Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari


Download 312.98 Kb.
bet11/15
Sana18.06.2023
Hajmi312.98 Kb.
#1572903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-M

6.12. Ion bog’lanish

Ion bog’lanishning tabiati hamda ion bog’lanishdagi birikmalarning xossalari va tuzilishi kimyoviy bog’lanishning elektrostatik nazariyasi asosida tushuntiriladi.


Bu nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki qabul qilishi natijasida hosil bo’lgan qarama-qarshi zaryadlangan ionlar elektrostatik kuchlar vositasida o’zaro tortishib barqaror sistemani hosil qiladi.
Ionlar orasidagi bog’lanish ion bog’lanish deyiladi. Ion bog’lanish elektromanfiyliklari orasidagi farq 1,7 dan katta bo’lgan elementlar orasida yuzaga keladi.
Masalan; NaCℓ-ning hosil bo’lish mexanizmini ko’raylik:




Ion bog’lanishli birikmalar qattiq bo’lib, suvda yaxshi eriydi, eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini yaxshi o’tkazadi.
Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalarini namoyon qilmaydi.
Har bir ionni zaryadlangan shar deb tasavvur qilsak, ionning kuch maydoni fazoda hamma yo’nalishlar bo’yicha tekis tarqaladi:

Shuning uchun har bir ion o’ziga qarama –qarshi zaryadli boshqa ionni har qanday yo’nalishda ham bir tekisda tortib oladi . Bundan tashqari qarama-qarshi zaryadlangan ikki ion o’zaro birikkan bo’lsa ham, ularning kuch maydonlari to’liq bir-birini neytrallagan (yeyishgan) bo’lmaydi. Ion yana boshqa zaryadli ionlarni o’ziga tortaveradi. Bu hodisa ion bog’lanishning to’yinmaslik xususiyatini bildiradi.
Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalariga ega bo’lmaganligidan, har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda qarama-qarshi zaryadli ionlar bo’ladi. Ayni musbat yoki manfiy ion atrofida joylashishi mumkin bo’lgan ionlarning soni, shu ionlar radiuslarning bir-biriga nisbatan katta-kichikligiga bog’liq. Masalan; ion radiuslarining nisbati 0,41- 0,73 gacha bo’lsa oktaedrik koordinatsiya; 0,73 - 1,37 gacha bo’lsa kub koordinatsiya bo’ladi.
Ishqoriy metallarning galogenidlari – ion birikmalar bo’lib, ularning kristallari kub shakliga ega. Masalan NaCℓ da har bir Na+ ioni 6 ta xlor ioni bilan har bir xlor ioni esa 6 ta Na+ ioni bilan o’ralgan:

NaCℓ kristalida ionlarning o’zaro joylashuvi.
Cs+ ionining radiusi Na+ ionining radiusidan katta bo’lib, uni xlor ionlarining 8 tasi o’rab oladi:

CsCℓ da ionlarning koordinatsion soni 8:8 ga teng.
Strukturalarning turi kation va anionlar radiuslarining nisbati rkation/ranion ga bog’liq:


Download 312.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling