Molekula, atom, kimyoviy element, oddiyva murakkab modda valentlik hamda boshqa kimyoviy tushunchalarni umumlashtirish
Download 31.63 Kb.
|
1 Molekula, atom, kimyoviy element, oddiyva murakkab modda valentlik hamda boshqa kimyoviy tushunchalarni umumlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- V. Baholash: VI. Uyga vazifa
Sana: 1.09.2014 Sinf : 8 A,B Mavzu: Molekula, atom, kimyoviy element, oddiyva murakkab modda valentlik hamda boshqa kimyoviy tushunchalarni umumlashtirish. Darsning maqsadi : a)ta’limiy: O‘quvchilarga atom, kimyoviy element, oddiyva murakkab modda valentlik hamda boshqa kimyoviy tushunchalarni umumlashtirish malakalarini shakllantirish. b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik , axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish. s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish. g) DTS – talablari. Dars turi: Yangi bilm berish Dars uslubi: Ananaviy Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter. Darsning borishi : I. Tashkiliy qism Salomlashish, Navbatchi axbaroti, sinf tozaligini nazorat qilish, Manaviyat daqiqasi, Fan yangiliklari. Yangi mavzu bayoni Olamdagi barcha ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan mavjudotlarning albatta o‘z o‘lchamlari bo‘lishini tushuntirilgandan so‘ng, atomlarning o‘lchamlari haqida tushuncha beriladi. Atomlarning absolyut massasi — juda kichik kattalikdir. Masalan, vodorod atomining absolyut massasi 0,00000000000000000000000000167 kg yoki 1,6710-27kg. Uglerod atomi absolyut massasi 19,93.10-27kg. Hisoblashlar olib borishda ushbu absolyut massa kattaligidan foydalanish o‘ziga hos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, kimyoda nisbiy fizik kattalik — elementning nisbiy atom massasi Ar ishlatiladi. Nisbiy atom massa — element atomi massasini C12 uglerod-12 atomi massasining 112 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir. Uglerod-12 ning 112 og‘irlik qismi 1,6610-27 kg ga teng bo‘lib, massa atom birligi (m.a.b.) deb ataladi. 1 m.a.b.=1,6610-27 kg Masalan, kislorod atomi massasi 26,6010-27kg, uning nisbiy atom massasi ga teng. Demak, kislorod atomi uglerod-12 atomining 112 qismidan 16 marta og‘ir. Nisbiy atom massa — elementning miqdoriy ko‘rsatkichidirModdalar molekulasi tarkibiga kirgan atomlarning bir turdaligi yoki har-xil turdaligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: Bir xil turdagi atomlardan (bir element atomlaridan) tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Suvning parchalanishidan hosil bo‘lgan vodorod va kislorod oddiy moddalardir. Vodorod molekulasi faqat vodorod atomlaridan, ya’ni bir turdagi atomlardan tashkil topgan. Kislorod molekulasi ham faqat bir turdagi atomlardan, ya’ni kislorod atomlaridan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda 109 ta element ma’lum bo‘lib, ularning har biri oddiy modda sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birgalikda ularning ayrimlari bir nechtadan oddiy modda — allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qilishi mumkin. Bunda oddiy modda tarkibidagi atomlar soni yoki bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish hususiyati bilan farqlanadi: Uglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombik va plastik, kristall va amorf shakllarga ega oddiy moddalar hosil qiladi. Fosfor — qizil, oq, qora fosforni hosil qiladi. Kislorod — kislorod, va ozon oddiy moddalarni hosil qiladi va hakozo. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi — allotropiya hodisasidir. Murakkab moddalar tabiatda keng tarqalgan, ularning soni bir necha milliontani tashkil etadi. Ularning tabiiy vujudga kelganlari va sintetik yo‘llar bilan hosil qilinganlari farqlanadi. Har-xil atomlardan (turli element atomlaridan) tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv — murakkab modda, chunki ikki xil atomdan, ya’ni vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan. Karbonat angidrid — murakkab modda, uglerod va kislorod atomlaridan tashkil topgan. Shakar — murakkab modda, uglerod, kislorod va vodorod atomlaridan tashkil topgan. Aralashmalarni murakkab moddalardan farqlashni bilib olish muhim ahamiyatga ega. Aralashma tarkibidagi moddalarni fizik usullar bilan ajratish mumkin, chunki ular o‘z xossalarini saqlab qolgan. Murakkab moddani fizik usullar bilan tarkibiy qismlarga ajratib bo‘lmaydi. V. Baholash: VI. Uyga vazifa: 1-4 topshoriqlar. Download 31.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling