Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari


Download 312.98 Kb.
bet9/15
Sana18.06.2023
Hajmi312.98 Kb.
#1572903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
5-M

Qutbli va qutbsiz molekulalar

Qutbli kovalent bog’lanishda elektronlar jufti simmetrik joylashmaydi va molekulalarda qarama-qarshi zaryadlarning og’irlik markazlari bir nuqtada yotmaydi. Shu sababli bunday molekulalarni qutbli molekulalar deyiladi. Ular ikki (musbat va manfiy) qutbli bo’lganligi uchun ularga dipollar deyiladi.


Elektromanfiyligi bir xil bo’lgan atomlardan hosil bo’lgan molekulalarda yadrolar atrofida umumiy elektron bulut simmetrik joylashgan bo’ladi. Bunday kovalent bog’ qutbsiz deyiladi.
Kimyoviy bog’ elektromanfiyligi turlicha bo’lgan atomlar orasida hosil bo’lgan bo’lsa, umumiy elektron bulut elektromanfiyligi katta bo’lgan element atomi tomoniga siljigan bo’ladi. Bu vaqtda ta’sirlashuvchi atomlarda musbat va manfiy zaryadlarning taqsimlanishida asimmetriya kuzatiladi, shuning uchun ikki atomli molekulalar elektrik dipolga ega bo’ladi va bunday kovalent bog’ qutbli deyiladi. Masalan; HCl molekulasida umumiy elektron juft xlor atomi tomon siljigan, bu esa xlor atomining manfiy, vodorod atomining musbat effektiv zaryadga ega bo’lishiga sabab bo’ladi. Effektiv zaryadlar (q+ va q-) og’irlik markazlari orasidagi masofa dipol uzunligi deyiladi.
Effektiv zaryadning ular orasidagi masofaga ko’paytmasi dipol momenti deyiladi: .
Elektrik dipol momenti vektor kattalik bo’lib, musbat qutbdan manfiy qutbga yo’nalgan bo’ladi:

Qutbli bog’lanishli birikmalarda ya’ni qutbli molekulalarda , qutbsiz bog’lanishli birikmalarda ya’ni qutbsiz molekulalarda esa bo’ladi.
Dipol momenti vektor kattalik bo’lib, dipol o’qi bo’yicha musbat zaryaddan manfiy zaryadga yo’nalgan bo’ladi:

Ba’zi molekulalarning dipol momentlarining qiymatlari quyidagi jadvalda berilgan:

Molekula

μ∙1029,Kl∙m

Molekula

μ∙1029,Kl∙m

Molekula

Μ∙1029,Kl∙m

H2
N2
CO
NO
HF
HCℓ

0
0
0,033
0,023
0,640
0,347

HBr
HI
CO2
H2O
H2S
NO2

0,263
0,127
0
0,610
0,340
0,097

SO2
NH3
PH3
SO3
BF3
CH4

0,53
0,494
0,183
0
0
0

Qutbli molekulalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati qutbsiz molekulalardan kuchliroq bo’ladi.
Molekulaning qutbliligi nafaqat undagi qutbli kimyoviy bog’ borligiga balki uning geometrik shakliga (tuzilishigi) ham bog’liq.

Download 312.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling