31
Tenzometrik datchiklarning ish prinsipi tenzoeffekt
hodisasiga asoslangan
bo‘ladi, yani elastik deformatsiya tasirida uning qarsxiligi o‘zgaradi. Tenzodatchik
malum usulda o‘ralgan va ikkala tomonidan mahsus plenka yopishtirilgan yupqa
simdan iborat.
Tenzodatchik deformatsiyasi nazorat qilinayotgan detalga mahsus yelim bilan
puxta yopishtiriladi. Detalning deformatsiyasi natijasida
simning geometrik
o‘lchamlari o‘zgarilib qarshiligi o‘zgaradi. Tenzometrik datchik-larning
tavsifnomasi chiziqli bo‘ladi va shu sababli ularning sezgirligi deyarli o‘zgarmaydi.
Tenzometrik datchiklarning asosiy ko‘rsatkichi tenzosezgirlik
hisoblanadi va u
quyidagicha ifodalanadi: Bu yerda R/R - materialning deformatsiya paytida
solishtirma qarsxiligi; - elastiklik moduli;
Tenzodatchiklarning afzalliklari:
ular juda sodda, ihcham va arzon.
Kamchiliklari: kichik sezgirlik, o‘lchov natijalari haroratga boqliq. Sanoatda 3 xil
tenzometrik datchiklar chiqariladi: simli, qoqoz (2PKB turida) va plyonka (2 PKB
turida) asosida: folgali. (2FPKP turi) va yarim o‘tkazgichli (KTD, KTDM, KTE
turlari). Simli tenzorezistorlar uchun nominal ish toki In = 0,5 A tashkil etadi.
Elektromagnitli datchiklar
Elektromagnitli datchiklar sodda tuzilishi va puhtaligi bilan avtomatika
tizimlarida keng miqyosda qo‘llanib kelinmoqda. Elektromagnitli datchiklar kirish
kattaligini o‘zgarishi bo‘yicha
induktiv, transformator va magnitoelastik turlariga
bo‘linadi.
Bir taktli induktiv datchik
Induktiv datchiklar ish prinsipi datchikni magnit zanjiridagi elementlar
mexanik siljishidagi chо‘lgamdagi induktivlik о‘zgarishiga asoslangan. Rasmda bir
taktli induktiv datchik sxemasi keltirilgan. Datchik chо‘lgam 2
joylashgan
qо‘zgalmas о‘zak 1 va qо‘zgaluvchan yakor 3 dan iborat. CHо‘lgam bilan ketma-
ket yuklama qarshiligi RH, ulangan bо‘lib undan chiqish signali UN. Olinadi.
Datchik
f chastotli Uman kuchlanishli о‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan.
Do'stlaringiz bilan baham: