Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
RBT 9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-rasm. Signallarga ishlov berishning oddiy strukturaviy ko’rinishi. Signallarga raqamli ishlov berishni asosiy elementlari
Signallarni filtrlash
Signallarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Signallarni filtrlash quyidagi zaruriyatlardan hosil qilingan sharoitlarda ishlatiladi: - modulsiyada tashuvchining ustiga qoplangan signalni ajratish; - yagona jismoniy kanal orqali uzatish uchun multiplekslashda birlashtirilgan signallarni ajratib olish; - signalga keyinchalik uning shaklini yoki tavsifnomalarini o‘zgartirish uchun lozim bo‘lgan ishlov berish; - kuchli shovqinlangan signaldan foydalisini ajratib olish. Signallarga ishlov berishni tasirini quyidagi texnologiyalarida ya’ni tele- kommunikatsiya , raqamli TV va ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va video- sistemalarda kuzatishimiz mumkin. Bular asosan hisoblash qurilmalarida qo’llaniladi. Signallarga ishlov berishdan maqsad: - Signal parametrlarini o’lchash yo’li, ob’ekt haqida malumot qabul qilish – amplituda, faza, chastota, spektr; - Fondagi xalaqitlarni foydali belgilab olish; - Signallarni siqish (kompressiya); - Signal formatini o’zgartirish. 11-rasm. Signallarga ishlov berishning oddiy strukturaviy ko’rinishi. Signallarga raqamli ishlov berishni asosiy elementlari: – D – analog signal ko’rsatkichi ; – Filtr – past chastotali filtr ; – ARO’ – analog raqamli o’zgartirgich ; – SRIB – signallarga raqamli ishlov berish ; 51 – RAO’ – raqamli analog o’zgartirish ; – OF – oxirgi foydalanuvchi ; – Qurilmalarni alohida vazifalari: – Ko’rsatkich – elektr signaliga proporsianol ravishda fizik parametrlarni o’zgartirish qurilmasi; – Analog filtr – analog signal pulsini tekislovchi reaktiv elementlardagi (L,C,R) elektr sxema; Analog signal.To‘xtovsiz o‘zgaruvchi elektr kuchlanish yokielektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o‘zgaruvchan analog signal amplitudasi u tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo‘lib, odatda o‘lchangan fizikaviykattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signal tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analograqamli o‘zgartgich zarur. Filtr bu 1. Filtrlashni bajarish uchun ishlatiladigan qurilma (sodda elektrik sxema) yoki dastur. Filtr kirishdagi signallar yoki ma’lumotlar oqimini bir necha kerakli qismlarga bo‘ladi. 2. Muayyan turdagi erkin foydalanish ma’lumotlarini qabul qilib, unga ishlov berib,so‘ngra chiqarib beruvchi dastur. Masalan, saralash dasturi filtrdir. U saralanmagan shaklda so‘zlarni qabul qiladi, so‘ngra ularni saralaydi va foydalanuvchiga saralangan ko‘rinishda beradi. 3. Ma’lumotlarni tanlab olish sharti. Filtr faqat berilgan shartlarni qanoatlantiruv-chi ma’lumotlarni chiqarib beradi. Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling