Modul Pnevmoniyalar
Download 49.06 Kb.
|
nazariy 27
1. Barcha bemorlar uchun:
♦ bemorni klinik ko‘rigi; ♦ qonning umumiy tahlili; ♦ qonning biokimyoviy tahlili (elektrolitlar, fermentlar); ♦ o‘pkani ikki proyeksiyadagi rentgenografiyasi; ♦ balg‘amni bakterioskopiyasi (Gram usulida bo‘yash); ♦ balg‘amni ekish (antibiotikka sezuvchanligini aniqlash); ♦ umumiy siydik tahlili. 2. Ko‘rsatmalar bo‘lganda solishtirma tashhis o‘tkazish maqsadida : ♦ yuqori harorat va qaltirash bo‘lganda qonni ekish; ♦ ventilyatsiya buzilishida TNF ni tekshirish; ♦ nafas yetishmovchiligi bo‘lgan og‘ir bemorlarda qondagi gaz (RO2, RSO2) va kislota-ishqor muvozanatini aniqlash; ♦ plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik bo‘lganda, uni tsitologik, biokimyoviy, mikrobiologik tekshirish; ♦ o‘pkada o‘sma yoki to‘qimasida destruksiyaga shubha bo‘lganda KT; ♦ atipik pnevmoniyada serologik (qo‘zg‘atuvchiga antitelani aniqlash uchun sinamalar tekshirishlari); ♦ fibrobronxoskopiya-o‘smaga shubha bo‘lganda, qon tuflash kuzatilganda, pnevmoniya cho‘zilib kechganda; ♦ immun holatni tekshirish (immun defitsit va cho‘zilib kechgan pnevmoniyaga shubha bo‘lganda); ♦ o‘pka ssintigrafiyasi O’ATE ga shubha bo‘lganda. Ko‘rsatma bo‘lganda yig‘ilgan balg‘amni Gram usulida bo‘yab bakterioskopik tekshirish qo‘zg‘atuvchini aniqlashga va unga asoslanib antibiotik tanlashga yordam beradi. Rentgenografiya - ko‘krak qafasini rentgenologik tekshirish pnevmoniyani tashhislashni asosiy usullaridan biri bo‘lib, to‘g‘ri va yon proyeksiyada o‘tkazilsa aniq, ob’ektiv ma’lumot olishga imkon beradi. Rentgen xulosalari o‘pka maydonini quyidagicha baholashga asoslangan: O’pka surati xususiyatlari; O’pka ildizi holati; O’pka maydonining soyalanishi (o‘pka to‘qimasining zichlashishi); O’pka to‘qimasining diffuz yoki chegaralangan yorug‘lanishi. Bundan tashqari ko‘krak qafasi skeleti holati va diafragmaning joylashishi ham katta ahamiyatga ega. Kompyuter tomografiyasi (KT) – bu ko‘krak qafasini “qavatma-qavat” qo‘shimcha maxsus rentgen tekshirish usuli bo‘lib, o‘pka parenximasi va interstitsiyani, traxeobronxial daraxtlar holatini, o‘pka ildizini, ko‘ks oralig‘ini tekshirishda ko‘proq ma’lumot olish uchun ishlatiladi. U yuqori ma’lumot beruvchi usul bo‘lib, klinik amaliyotda keng qo‘llaniladi va pnevmoniya tashxisini tasdiqlash uchun taxminan10% hollarda unga zarurat tug‘iladi. Uning yordamida pnevmoniyani erta bosqichlarda aniqlash mumkin. Umumiy qon tahlili – ambulatoriya va shifoxona sharoitida albatta tekshirilishi kerak bo‘lgan usul hisoblanadi. Leykotsitlar soni va uning formulasi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi ko‘proq ahamiyatga ega. Leykotsitoz bakterial pnevmoniya uchun ko‘proq xarakterli. Xlamidiya chaqirgan pnevmoniyada leykopeniya (4,0 x 109/l), mikoplazmalida ular miqdori me’yorida qoladi. 10-15% hollarda leykotsitoz yoki leykopeniya kuzatilishi mumkin. Bakterial pnevmoniyada leykopeniya kuzatilishi salbiy belgi bo‘lib, immunitetning va organizm umumiy qarshiligining pasayishidan dalolat beradi. Malumki leykotsitlar formulasi bu uning turlarining bir-biriga bo‘lgan foizdagi nisbati hisoblanadi. Ularga granulotsitlar (neytrofillar - tayoqcha yadroli, segment yadroli, eozinofillar, bazofillar) va agranulotsitlar (limfotsit va monotsitlar) kiradi. Pnevmoniya va o‘tkir infeksiyada neytrofilez, formulaning tayoqcha yadroli neytrofillar hisobiga chapga siljishi kuzatiladi. Eritrotsitlar cho‘kish tezligining oshishi o‘pkani yallig‘lanish kasalliklarining asosiy xarakterli belgisidir. Biokimyoviy qon tahlilida oqsil va uning fraksiyalarini aniqlash yallig‘lanish jarayonining faolligini aniqlashda ahamiyatga ega. Pnevmoniyada yallig‘lanish jarayonining o‘tkir fazasida fibrinogen, tseruloplazmin, gaptoglobulin, α2-makroglobulin, S-reaktiv protein va sial kislota, seromukoid miqdori oshadi. Qon zardobida α- va β- globulin, γ-globulin, laktatdegidrogenaza va uning izofermenti LDG3 miqdori ko‘payadi. Download 49.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling