Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Inson ekologiyasi [3].
Inson ekologiyasi odamlarni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat qonuniyatlari, aholi sonining ortib borishi, sog‘liqni saqlash va yaxshilash, insonning fizik va psixik imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Inson ekologiyasining muhim vazifasi aholi sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilashning tabiiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Inson ekologiyasi oldida uchta vazifa turadi: 1. ITG bilan birgalikda tabiiy muhitni bir butun holda saqlab qolish; 2. Aholi salomatligi; 3. Kishilarning uzoq yashashi va faol hayotini ta’minlash. Ilmiy texnik inqilob inson bilan biosfera o‘zaro masalasini nihoyatda dolzarb muammoga aylantirdi. Biossferaning tarkibiy qismi hisoblangan har bir tirik organizm morfologik, fiziologik va xulqiy tomonlari bilan tashki muhit bilan xayratlanarli darajada uyg‘unlik organizmning yashash muhitiga moslashishi natijasidir. Moslashish qanday namoyon bo‘ladi? Moslashish organizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud bo‘lishi jarayonlarini muammo qilib qo‘yadi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi dunyo tirik organizm oldiga ma’lum muammolarni ko‘yadi. Tirik organizm yashashi, ya’ni o‘sishi va rivojlanishi uchun, sog‘lom avlod qoldirishi uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak bo‘ladi. Moslashish jarayoni cheksiz va to‘xtovsizdir. Ammo tirik organizm tabiiy funksiyalari va organlarini takomillashtirish imkoniyatlari cheklanganligini xisobga olish zarur. O‘sish, vazn, tananing umumiy yuzasi, shuningdek, hayot faoliyati jadalligi kabi antropologik ko‘rsatkichlar, nafaqat biologik qonuniyatlar asosida cheklanib qolmay, balki, gravitatsion, energetik, termik va boshqa iqlim geografik, geofizik omillar bilan ham cheklanadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, issiq qonli hayvonlar tana o‘lchami iqlim bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin. (Bregman qoidasi). Antropologlarning fikricha, odam evolyusiyasi to‘xtagan, genotipik nuqtai nazardan o‘zgarmaydi, ammo tabiiy va ijtimoiy omillar ularning morfofunksional o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin. Inson rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’sir etadi. Inson ekologiyasi umumlashtirsak u tabiat bilan ijtimoiy muhit orasidagi aloqa bog‘lanishlarni hal etishdan iborat. Ushbu bog‘lanishlar aholining salomatlik darajasi va ijtimoiy mehnat potensialini belgilab beradi. Sof holdagi tabiiy yoki ijtimoiy yo‘q, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Inson va jamiyat ma’lumot va madaniyat, aholining o‘sishi, rivojlanishi va moslashishlari uning kelajagi haqidagi muammolardir. Odam Er yuzidagi barcha narsaga aql-zakovat, maqsad bilan buysunadigan jonzotdir. Xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyai tufayli uning yashash chegaralari kengayib bormaqda. U yangi xom ashyo, energetik resurslarini, qidirish borasida dengiz va okenlarni, shimol va Antarktidalarni, baland tog‘ cho‘qqilari, suvsiz cho‘llarni, stratosfera va kosmik fazoni zabt etayapti. Shu bilan birga yangi tabiiy va ishlab chiqarish jarayonida, u tashqi muhitning noqulay duch kelmoqda. Odam populyasisining salomatlik xolati faqat tibbiy biologik nuqtai nazardan emas, balki iqtisodiy kategoriya ham xisoblanadi. Aholini ko‘chib yurishining ortishi Sibir, Chekka Shimol, Uzoq Sharq, baland tog‘ kabi xududlarni tez egallamoqda. Natijada odam organizmining boshqaruv organlari doimo zo‘riqqan holda ishlamoqda. Yangi sharoitda odam bilan tabiat o‘rtasidagi muvozanatni uyg‘unlashtirishda tibbiy biologik fanlar oldida o‘lkan vazifalar to‘ribdi. Kasalliklarni oldini olishdan tashqari, hozirgi avlodni saqlash va mustahkamlash hamda kelajak avlodni sog‘lig‘igi kafolat berish bo‘ladi. Shu bilan birgalikda tabiiy muhitning etik-estetik tomonlarini ham hisobga olish kerak. Har bir kishi uchun o‘rmonlar, gullab turgan o‘simlik, inson qo‘li tegmagan landshaftlar ilhom baxsh etadi. Hozirgi sharoitda shaharlar va uning aholisi jadal o‘smoqda, qishloq xo‘jaligi uchun har kuni biosfera holatini yaxshilash haqida qayg‘urishi lozim. Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta’siri ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Fan va texnika yutuqlarini xo‘jalik faoliyatiga tadbiq etishda jamiyat va tabiatning uyg‘un holda rivojlanish talablari e’tiborga olinmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Fan-texnika taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo‘lmaydigan rivojlarishi natijasida insoniyat shunday chegaraga etib keldiki, chang-tutun va nur kassaligi, turli toksik, allergiya, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan patalogiyaning boshqa turlari bilan bog‘liq xastalilar xavfi ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlarning ba’zi oqibatlari mutagen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta’sir ko‘rsatishi g‘oyat tashvishlidir. Birgina AQSHdagi sanoat korxonalari va atom stansiyalari har yili tabiatni yuzlab tonna radiaktiv chiqindilar bilan bulg‘anadi. Ajal urug‘lari bo‘lmish bu moddalar yillab axlatxonalarda yotadi. Ko‘pgina hollarda zaharli chiqindilar yomg‘irlar yuvilib, saqlanish joyidan daryolar quduqlarga sizib o‘tadi va toza ichimlik suvini zaharlaydi. Bu esa aholi uchun xavf-xatar tug‘diradi. G‘arbiy Evropa va Amerikadagi taraqqiyparvar kishilar tabiatni asrab-avaylash uchun kurashadilar. Chunki ular odamlarning sihat-salomatligini ko‘p jihatdan tashqi atrof-muhit holati darajasiga bog‘liq ekanini yaxshi tushunadilar. Tabiatni muhofaza etish bo‘yicha dunyo miqiyosida bir qancha uyushmalar mavjud. Masalan Germaniyadagi «yashillar» Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling