Molekula, atom va kimyoviy element


«Kimyoviy element» va «modda» tushunchalari orasidagi bog’liqlik


Download 57.37 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi57.37 Kb.
#242292
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2- Маъруза. Атом ва модда тузилиши. Даврий қонун.

«Kimyoviy element» va «modda» tushunchalari orasidagi bog’liqlik. Hozirgacha biz bir qator moddalar: vodorod, kislorod, uglerod, suv, karbonat angidrid, temir, oltingugurt va boshqalar haqidagi fikr yuritdik hamda har bir moddani o’z nomi bilan atadik. Sanab o’tilgan moddalarning ayrimlarining tarkibi bir xil element atomlaridan (masalan kislorod moddasining tarkibi shu nomdagi elemnt atomlaridan), boshqalari-ning tarkibi har xil elementlarning atomlaridan (masalan, suv moddasi kislorod bilan vodorod elementlarining atomlaridan) tashkil topgan bo’ladi. “Atom”, “kimyoviy element” va “modda” tushunchalari mazmu-nini tahlil qilib quyi dagi xulosalarni chiqarish mumkin:

a) atom – kimyoviy elementning tarkibiy qismi;

b) kimyoviy element – moddaning tarkibiy qismi;

v) ba’zi moddalar – bir xil modda elemet atomlaridan tashkil topgan bo’ladi.

Mol, molekulyar yoki molyar massa


Atom massalarning halqaro birligi tabiiy uglerod asosiy izotopi - 12C izotopning 1/12 massa qismiga teng.     1 а.m.b = 1/12•m (12C) = 1,66057•10-24 g

Nissbiy atom massa (Ar) – o’lchovsiz kattalik bo’lib, element atomi o’rtacha massasining (tabiatdagi izotoplarini foiz miqdoriga nisbatan hisoblaganda) 12C atomi massasining 1/12 qismiga nisbati.

Atomning o’rtacha mutlaq(absolyut) massasi (m) nisbiy atom massasining atom massa birligiga ko’paytmasiga teng.

    Ar(Mg) = 24,312

    m (Mg) = 24,312 • 1,66057 • 10-24 = 4,037 • 10-23 g

Nisbiy molekulyar massa (Mr) - o’lchovsiz kattalik bo’lib, u berilgan modda molekulasining massasini 12C uglerod atomi massasi 1/12 qismiga nisbatan necha marta katta ekenligini ko’rsatadi.

    Mr = mr / (1/12 mа(12C))

    mr - berilgan modda molekulasining massasi;

    mа(12C) - 12C uglerod atomi massasi.

Mr =  Ar(el). Moddaning nisbiy molekulyar massasi moddadagi barcha elementlarning nisbiy atom maassalari (indekslarini hisobga olib) yig’indisidan iborat.

Molekula mutlaq massasi nisbit molekulyar massaning atom massa birligiga ko’paytmasiga teng.

Oddiy moddalarning massalari ham, murakkab moddalar molekulalarining massalari ham massaning atom birligida ifodalanadi. Oddiy yoki murakkab moddalarning nisbiy molekulyar massalari ularning molekula massalari massaning atom birligidan bir necha marta og’ir ekanligini ko’rsatadi.



Moddaning molekula formulasini bilgan holda uning nisbiy molekulyar massasini hisoblab topish mumkin. Buning uchun shu modda molekulasini tashkil qiladigan elementlar atomlarining nisbiy massalari jamlanadi. Misol tariqasida bitta oddiy modda (O2) va ikkita murakkab modda (CaO, NaHCO3) ning nisbiy molekula massalarini (Mr bilan belgilanadi) hisoblab ko’raylik.

Mr(O2) = Ar(O) + Ar(O) = 16+16= 32 m.a.b.

Mr(CaO) = Ar(Ca) + Ar(O) = 40 + 16 = 56 m.a.b.

Mr(NaHCO3) = Ar(Na) + Ar(H) + Ar(C) + 3Ar(O) = 23 + 1 +12+ 3x16 = 23 + 1 + 12 +48 = 84 m.a.b.

Moddalarning molekua massalarini massaning atom birligida ifodalash amaliy kimyo uchun noqulay. Shuning uchun “molekulyar massa” yoki “molyar massa”, “mol” va “gram-molekula” tushunchalaridan foydalaniladi.

Odatdagi moddalarda atom va molekulalar soni juda katta, shuning uhcun moddalar miqqorlari izohlanganda maxsus o’lchov birligi -mol ishlatiladi.

Moddaning molyar massasi son jihatidan unung massaning atom birligida ifodalangan qiymatiga teng va M harfi bilan ifodalanadi. Mol esa modda miqdorini ifodalashning asosiy usuli bo’lib, bu 0,012 kg (12g) uglerodda nechta uglerod atomi bo’lsa, tarkibida shuncha zarrachalar (atomlar, molekulalar) bo’lgan moddaning miqdoridir. Boshqacha aytganda 12 g uglerodda 6,02∙1023 dona uglerod atomi bo’lsa, boshqa mod-dalarning bir molida ham shuncha atom yoki molekula bo’ladi.

Moddaning mol miqdori н (nyu ba’zan n bilan ham) belgisi bilan ifodalanadi. Uning qiymati moddaning biron massasi (m) ni uning molekula massasi (M) ga bo’lish bilan topiladi: bundan m = M ∙ н




Download 57.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling