Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

1. Ot olish - bu suyuq yoki qattiq 
materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish 


tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan 
suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez 
yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin, 
serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - 
mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi. 
2. Alangalanish - bunda material qaynash 
haroratigacha qizib, yonganda va tutashda davom 
etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan 
uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar 
hosil 
qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish 
haroratidan ancha baland bo‘ladi. 
3. O‘z-o‘zidan alangalanish - bu yonishga 
o‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga 
bo‘linadi: 
a) alangalanuvchining harorati atrof muhit 
haroratidan baland bo‘lishi yoki, 
b) past bo‘lishi mumkin. 
Birinchisida materiallaming qizishi natijasida 
yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi. O‘z-o‘zidan 
alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon, 


yog'och qipig'i, sariq fosfor va hokazoiar kiradi. 
Yonish jarayonining vaqti quyidagi formula 
bilan aniqlanadi. 
(5.2) 
Bunda: N - yonuvchi moddaning miqdori, 
kg/m3; V- moddaning yonish tezligi, kg/m3; 
4. O‘z-o‘zidan yonish - bu oksidlovchilaming 
issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlaming faoliyati 
natijasida materiallaming yonish jarayoni.
 
Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va 
ularning sinflanishi. 
Qattiq, g‘ovaksimon yonuvchan moddalar 
yuzasida adsorbsiyalangan havo qatlami bilan 
oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni 
kam o‘tkazadigan va g‘ovakli moddalarda yig‘ilgan 


issiqlik haroratni, oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. 
Polimerlanishda, biologik va fizik jarayonlarda 
ko‘plab issiqlik ajralib chiqadi va o‘zidan o‘zi yonish 
sodir bo‘ladi. 
O‘zidan o‘zi qizib, o‘t manbayi ishtirokisiz to‘liq 
yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya 
o'zidan o‘zi yonish deyiladi. O‘zidan o‘zi yonish 
harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli 
hisoblanadi. Moddalar o‘zidan o‘zi yonishga moyilligi 
bo‘yicha to‘rt sinfga bo‘lingan. 
Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, 
somon) taalluqli. 60- 70°C da biologik jarayon 
kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘zidan o‘zi 
vonish bilan yakunlanadi. 
Ikkinchi sinfga torf va ko‘mir kiradi. Normal 
haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan o‘zi yonib 
ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi. 
Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida 
to‘yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‘lgan 
o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish 


xususiyatiga ega. 
Yog‘-moy tomchilari bo‘lgan kiyim-kechaklar 
o‘zidan o‘zi yonib ketadigan xavfli darajada bo‘lib, 
ular ish joylaridan va xonalardan darhol yo‘q qilinishi 
kerak.
To'rtinchi 
sinfga 
kimyoviy 
moddalar 
va 
aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga 
bo‘lingan. 
Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda 
alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan. oq fosfor, 
fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin, 
stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metallorganik 
birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan 
birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib 
portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar 
— kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib 
o‘zidan o‘zi yonib ketadi. 
Ikkinchi 
guruhga 
suv 
bilan 
aralashib 
alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy 
metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer 


metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, 
natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, 
yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall 
karbidlari ham xavfli hisoblanadi. 
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan 
qo‘shilganda 
alangalanishga 
olib 
keladigan 
oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, 
azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy 
permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, 
selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. 
Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur 
ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida 
aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga 
qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko'rsatmalarga 
asoslanib ishlatilishi talab qiliriadi. 
Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga: 
korxona va tashkilotlar hamda fuqarolaming yashash 
joylari. Yong'in miqyosi: kichik hajmda, o‘rta hajmda 
va katta hajmda bo‘ladi. 
Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy 


sabablariga: 
- inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l 
qo‘yilgan xato va kamchiliklar; 
- inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va 
qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik; 
- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning 
nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan 
yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi; 
- bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi 
o‘yinlariga beparvolik; 
- yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan 
qutqaruv vositalarining kamligi sabab bo‘ladi. 
Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong‘inlarning 
asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning 
uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz: 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling