Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Alangalanish
- 3. O‘z-o‘zidan alangalanish
- 4. O‘z-o‘zidan yonish
1. O‘t olish - bu suyuq yoki qattiq
materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi. 2. Alangalanish - bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonganda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish haroratidan ancha baland bo‘ladi. 3. O‘z-o‘zidan alangalanish - bu yonishga o‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga bo‘linadi: a) alangalanuvchining harorati atrof muhit haroratidan baland bo‘lishi yoki, b) past bo‘lishi mumkin. Birinchisida materiallaming qizishi natijasida yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi. O‘z-o‘zidan alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon, yog'och qipig'i, sariq fosfor va hokazoiar kiradi. Yonish jarayonining vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi. (5.2) Bunda: N - yonuvchi moddaning miqdori, kg/m3; V- moddaning yonish tezligi, kg/m3; 4. O‘z-o‘zidan yonish - bu oksidlovchilaming issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlaming faoliyati natijasida materiallaming yonish jarayoni. Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va ularning sinflanishi. Qattiq, g‘ovaksimon yonuvchan moddalar yuzasida adsorbsiyalangan havo qatlami bilan oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni kam o‘tkazadigan va g‘ovakli moddalarda yig‘ilgan issiqlik haroratni, oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. Polimerlanishda, biologik va fizik jarayonlarda ko‘plab issiqlik ajralib chiqadi va o‘zidan o‘zi yonish sodir bo‘ladi. O‘zidan o‘zi qizib, o‘t manbayi ishtirokisiz to‘liq yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya o'zidan o‘zi yonish deyiladi. O‘zidan o‘zi yonish harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‘zidan o‘zi yonishga moyilligi bo‘yicha to‘rt sinfga bo‘lingan. Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) taalluqli. 60- 70°C da biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘zidan o‘zi vonish bilan yakunlanadi. Ikkinchi sinfga torf va ko‘mir kiradi. Normal haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi. Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‘lgan o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega. Yog‘-moy tomchilari bo‘lgan kiyim-kechaklar o‘zidan o‘zi yonib ketadigan xavfli darajada bo‘lib, ular ish joylaridan va xonalardan darhol yo‘q qilinishi kerak. To'rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan. oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin, stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metallorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar — kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‘zidan o‘zi yonib ketadi. Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi. Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko'rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qiliriadi. Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga: korxona va tashkilotlar hamda fuqarolaming yashash joylari. Yong'in miqyosi: kichik hajmda, o‘rta hajmda va katta hajmda bo‘ladi. Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga: - inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar; - inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik; - yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi; - bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik; - yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi sabab bo‘ladi. Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong‘inlarning asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz: Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling