Modul Pnevmoniyalar


Download 49.06 Kb.
bet6/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Balg‘amni tekshirishda makroskopik (balg‘am xarakteri, miqdori, ranggi, tiniqligi, hidi, konsistensiyasi), mikroskopik (hujayra va boshqa balg‘am elementlari, mikrob floralari), mikrobiologik (kasallik qo‘zg‘atuvchilari) tekshiriladi.Uni mikroskopik tekshirganda faol yallig‘lanish jarayonida balg‘am shilliqli yoki shilliq-yiringli, neytrofillar va alveolyar makrofaglar miqdori oshgan bo‘ladi. Balg‘amda elastik tolaning uchrashi o‘pka to‘qimasining destruksiyasi va o‘pka abssessi shakllanishidan ma’lumot beradi. Balg‘amni mikrobiologik tekshirish pnevmoniyani tashhislashda hamda qo‘zg‘atuvchilarga tekshirishda muhim usul hisoblanadi va bu maqsadda u ekiladi. Hujayra ichi qo‘zg‘atuvchilari (mikoplazma, legionella, xlamidiya, rikketsiya) alohida tayyorlangan maxsus muhitga ekiladi.
Pnevmoniyani asoratlari. Uning o‘pka va o‘pkadan tashqari asoratlari farqlanadi:

  1. O’pkada kuzatiladigan asoratlar:

  1. O’pkadan tashqarida kuzatiladigan asoratlar:

  • Infeksion-toksik shok;

  • Sepsis.

O’tkir nafas yetishmovchiligi pnevmoniyaning og‘irlik darajasini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, bir necha soat yoki kundan keyin rivojlanadi va uning og‘ir kechishida 60-85% bemorlarda kuzatiladi. O’tkir nafas yetishmovchiligi massiv alveolyar infiltratsiya, alveolyar-kapillyar membrana yuzasi faoliyatini pasayishi, gaz diffuziyasining va ventilyatsiya-perfuziya nisbatining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Nafas olishni tezlashishi, taxikardiya, hansirash va markaziy tsianoz uning asosiy klinik belgisi hisoblanadi.
Infeksion-toksik shok o‘tkir tomir yetishmovchiligi sindromi bo‘lib, tomir tizimiga infeksiyalarning ta’siri natijasida yuzaga keladi va bemorlarda gipovolemik shok rivojlanadi. Bo‘lakli pnevmoniyaning og‘ir kechishida ularda haroratning kritik tushishi, to‘satdan kuchli holsizlik, bosh aylanishi, quloqda shovqin, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, ko‘ngil aynishi, xansirashni kuchayishi, yurak urib ketishi, sovuq ter bosishi kuzatiladi. Ko‘zdan kechirganda teri va shilliq qavatlar oqimtir rangda, akrotsianoz, teri nam va sovuq, taxikardiya, tomir urishi bir daqiqada 120 ta va undan ko‘p, ipsimon puls, sistolik qon bosimini pasayishi (90 mm.sim.ust.) dan, yurak tonlarining bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Og‘ir hollarda soporoz holat va komaga olib keladi. Tana harorati 36 S dan past, xansirash kuchayadi, nafas soni 30-35 bir daqiqada, puls ipsimon, tez, ba’zan aritmik. Yurak tonlari juda bo‘g‘iq, sistolik qon bosimi 60-50 mm.sim. ust. Buyrak faoliyati pasayadi, oliguriya, og‘ir hollarda anuriya, qonda mochevina va kreatinin miqdori oshadi, kislota-ishqor holati buziladi (metabolik atsidoz).
Sepsis – bu organizmning infeksiyaga tizimli yallig‘lanishi hisoblanadi va quyidagi nospetsifik belgilar bilan kechadi: tana harorati 38 S dan yuqori yoki 36 S dan past, yurak qisqarish soni birdaqiqada 90 tadan yuqori, nafas olish 24 tadan ko‘p yoki RaSO2 32 mm sim.ust. dan past (gipokapniya), leykotsitoz ( 12 x 109/l) yoki leykopeniya (4,0 x 109/l).
Septik shok arterial gipotenziya, metabolik atsidoz, oliguriya yoki anuriya bilan xarakterlanadi. Klinik belgilari-kuchli intoksikatsiya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, kuchli holsizlik, xansirash, taxikardiya, sovuq ter bosishi. Teri yer ranggida yoki rangpar, akrotsianoz, taxikardiya, puls 120 minutiga va undan ko‘p, ipsimon puls.
O’tkir repirator distress-sindrom (O’RDS) o‘tkir nafas yetishmovchiligining asosiy shakli bo‘lib, har xil etiologiyali o‘pkaning o‘tkir shikastlanishida shu jumladan pnevmoniyada yuzaga keladi. Shuningdek, ikkala o‘pkaning diffuz infiltrativ yallig‘lanishida, kardiogen bo‘lmagan o‘pka shishida, yaqqol namoyon bo‘lgan gipoksemiyada rivojlanadi. Quyidagilar O’RDS ning asosiy sabablari hisoblanadi:

  • Sepsis;

  • Ko‘plab travmalar;

  • Aspiratsiya ;

  • Massiv transfuziya;

  • Pnevmoniya.

O’RDS ning patogenezida tomirlar o‘tkazuvchanligining to‘satdan buzilishi yani alveolyar-kapillyar membranalar o‘tkazuvchanligining o‘tkir oshishi natijasida alveolotsitlarning diffuz shikastlanishi yotadi.
Klinikasi – pnevmoniyaning boshlanishida yaqqol bo‘lmagan taxipnoe va 1-3 kunida esa uning og‘ir shaklini eslatadi. Bemorlarda xansirash, quruq yo‘tal, ko‘krak qafasida diskomfort belgisi, yurak urib ketishi, nafas siqishi kuzatiladi. Nafas siqishi kuchayib, yo‘tal bilan ko‘pikli balg‘am paydo bo‘ladi. Bemor qo‘zg‘aluvchan, yarim o‘tirgan holda (ortopnoe), diffuz ko‘k tsianoz, terisi nam, tana harorati yuqori, nafas aktida qo‘shimcha ko‘krak mushaklari qatnashishi yaqqol ko‘rinadi. Perkussiyada ko‘krak qafasining orqa pastki qismida to‘mtoq perkutor tovush, shu joyda susaygan vezikulyar nafas negizida krepitatsiya, keyinchalik mayda va o‘rta pufakli nam xirillashlar eshitiladi va o‘pkaning hamma sohasini egallaydi. O’RDS ning terminal bosqichida oliguriya, anuriya, proteinuriya, mikrogemoturiya, mochevina, kreatinin oshishi, teri va shilliq qavatning biroz sariqligi, giperbilirubinemiya, aminotransferaza, LDG faolligining oshishi, sopor, miyada qon aylanishining o‘choqli buzilishlari kuzatiladi.
Tekshirish usullari:

  • Qondagi gaz tarkibini dinamikada aniqlash;

  • Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi;

  • Tashqi nafas faoliyatini baholash;

  • Umumiy va biokimyoviy qon, siydik tahlili;

  • EKG;

  • Yurak o‘ng bo‘limini kateterizatsiyasi.

Qondagi gaz tarkibida gipokapniya va respirator alkoloz kuzatiladi. O’pka kengayishining pasayishi nafas mushaklarining charchashi va ventilyatsiya hajmining kamayishiga olib keladi. Natijada giperkapniya va gipoksemiya rivojlanadi. Rentgenografiyada o‘pka shishi belgilari kuzatiladi.
Davolashdan maqsad oksigenatsiyani yaxshilash bo‘lib, azot oksidining ingalyatsiyadagi shakli og‘ir gipoksemiyani davolashda ishlatiladi. Almitrin ventilyatsion-perfuzion nisbatni yaxshilashga qaratilgan. Ular yordam bermaganda glyukokortikosteroidlardan foydalaniladi. Jumladan metilprednizolon kunida 10-20 mg/ bir kilogramm tana vazniga buyuriladi.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling