Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish Erning tabiati yagona, uning qonunlari esa umumiydir. Tabiat davlat va ma’muriy chegaralarni bilmaydi. Olamshumul iqgisodiy vazifalarni bajarish uchun butun dunyo jamoatchiligining kuchini birlashtirishdan iborat ob’yektiv zaruratni anglash butun sayyoramiz miqyosida ekologik inqiroz xavfi kuchayib borgan sari asta sekin yuzaga keldi. Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish — davlatlararo hamkorlikning funksiyalaridan biri. Mavjud xalqaro ekologik qonunchilik asosida yangi huquqiy tuzilma — xalqaro ekologiya huquqi shakllandi. Bu umum e’tirof etgan prinsiplar va xalqaro huquq normalari asosida xalqaro ekologik resurslardan oqilona foydalanish, ularni saqlab qolish hamda insonning qulay atrof tabiiy muhitga ega bo’lish huquqini himoya ko’shish borasidagi davlatlararo ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarining majmuidir [3]. Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro huquqiy prinsiplari xalqaro jamoatchilik a’zolari bo’lgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi harakatlari natijasida ishlab chiqilgan. Ular BMT Bosh Assambleyasining alohida qarorlarida, Atrof muhit bo’yicha BMT Stokgolm konferentsiyasining, Evropada Xavfsizlik bo’yicha kengashning Yakuniy hujjatlarida (Xelsinki, 1975 y.), Butun jahon tabiat xartiyasining qarorlarida, BMT Atrof muhit va taraqqiyot bo’yicha xalqaro konferentsiyasining qarorlarida (Rio de Janeyro, 1992 y.) va boshqa huj- jatlarda bayon etilgan. Ushbu prinsiplar umumlashtirilgan xolda quyidagicha ifodalanadi: 1) inson ekologik huquqlarining ustunligi; 2) davlatning o’z hududidagi tabiiy resurslarga nisbatan suvereniteti; 3) bir davlat ekologik farovonligiga boshqasining ekologik zarari hisobidan erishishga yo’l qo’yib bo’lmaslik; 4) barcha darajalarda ekologik nazoratni amalga oshirish; 5) xalqaro ekologik axborot bilan erkin almashish; 6) davlatlarning favqulodda holatlarda bir- birlariga yordam berishi; 7) ekolognk huquqiy nizolarni tinch yo’llar bilan hal etish. Davlatlar atrof tabiiy muhitni ifloslantirishdan ko’rilgan zararni qoplash hamda ekologik zararning salbiy oqibatlari uchun xalqaro javobgarlik choralarini ishlab chiqish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish majburiyatini oladilar. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling