Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
Hayotimizdan misol keltirsak. Agar ikki turli tillarda gaplashuvchi inson bir
birini tushunishi uchun o‘rtada tarjimon bo‘lishi lozim.
Bir inson qisqa-qisqa
so‘zlardan iborat o‘zini
tilida gapirsa, ikkinchisining ona tilisida so‘zlar
nisbatan
uzunroq bo‘lganligi uchun uzunroq so‘zlardan foydalanib gapiradi. Bu aynan fizik
sathdagi ikki formatdagi ma’lumotlar oqimiga o‘xshab ketadi.
Yoki iPhone va
Android smartfonlarini misol qilib keltirish mumkin.
Ular ham bitta formatga
moslashtirilmas ekan, ular o‘rtasida ma’lumot almashib bo‘lmaydi. Har bir uzatish
muhiti va uning turli modellari bir biridan farqli ma’lumot
oqimlarini turli
standartlarini ta’minlaydi, 5-rasmda kanal sathidan fizik sathiga (yoki aksincha)
ma’lumot oqimlarini uzatishning diagrammasi keltirilgan.
5-rasm. Fizik sath bit oqimlarini kanal sathga uzatilish
Fizik sath kanal sathidan kelayotgan kelayotgan
kadrlarni bitlar ketma-
ketligiga o‘zgartiradi va keyingi qurilmaga yetib kelgan
bitlar ketma-ketligi yana
kadr holatiga o‘zgartiriladi. Bitlar ketma-ketligiga o‘zgartirishla linyaviy koder va
dekoderlardan foydlaniladi.
Xulosa.
Fizik muhitlar ta’kidlab o‘tilganidek, tarmoq qurilmalari o‘rtasida ma’lumot
oqimlarini almashish, signallarga ishlov berish, kodlash/dekodlash jarayonlarining
turli bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, fizik sath muhitlar bo‘ylab ishlov
berilmagan ma’lumot oqimlarining aloqasini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi.