Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja


Download 471.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana08.06.2023
Hajmi471.52 Kb.
#1464859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizik

 
 
13 
OSI modeli: Fizik sath 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
keltiriladi. Ushbu holatni hayotimizdagi misol bilan tushunib olsak. Inson soatiga 8 
km/s tezlik bilan yugura oladi (bir turdagi format). Tez yurar poezd soatiga 250 km/s 
bilan harakatlana oladi (ikkinchi turdagi format). Agar inson 8km/s tezlik bilan 
vokzalga yetib borib poezga o‘tirirsa va poezd Samarqandga 250 km/s tezlik bilan 
harakatlansa, ushbu holatda inson ikki xil formatda harakatlangan bo‘ladi. Nima 
uchun poezdga o‘tirishi lozim? Tezroq va qulay holatda Samarqandga yetib borishi 
uchun. Bitli oqimlarga o‘zgartirishdan maqsad ham aynan keltirilgan misolga 
o‘xshab ketadi. Bitli oqimlarga o‘zgartirishdan maqsad tezroq, xatosiz va ko‘proq 
ma’lumot almashishni amalga oshirishdir. Yoki, biz smartfondan foydalanib Wi-Fi 
qurilmasiga ulansak va Wi-Fi qurilmasi o‘z navbatida optik tolali yuqori tezlikli 
internet provayderiga ulangan bo‘lsinn. Foydalanuvchi internet xizmatlaridan 
foydalanganida signallar bir nechta ko‘rinishdagi bitli oqimlarga o‘zgartirilishi talab 
etiladi. Nima uchun? Sababi smartfon boshqa formatda, Wi-Fi qurilmasi boshqa va 
optik tolali muhit boshqa formatlarda bitlar oqimini qabul qiladi va uzatadi, 1-rasm. 
1-rasm. Turli raqamli qurilmalarning bir-biri bilan bog‘lanish 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
1.2. Fizik sathning muhitlar: simli va simsiz muhitlar 
Fizik muhitlari orasida turli uzatish tizimlaridan foydalaniladi. Uzatish 
tizimlari bir-biri bilan signallar oqimini uzatishni amalga oshiradi va bu jarayonlar 
multipleksorlar orqali ta’minlanadi. Multipleksor turli tezlikdagi va formatdagi 
signallar oqimini bitta formatga zichlashtirib magistral yoki transport tarmog‘i 
bo‘ylab ikkinchi tomondagi qabul qiluvchi multipleksorga uzatadi. Odatda qabul 
qiluvchi tomondagi multipleksor uzatuvchi tomonidan zichlashtirib uzatilgan 
oqimni qabul qilganidan keyin teskari jarayonni amalga oshiradi, ya’ni 
demultipleksorlaydi. Demultipleksorlashda signalli oqimlar o‘zining dastlabki 
holatiga o‘zgartiriladi. Ushbu holatni hayotimizdagi misol bilan tushunib olsak. 
Misol uchun avtobus bekatida turgan yo‘lovchilarning odatda o‘lchami va yugurish 
tezligi har xil bo‘ladi, ammo ular avtobusga chiqib joylashib olsa (zichlashib olsa), 
ularning tezligi avtobusning tezligi bilan aniqlanadi.
Multipleksorlash jarayonida har xil foydalanuvchilarning ma’lumot oqimlari 
bitta uzatish tizim orqali multipleksorlanadi va fizik muhit bo‘ylab yuqori tezlikda 
uzatiladi. Qabul qilishda esa demultipleksor qurilmasi orqali qabul qilingan 
ma’lumotlar oqimi demultipleksorlanadi. Ya’ni avtobus 80 km/s tezlik bilan 
manziliga yetib borganidan keyin yo‘lovchilar yana avtobusdan tushib o‘zlarning 
maqsadlari tomon o‘zlarining tezliklarida haraqatlanadi. Demultipleksorlashda ham 
multipleksorlangan ma’lumotlar orqimi dastlabgi holatga o‘zgartiriladi, 2-rasm. 
2-rasm. Multipleksor va demultipleksorlash jarayoni 



Download 471.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling