Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/81
Sana20.09.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1682965
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Bog'liq
RBT 9-ma\'ruza

Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, 
ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlami ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash 
va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyat.Axborotlashgan jamiyatga o'tishda 
kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni 
qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. 
Hozirgi paytda u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o‘rin egallashi va 
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o‘z 
iqtisodiy tuzilishi, ustuvor jihatlari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va 
sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerakligi ravshan bo'lmoqda.


61 
Bizning respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat 
tomon kirib bormoqda. Bu masala mamlakat Prezidenti va Respublika hukuma-
tining diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi. 
5.6- rasm. Axborotni boshqarishning yuqori bosqichlariga uzatishda 
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarni bajarish sxemasi. 
Kibernetika hamda informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish 
va xalq xo‘jaligiga joriy etish maqsadida 1956-yilda akademik M.T.O‘rozboyev 
tashabbusi bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida, V.I. Romanovskiy nomli 
Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi. 1966-yilda 
Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
tarkibida hisoblash markazi bo'lgan Kibernetika instituti, 1978-yilda esa uning 
asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Davlat tomo-
nidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini 
tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining 1992-yil 8-dekabr qarori bilan Fan va texnika bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi 
(FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. 
Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari doirasida 
O’zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo'nalti-


62 
rilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqidagi (1993-yil, may), 
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi 
(1994-yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.Vazirlar Mahkamasi Axborotlash-
tirish haqidagi Qonun talablarini bajara borib, 1994-yil dekabrda O’zbekiston Res-
publikasini axborotlashtirish konsepsiyasini ma’qulladi. Ushbu konsepsiyaning 
asosiy maqsadi va unda qo'yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir: 
• milliy axborot-hisoblash to'rini yaratish; 
• axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va
me'yoriy hujjatlarini yuritish; 
• axborotlami qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish; 
• informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish; 
• axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni 
rag‘batlantirish va qo‘llab-quwatlash; 
• informatika vositalaridan foydalanuvchilami tayyorlash tizimini 
muvofiqlashtirish. 
Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan «O’zbekiston Respubli-
kasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli dastumi o‘z 
ichiga oladi: 
a) milliy axborot-hisoblash tarmog‘i; 
b) EHMni matematik va dasturiy ta’minlash; 
d) shaxsiy kompyuter. 
Axborotlami qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat taraqqiyotining
har bir bosqichida turlicha rivojlanib borib, har xil ko'rinishlarga ega bo‘l-gan. 
Eng sodda zamonaviy axborot sistemasigacha uning paydo bo‘lishi, so‘ngra
muloqotning paydo bo'lishi uchun insondan alohida vosita talab qilin-magan. Unga 
inson miyasining quwati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini
orttirishda, axborot almashishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ulaming 
og‘zaki hikoyalarda yig‘ilishi, xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o‘tib 
borishi insonning tabiiy imkoniyatlari tufaylidir.
Taraqqiyot bosqichlari rivojlangani sari, insoniyatning axborot to'plashi,
qayta ishlashi va uzatishi usuli o‘zgarib borgan. Axborotni qabul qilish, qayta
ishlash va uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. 

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling