Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
partiyasi tabiat muhofazasi, yadro sinovlarini taqiqlash, qurollanish poygasini to‘xtatish uchun ko‘rashadi. Ularning bu qurashlari taraqqiyparvar kishilar tomonidan qo‘llab- quvatlanadi. Qolaversa, ijtimoiy jarayonlarning umumiy ekanini, ekologik tanglikning yagonaligini, sivlizatsiyaga xos xastaliklarning ko‘paygani, ijtimoiy va tabiiy moslashuv muammolarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomida salomatlik «to‘la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holati» tarzida ta’riflanadi. Salomatlik–yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni o‘zlashtirish va uning samaradorligini oshirish, ijtimoiy munosabatlarni taomillashtirish shuningdek, ijtimoiy va texnikaviy taraqqiyotning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik– har bir inson baxt-saodati, to‘laqonli ijtimoiy foydali faoliyatining zaminida yotadi. Haqiqatan ham, salomatlik borasida g‘amxo‘rlik qilish yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham o‘z maqsadlariga erisha olmaydi. Biosferadagi barcha jarayonlar o‘zaro bog‘liqdir. Insoniyat biosferaning kichik qismi bo‘lsa, inson esa organik hayot turlaridan biridir. Biosfera holatining yomonlashuvi barcha tirik majudotlar, shu jumladan inson uchun ham xavflidir. Inson va uning atrof-olam bilan munosabatini har tomonlama o‘rganish shuni tushunishga olib keldiki, salom atlik-bu nafaqat kasallikning yo‘qligini bildiradi, balki u insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xotirjamligidir. Salomatlik-tuman boylik. Bizga salomatlikni tabiat ato etgan. Ammo u biz yashayotgan shart-sharoitga juda bog‘lik. Shaharlarning eng muhim xususiyatlaridan biri, uni aholisining soni va uning o‘ziga xos tomanlari ya’ni sanoat, savdo, ma’muriy markaz (talabalar shaharchasi) hosil qiladi. BMT ning ekspert demograflarining fikricha aholi soni 20 mingdan ortiq bo‘lgan aholi punktlari shahar deb qarash kerak. Bu albatta shartlidir. Hozirgi davrda yirik shaharlar, kengayib, o‘zgartirilib, yirik aglomeratsiyalar yoki megapolislar hosil qilmoqda. Ular ham o‘sib bormoqda. Agarda aholini soni zaylda o‘sishi davom etsa, er yuzi aholisining umumiy soni 150-200 yildan sung 1 km metriga 6500-7000 kishiga tzg‘ri keladi, yoki boshqacha qilib aytganda barcha er yuzi shaharlar bilan egallab olinadi. Bundan keyingi o‘sish esa 700 yildan so‘ng er shari aholisi bir–biriga tizig holda tik turishi mumkin. Albatta bularning hammasiga shartli ravishda qaralishi keorak. Ma’lum davrda sayyoramizda aholining o‘sishi to‘xtashi yoki shaharlar ozgina to‘xtashi mumkin. Shaharlar doimo biror jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari dajarasini ifodalagan, shahar jamiyat va davlatning yuzi va unda qandaydir darajada uning harakterli xususiyatlari mujassamlashgan. Urbanizatsiya tarixiy jarayon, uning ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy munosabatlari shakllari bilan chambbarchas bog‘lik. U mavjud shahar va qishloqlarning rivojlanishi yangi va sanoat, transport, qy-joy qurilishi, yalpi kommunikatsiyalar, madaniy-maishiy turmush xizmatlarnig tizimi tub o‘zshgarishlar bilan bog‘lanib ketgan. Urbanizatsiya - ko‘p qirrali jarayon u jamiyatning kuchlari, ilmiy potensial, mehnat unumdorligi, jamiyatning sinfiy va malakaviy tuzilmasi, aholining iste’molchilik va hizmat ko‘rsatish kabilarga katta ta’sir etadi. Urbanizatsiya – XX asrdagi inqilob bilan chambarchas bog‘liq. Ammo urbanizatsiyaning jadalligi, shakl va harakteri jamiyatning ijtimoiy tuzumiga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, irrigatsya va o‘g‘itlardan foydalanish kabilar, qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish mahsuldorligini keskin oshiradi. SHaharlarda sanoatning o‘sishi maishiy hizmat darajasini ortiradi, qishloqdan kelayotgan oqimni ish bilan ta’minlaydi. O‘zbekistonda qishloq aholisi tuman markazlari atrofida to‘planmoqda. Ularni odatda kichik shahar tipidagi posyolkalar deyiladi. Tuman markazlari posyolkalarni (tashkil va xizmatlar) barcha qishloq joylarni qo‘shib olgan holda bajariladi. Bunday aholining joylashish tipi respublika aholisi joyini o‘ziga xos tizimini tashkil etadi. Hozirgi vaqta respublikada 120 shahardan 89 tasi aholi salkam ya’ni 50 ming qishidan iborat kichik kategoriyadagi 14 tasi o‘rtacha (50 mingdan 100 mingtacha); 13tasi yirik (100 mingdan 250 mingtacha). 3tasi ko‘p sonli (250 ming kishidan 500 mingtacha); Respublika poytaxti Toshkent shahri yirik markaz hisoblanib, uning aholisi 2,2 mln. kishidan ortiq. XIX asr o‘rtalarida atiga 4 ta « millioner shahar bo‘lgan edi. 1920 yilga kelib 25 ta, 1950 yilda 90, 1960 yil 140, 1970 yil 150 dan ortiq shaxarlar paydo bo‘ldi. 1920 yildan 1960 yillarda er yuzi aholisi 61 % ga o‘sdi, shaxar aholisi 200%, yirik shaharlar esa 250 % o‘shdi. Aholi soni 1 mln. dan ortiq shaharlar aholisining o‘sishi 1950 yildan 2015 yilgacha 8.1-jadval Mintaqalar 1 mln ortiq aholisi bo‘lgan shaharlardagi aholi soni 1950 1970 1990 2015 Afrika 3 16 59 225 Lotin Amerika 17 57 118 225 Osiyo 58 168 359 903 Evropa 73 116 141 156 Shimoliy Amerika 40 78 105 148 Shunday qilib, shaharlar sonining ortish qonuniyat hisoblanib, 5-6 ming yil orasida insoniyat harakterli xususiyat bo‘lib qoldi. Tarix, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, IIT, urbanizatsiya kabilar bir butin holda tezlashib ketadi. Bugungi kunda uning jadalligi maksimal darajaga etdi deyish mumkin. Xo‘sh bunday o‘sishning sababi qanday? Shubhasiz birinchi navbatda iqtisodiy rivojlanishdir. Iqtisodiy rivojlanish asosida ishlab chiqarish yiriklashtirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni o‘sishi yotadi. Shahar hozirgi davrda sivilizatsiya xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, sanot va iqtisodiy bir butin yiriklashishga yiriklashishga olib keladi. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan yirik shahar kichik shaharga nisbatan ancha afzal, chunki birgalikda energetika, transport, vodoprovod va kanalizatsiya foydalanish, ishlab chiqarish birlashmalar sanoat va fuqaro qurilishlarini yiriklashish yo‘lidagi baza hisoblanadi. Shunday qilib, hoziri davda sayyoramizda deyarli yarmidan kupi shaxarlarda yashaydi. Yirik shaxarlar odamlar uchun yuqori hayot darajasi, ya’ni xil-xil ish faolyatini tanlash va egallash imkoniyatlari, ta’lim olish va mustaqil ta’lim, moddiy o‘sish, dam olish jarayonlari bilan ta’minlaydi. Umuman olganda hozirgi davr ishlab chiqarish texnikasi, irrigatsiya va o‘gitlar, kimyolashtirish darajasi 5-10% aholi, qolgan 90-95% aholini boqish mumkin. Rivojlangan barcha mamlakatlarda XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida shaxarlarda 90% aholi istiqomat qiladi. Urbanzatsiya-ob’ektiv zaruriyat xisoblanib, jamiyatning ehtiyojidan kelib chiqqan, Ijtimoiy tarixiy qudratli dvigatelidir. Ammo ushbu jarayonning salbiy tomonlari ham mavjud. Ijtimoiy munosabatlarni ob’ektiv rivojlanishi uchun sharoit yaratsa, ikkinchi tomondan, antropogen tazyiq ta’sirida ekologik vaziyatni yomonlashuvi tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada urbanizatsiyalashgan muhitning ifloslanishi (sanoat, transport, maishiy turmush chiqindilari, oqova suvlar, avtotransportlardan chiqayotgan gazlar, zaharli kimyoviy moddalar, radioktiv chiqindilar va hokazolar) kuchayadi. Shubxasiz yirik shaharlar ekologik nuqtai nazaridan qulay emas, aksincha zararlidir. Tabiatdan uzoqlashish; Uy-joy tanqisligi; Ishsizlik; Ocharchilik; Nevrozlar; Nerv-pisixik kasalliklar; Shovqin; Avtotransport (ifloslanish)smog; Transport ta’siridan shikastlanishlar. Odamning tabiatini o‘rganish kerak. Biosferada moddalar va energiya almashinuvi-sun’iylikdan tabiiylikka yaqinlashtirish kerak. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling