27
siljishga va chiqish signaliga nisbatan differensial ulash kerak. Ikki taktli datchikni
tashkil qilish uchun bir taktli datchiklar sxemasi rasmda keltirilgan. Sxemada ikki
tok konturi I1 va I2. kattaliklari chо‘lgamlar L1 va L2 induktivliklariga bogliq.
Konturlar
transformator
Tr
ikkilamchi
differensial
chо‘lgamlaridan
ta’minlanayotganligi uchun konturlardagi toklar hamisha bir biriga qarama qarshi
yо‘nalgan va yuklamadagi natijaviy tok ular farqiga teng.
2.4.1-rasm. Induktiv datchikni differensial ulanish sxemasi.
P’ezoelektrik datchiklar
P’ezoelektrik
datchiklarni ishlashi esa mehanik bosimlar ta’sirida kvars,
segment tuzi kabi kristallarni polyarizatsiyalanish hodisasiga asoslangan.
2.5.1-rasm. Pezoelektrik bosim datchigi sxemasi.
Pezoelektrik datchiklar bosim o‘zgarishi tez o‘tadigan
qurilmalarda
ishlatiladi. Bunda pezoelektrik effektdan foydalaniladi, ya’ni deformatsiya tufayli
ba’zi bir dielektriklar qirg‘og‘ida elektr zaryadlari paydo bo‘ladi.
Pezoelektrik effektga ega bo‘lgan materiallarga kvars,
segnet tuzi, bariy
titanati va shu kabilar kiradi. Ixchamlik sodda tuzilishga ega ekanligi ularni afzalligi
bo‘lsa,
sezgirligini ozligi, statik miqdorlarni o‘lchash imkoniyati yo‘qligi uning
kamchiligidir.
Pezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba’zi kristall
moddalarning mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad
hosil qilish qobiliyatiga
asoslangan. Bu hodisa pezoeffekt deb ataladi. Pezoeffekt kvars,
turmalin, segnet
tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu turdagi asboblarda
28
ko‘pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning pezoelektr effekti +500°C gacha bo‘lgan
haroratga bog‘liq emas, lekin +570°S dan oshgan haroratda
bu effekt nolga teng
bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: