Mol-mulk solig‘i obyekti bo‘lib hisoblanmaydi


Download 22.75 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi22.75 Kb.
#1252306
  1   2
Bog'liq
Юридик шахсларнинг мол (1)


JAVOBLAR:
1-savol
1.O`zbekiston Respublikasi xududida Soliq kodeksining 411-moddasiga muvofiq soliq solish ob`ekti xisoblanuvchi mol-mulkka ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari.
2.O`zbekiston Respublikasi xududida ko`chmas mulkka ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasining norezidentlari bo`lgan yuridik shaxslar.
2-savol
1. Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq soliq solish obyekti hisoblanadi
2. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar
3. Temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ushbu obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar
4. Loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatda qurilishi tugallanmagan, normativ muddati belgilangan muddat yoki vakolatli organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtibora 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar
5. Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarn quruvchilar balansida ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari, ko‘chmas mulk foydalanishga topshirilgandan keyin 6 oy o‘tgach
3-savol
Mol-mulk solig‘i obyekti bo‘lib hisoblanmaydi.
4-savol
Quyidagilar soliq bazasidir:
1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha — o‘rtacha yillik qoldiq qiymati.
Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
Toshkent shahrida — ikki million besh yuz ming so‘m;
Nukus shahrida va viloyat markazlarida — bir million besh yuz ming so‘m;
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin;
Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi;
Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari qonunchilikda belgilanadi;
2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha — tugallanmagan qurilishning o‘rtacha yillik qiymati;
3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar bo‘yicha — mazkur obyektlarning o‘rtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi bo‘yicha).
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymatidir.
5-savol
Boshlang‘ich qiymatdan eskirish (amartizatsiya) qiymatini ayirish natijasida
6-savol
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam miqdori
· Toshkent shahri 2.5 mln
· Nukus shahri va viloyat markazlari 1.5 mln
· Boshqa shahar va qishloq joylarda 1 mln
2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 4,5 mingta yuridik shaxslar balansidagi mulk qiymati nol bo‘lganligi sababli mulk solig‘i to‘lamagan hamda 1,8 mingta yuridik shaxslar balansida bo‘lgan mulkning qiymati uning bozor qiymatidan 2 baravardan 100 baravargacha kamaytirilgan holda soliq hisoblangan.
Hisob-kitobga ko‘ra, 2022-yilda soliq stavkasi kamayishi natijasida yo‘qotiladigan byudjet tushumining o‘rni (o‘rtacha 465 mlrd so‘m) ko‘chmas mulk obyektiga minimal qiymat joriy etilishi orqali qoplanishi nazarda tutilgan.
7-savol
Soliq solinadigan baza quyidagi tartibda aniqlanadi
· Ko‘chmas mulkning soliq solish obyektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati
· Tugallanmagan qurilish obyektining o‘rtacha yillik qiymati
· O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymati soliq solinadigan bazdir

8-savol
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar mavjud?


Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi;
· madaniyat va san‘at, ta‘lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta‘minot obyektlarining
· qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning
· yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
· 1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;
· 2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e‘tiboran o‘n yil muddatga

9-savol
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar 1 apreldan ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, u egallab turgan uchastkalar uchun yer solig‘i va ishlab chiqarilgan energiyani sotishdan olingan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.


1 apreldan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining 16 fevraldagi «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida so‘z borgan.
Xususan, ular ushbu qurilmalar boyicha mol-mulk soligi, qurilmalar bilan band bolgan uchaskalar boyicha yer soligI hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblangan foyga soligining tolashdan ozod etildi.Bunda ular foydalanishga topshiriigan paydan e‘tboran bolmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan ornatilagan bolsa 10 yil muddatga ozod etiladi.
Tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, xorijiy investorlarga:
· qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat organlariga va hududiy elektr tarmoqlariga belgilangan tariflar bo‘yicha, boshqa iste‘molchilarga — o‘zaro kelishilgan narxlarda, tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shu jumladan, uzoq muddatli shartnomalar asosida sotish;
· ijara huquqi asosida boshqa shaxslarga tegishli obyektlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari inshootlarini qurish va ushbu qurilmalardan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishga ruxsat beriladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan oy davomida yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan va iste‘mol qilingan elektr energiyasi hajmining hisobi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ billing tizimida yuritilib, oy yakuni bilan tarmoqqa uzatilgan va iste‘mol qilingan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovutga asosan o‘zaro hisob-kitob qilinadi.
Shu bilan birga, «Hududiy elektr tarmoqlari» tomonidan elektr energiyasini saqlab berish xizmati uchun haq olinmaydi.
10-savol
Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorda beigilanadi
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta‘sir choralari qo‘llanilishi mumkin hamda ushbu Kodeksning 414-moddasida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi
· umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari,shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar
· konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari
11-savol
· Kalendar yil soliq davridir
12-savol
Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq davri uchun soliq, bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda, xuddi shu muddatda to‘liq to‘lanadi.
13-savol
Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevraliga qadar bo‘lgan muddatda taqdim etiladi
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan soliq har yili bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay to‘lanadi
14-savol
Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e‘tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o‘rtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma‘lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma‘lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e‘tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi

  • aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay

  • aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay

Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma‘lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi
Soliq davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga o‘tkaziladi
Soliq davrida soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi
15-savol
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari – soliq bo‘nak to‘lovlarini to‘lamaydi
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari - soliq davri mobaynida soliq bo‘nak to‘lovlarini to‘laydi
1.Bo‘nak to‘lovlari joriy soliq darining 20-yanvar
2.Yangi tashkil qilinganlar 30 kundan
3.Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar tomonidan bo‘nak to‘lovlarini to‘lash – har chorakdagi uchinchi oyning 20-sanasidan kechiktirmay.
4. Qolgan soliq to‘lovchilar uchun bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatlari saqlanib qoladi – har oyning 10-sanasigacha, bunda ular yanvar oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay

TEST
1. Ko`chmas mulk nechta turga bo`linadi ?
a)2
b)3
c)4
d)5
2. Ko`chmas mulk egalari va ijarachilar ?
a)Soliq to`lovchilar
b)Soliq agentlari
c)Soliq organi vakillari
d)Yuridik bolmagan shaxslar
3. Yangi qurilgan binolar foydalanishga topshirilgandan necha oy o`tib soliq solish ob`ekti hisoblanadi
a)4 oy
b)5 oy
c)6 oy
d)7 oy
4. 2022-yil 1-yanvardan kiritilgan ozgartirishga ko`ra kompyuter uskunalari uchun amortizatsiya ajratmalari necha foiz qilib belgilandi
a)3 foizdan-5 foizga
b)8 foizdan-15 foizga
c)15 foizdan-20 foizga
d)20 foizdan-40 foizga
5.Qaysi javob mol-mulk solig`i ob`ekti xisoblanmaydi?
a)Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari
b)Temir yo`l va magistral quvurlar
c)Ko`chmas mulk
d)Bitmagan bino
6.Toshkent shahrida 1 kv.m uchun eng kam miqdordagi soliq bazasi?
a)1.5 mln
b)2.5 mln
c)1 mln
d)3.5 mln
7.Ko`chmas mulk ba`zaviy stavkasi?
a)3%
b)1.5%
c)2%
d) 0.6%
8.Soliq xisoboti qaysi sanadan kechiktirmay topshirilishi kerak?
a)1-aprel
b)1-martdan
c)1-yanvar
d)31-dekabr
9.Ko`chmas mulk mulkdorining manzili aniq bo`lmasa soliq hisoboti kimga taqdim etiladi?
a)mulk joylashgan yerdagi soliq organiga
b)Davlat soliq qo`mitasiga
c)Kadastr bolimiga
d)Soliq agentiga
10.O`z respublikasi norezidentlari ………… to`lamaydi
a)soliq bo`nak tolovlari
b)QQS
c)mol-mulk solig`i
d)yer solig`i



Download 22.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling