Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja
Modernization of Higher Education in
Download 471.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Fizik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec)
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Agar bir nechta minglab foydalanuvchilarning ma’lumotlarini bir tarmoqdan ikkinchisiga (shahardan shaharga) uzatish zarurati paydo bo‘lsa, bunday holatlarda har bir foydalanuvchining ma’lumoti avval modulyatsiyalanib raqamli ko‘rinishga o‘zgartiriladi (har bir foydalanuvchining tarmoq qurilmasidagi standart texnologiyaga mos ravishda signallar har xil tezliklarda modulyatsiyalanadi). Keyin hosil bo‘lgan har xil formatdagi (turli modulyatsiyalardan foydalanib hosil qilingan turli tezlikli bit oqimlar) bitlar ketma ketligi multipleksor qurilmalaridan foydalanib bitta formatga moslashtirib bir xil tezlikka keltirib ikkinchi transport tarmoqlari bo‘yilab qabul qiluvchi tomon uzatiladi. Multipleksor qurilmalarining sig‘imi turlicha bo‘ladi, 4-rasm. 4-rasm. Modulyatsiyalangan signallarni multpleksorlash Fizik sathda modulyatsiyalangan signallarni yuqori tezliklarda transport (global) tarmoqlar bo‘ylab uzatish uchun, turli formatdagi (o‘lchami, tezligi, shovqin darajasi) signallar bir xil formaga o‘zgartirilishi va multpleksorlashning vizual diagrammasi 4-rasmda keltirilgan. Multipleksor qurilmalar juda yuqori aniqlikda signallarni juda yuqori tezliklarni uzatish imkoniyatini qo‘llab quvvatlaydi. Multipleksor jarayonini tushunib olishimiz uchun hayotdan misollar keltiramiz. Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Multipleksor qurilmasini aynan tezyurar poezd yoki samolyotga o‘xshatish mumkin. Poezd 500 km/s tezlik bilan harakatlana oladi. Poezd vokzaliga yo‘lovchilar taksidan, avtobusdan, metrodan, mopeddan yoki boshqa transport vositasidan foydlanib yetib kelgan bo‘lishi mumkin. Bu holatda foydalanuvchilarni turli formatdagi ma’lumotlarga o‘xshatish mumkin. Bunda yetib kelgan trasport vositasining tez yurar poezd bilan xech qanday aloqasi yo‘q, vaqtida yetib kelinsa bo‘ldi. Xuddu shunday, multipleksor qurilmasi turli tezlikdagi ma’lumotlarni qabul qiladi va tarmoq bo‘ylab uzatadi. Multipleksor qurilmasi shuningdek alohida foydalanuvchining ma’lumotlarini tarmoq bo‘ylab multipleksorlamaydi, balki foydalanuvchilar oqimini multipleksorlaydi. O‘xshash jihati shundaki, tez yurar poezd ham faqat stansiyada to‘xtab yo‘lovchilar oqimini olgani kabi, multipleksor qurilmalari ham ikkinchi multipleksorda keyingi oqimlarni multipleksorlaydi. Quyida ba’zi fizik muhitlarda ma’lumotlarni uzatish va qabul qidishda formatlarni ko‘rib chiqamiz. Har doim bir qurilma ikkinchisi bilan ulanganida (simli yoki simsiz) bir xil format va bir xil tezlikda ma’lumotlar almashadi. Misol uchun kompyuter tarmoq marshrutizatoriga kabel orqali ulangan bo‘lsin. Agar kabel (Ethernet)ning o‘tkazuvchanlik qobilyati 1Gbit/s bo‘lsa, demak kompyuter va tarmoq marshrutizatori o‘rtasida ko‘p bilan 1Gbit/s tezlikgacha ma’lumotlar oqimini uzatish/qabul qilish mumkin. Ikki qurilma o‘rtasida ma’lumot oqimlarini almashish jarayoni bir xil standant bo‘yicha ta’minlanadi. Agar kompyuter va Wi-Fi routor simsmz bog‘langanida yoki Ethernet kabeli bilan bog‘langanida yoki telefon linyasi orqali provayder qurilmasi bilan bog‘langanida ma’lumot uzatish va qabul qilish bir xil formatda (standartda) amalga oshiriladi. Misol uchun oxirgi modeldagi Wi-Fi routor kompyuter bilan simsiz bog‘langanida kompyuterda standart ma’lumot almashish dasturi (lekin Wi-Fi routorda o‘rnatilgan deb hisoblasak) o‘rnatilmagan bo‘lsa, bitta formatdagi ma’lumot oqimlarini almashish imkoniyatini ta’minlab bo‘lmaydi, sababi kodlash va dekodlash bitta standartda bo‘lishi zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling