Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja
Download 471.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Fizik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 1.2. Fizik sathning muhitlar: simli va simsiz muhitlar
13 OSI modeli: Fizik sath Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) keltiriladi. Ushbu holatni hayotimizdagi misol bilan tushunib olsak. Inson soatiga 8 km/s tezlik bilan yugura oladi (bir turdagi format). Tez yurar poezd soatiga 250 km/s bilan harakatlana oladi (ikkinchi turdagi format). Agar inson 8km/s tezlik bilan vokzalga yetib borib poezga o‘tirirsa va poezd Samarqandga 250 km/s tezlik bilan harakatlansa, ushbu holatda inson ikki xil formatda harakatlangan bo‘ladi. Nima uchun poezdga o‘tirishi lozim? Tezroq va qulay holatda Samarqandga yetib borishi uchun. Bitli oqimlarga o‘zgartirishdan maqsad ham aynan keltirilgan misolga o‘xshab ketadi. Bitli oqimlarga o‘zgartirishdan maqsad tezroq, xatosiz va ko‘proq ma’lumot almashishni amalga oshirishdir. Yoki, biz smartfondan foydalanib Wi-Fi qurilmasiga ulansak va Wi-Fi qurilmasi o‘z navbatida optik tolali yuqori tezlikli internet provayderiga ulangan bo‘lsinn. Foydalanuvchi internet xizmatlaridan foydalanganida signallar bir nechta ko‘rinishdagi bitli oqimlarga o‘zgartirilishi talab etiladi. Nima uchun? Sababi smartfon boshqa formatda, Wi-Fi qurilmasi boshqa va optik tolali muhit boshqa formatlarda bitlar oqimini qabul qiladi va uzatadi, 1-rasm. 1-rasm. Turli raqamli qurilmalarning bir-biri bilan bog‘lanish Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 1.2. Fizik sathning muhitlar: simli va simsiz muhitlar Fizik muhitlari orasida turli uzatish tizimlaridan foydalaniladi. Uzatish tizimlari bir-biri bilan signallar oqimini uzatishni amalga oshiradi va bu jarayonlar multipleksorlar orqali ta’minlanadi. Multipleksor turli tezlikdagi va formatdagi signallar oqimini bitta formatga zichlashtirib magistral yoki transport tarmog‘i bo‘ylab ikkinchi tomondagi qabul qiluvchi multipleksorga uzatadi. Odatda qabul qiluvchi tomondagi multipleksor uzatuvchi tomonidan zichlashtirib uzatilgan oqimni qabul qilganidan keyin teskari jarayonni amalga oshiradi, ya’ni demultipleksorlaydi. Demultipleksorlashda signalli oqimlar o‘zining dastlabki holatiga o‘zgartiriladi. Ushbu holatni hayotimizdagi misol bilan tushunib olsak. Misol uchun avtobus bekatida turgan yo‘lovchilarning odatda o‘lchami va yugurish tezligi har xil bo‘ladi, ammo ular avtobusga chiqib joylashib olsa (zichlashib olsa), ularning tezligi avtobusning tezligi bilan aniqlanadi. Multipleksorlash jarayonida har xil foydalanuvchilarning ma’lumot oqimlari bitta uzatish tizim orqali multipleksorlanadi va fizik muhit bo‘ylab yuqori tezlikda uzatiladi. Qabul qilishda esa demultipleksor qurilmasi orqali qabul qilingan ma’lumotlar oqimi demultipleksorlanadi. Ya’ni avtobus 80 km/s tezlik bilan manziliga yetib borganidan keyin yo‘lovchilar yana avtobusdan tushib o‘zlarning maqsadlari tomon o‘zlarining tezliklarida haraqatlanadi. Demultipleksorlashda ham multipleksorlangan ma’lumotlar orqimi dastlabgi holatga o‘zgartiriladi, 2-rasm. 2-rasm. Multipleksor va demultipleksorlash jarayoni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling