Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Yer ulagichlari bilan konstruktiv
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Yer ulagichlari bilan konstruktiv birlashtirilgan
yerga o`tkazgichlarni yeg`indisi-yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga qoqilgan va o’zaro metal bilan biriktirilgan o’tgazgichlar yer ulagich deb ataladi. Yerga ulanayotgan qismlarni va yerga ulagich orasini bog’lovchi simlarni - yer o’tgazgichi deb ataladi. Agar yer o’tgazgichni ikkita va undan ko`p bo’lsa ularni magistral deb ataladi. Chiqarilgan yer ulagichlar yerga ulanayotgan dasgohlaridan uzoqroq joyiga o’rnatiladi va yerga ulagich yordamida biriktiriladi. Yer ulagichlar yerga ulanadigan uskunalaridan nisbatan uzoq masofa joylashgan sababi yoyilib o’tish zonasidan tashqari joylashgan bo’ladi. Shu tufayli tegib ketish kuchlanishini koeffisenti birga teng bo’ladi. Inson kuchlanish ostida bo’lgan uskunani qobig’iga tegib olishida qobig`i yerga nisbatan kuchlanishiga duch keladi: (3.30) Demak, chiqarilgan ulagichlar faqat qobiqdagi kuchlanishi yo’l qo’yilgan meyoridan oshmagan holatida va yerga ulash qurilmani kichik qarshiligi hisobiga havfsizlik sharoitlariga javob beradi. Yerga katta tok o’tib keladigan bo’lsa (bu holat zamonaviy elektr uskunalarida sodir bo’lishi mumkin), qobiqdagi yo’l qo’yilgan kuchlanishni yerga nisbatan ulash qurilmani qarshiligini pasaytirish hisobiga havfsizlikni taminlab bo’lmaydi. Bu holatda konturli yerga ulash qurilmalari qo’llaniladi. Konturli yerga ulash qurilmalarida yer ulagichlar yerga ulanadigan uskunalarni joylashgan maydonini perimetrda va maydoncha ichkarisida setka shaklida o’rnatiladi. Tok qobiqga o’tib ketish holatida yer ulagichlardan yoyilib ketayotgan tok hisobiga maydonchani satxida yuqori potensial hosil bo’ladi, maydonchaga chatishgan yeriga nisbatan. Potensiyalarni yoyilish grafigini olish uchun har bir ulagichni potensiallarni alohida ustma- ust qo’shib aniqlash mumkin. Shuni hisobiga uskunani qobig’i va yer satxini potensiallari tenglashadi va maydon ichida tegib ketish kuchlanishi arzimaydigan bo’lib qoladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling