathning muhitlar: simli va simsiz muhitlar.
1.3. Fizik muhitlardan ma’lumotlar formatlari.
1.1. Fizik sath bo‘yicha umumiy tushunchalar.
Ushbu mar’ruzada OSI modelining eng quyi sathi hisoblanadigan fizik sath
ko‘rib chiqiladi. Fizik sathda kanallar bo‘ylab signalli oqimlarni uzatilishi,
signallarga
ishlov berish, qurilmalar orasida sinxronizatsiyalanish jarayonlari va
boshqa interfeyslar kabi muhim bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi.
Fizik sath
tarmoqning qurilish poydevori hisoblanidi. Shuningdek, ushbu sathda turli tipdagi
(mis, koaksial, optik, simsiz) kanallarning o‘tkazuvchanlik
qobiliyatlari,
kechikishlari, xatolik darajalari va boshqa parametrlari aniqlanadi.
Fizik muhitlar uch asosiy uzatish muhitlari orqali quriladi: simli (mis,
koaksial, optik), simsiz (radio muhitlar) va sun’iy yo‘ldosh. Har bir texnologiyaning
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari mavjud bo‘lib, tarmoqning qurilishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Fizik muhitlar orqali bitlar ketma-ketligi uzatiladi va keyin qabul
qiluvchi qurilmaga yetib borgan bitlar oqimi raqamli modulyatorlardan foydalanib
modulyatsiyalanadi va qayta tiklanadi. Modulyatsiyalanish
jarayonida muhitdan
kelayotgan signallar raqamli ko‘rinishga o‘zgartiriladi, ya’ni analog-raqamli
o‘zgartirish (ARO‘) jarayoni amalga oshiriladi. ARO‘ jarayonini amalga oshirishdan
ko‘zlangan asosiy maqsad, muhitdan kelayotgan ishlov berilmagan bitli oqimlarni
qurilmalar tushunadigan formatga moslashtirishdan iborat.
Aksincha, agar
qurilmadan fizik muhitga raqamli signallar uzatilayotganida qurilma tushunadigan
formatdan muhit orqali uzatiladigan formatga o‘tkaziladi, bitlar ketma-ketligiga