Modul Pnevmoniyalar


Download 49.06 Kb.
bet3/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Klinik manzarasi. Har qanday pnevmoniyaning klinik ko‘rinishi o‘pka to‘qimasi zararlanganligi chegaralangan belgilari, uning o‘pkadan tashqari belgilari, laborator va rentgen o‘zgarishlar, kasallik asoratining klinik belgilarini o‘z ichiga oladi. Pnevmokokk etiologiyali bo‘lakli va o‘choqli pnevmoniya aholi orasida ko‘p uchraydi va uning klassik klinik kechishida quyidagi morfologik bosqichlar ajratiladi.

  • Quyilish bosqichi. Qon tomirlar o‘tkazuvchanligi va mikrosirkulyatsiyaning buzilishi, o‘pka to‘qimasi giperemiyasi bilan xarakterlanadi. To‘qima elastikligi pasayib, alveola devorlarida shishlar kuzatiladi va uning ichida ko‘p bo‘lmagan ekssudat yig‘ila boshlaydi.

  • Jigarlanish bosqichi (gepatizatsiya). Bu bosqichda alveola fibroz ekssudat bilan to‘ladi va u fibrin, epiteliya, leykotsit va eritrotsitlardan iborat bo‘ladi . O’pka to‘qimasi kesib, makroskopik ko‘rilganda “qizil” va “kulrang” jigarlanish o‘choqlarini ko‘rish mumkin. Bu bosqich 5-10 kun davom etadi.

  • Tuzalish bosqichi. Yallig‘lanish ekssudati so‘rila boshlaydi va makrofaglar soni ko‘payadi. Alveolada ekssudat kamayib, havo bilan to‘la boshlaydi. Uzoq vaqtgacha alveola devorining shishi va o‘pka to‘qimasi elastikligining pasayishi saqlanib turadi .

Bemordan so‘rab surishtirilganda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  • Diqqat bilan so‘ralgan bemorning shikoyati.

  • Klinik-epidemiologik baholash, yani

  • qo‘zg‘atuvchi omillarning mavjudligi (sovqotish, respirator virusli infeksiya, alkogol ekssess, ko‘p chekish, miya travmasi yoki insult va boshqalar);

  • alohida jamoada uzoq qolish (o‘quv muassasalari, qamoqxona va boshqalar)

  • bronxit, O’RVI, hayvonlar va qushlar bilan alohida bo‘lish;

  • bronxoskopiya, o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi, endotraxeal nayni davolash va tashhislash maqsadida ishlatilishi;

  • yondosh surunkali kasalliklarning bo‘lishi (bronx-o‘pka, yurak-qon tomir, oshqozon ichak tizimi, qandli diabet, qon kasalliklari, immun tanqisligi holatlari, allergik reaksiyalar va boshqalar);

  • xavf omillarining bo‘lishi (yoshi, chekish, alkogolizm, narkomaniya va boshqalar).


Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling