Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari
Kimyoviy bog’lanishlar bir turdan boshqasiga o’tishi ham mumkin
Download 312.98 Kb.
|
5-M
Kimyoviy bog’lanishlar bir turdan boshqasiga o’tishi ham mumkin;
-Kovalent bog’lanishli birikmalar suvda elektrolitik dissotsilanganda ion bog’lanishga; -Metallar bug’langanida metall bog’lanishdan qutbsiz kovalent bog’lanishga o’tadi va h. z. 6.15. Vodorod bog’lanish Suvda atomlar orasidagi bog’ qutbli kovalent bog’lanishdir. Kislorod atomining elektromanfiyligi vodorod atomining elektromanfiylik qiymatidan katta farq qilganligi uchun vodorod atomidagi yagona elektronni kislorod atomi tortib oladi. Natijada kislorod atomi manfiy, vodorod atomi esa musbat zaryadlanib qoladi. Vodorod atomi o’zining bo’shab qolgan bo’sh orbitalini to’yintirish uchun ikkinchi suv molekulasidagi elektron juftlarni o’ziga tortadi va molekulalararo vodorod bog’lanish vujudga keladi. Ikkita suv molekulalari o’zaro yaqinlashganda manfiy va musbat zaryadlangan tomonlari bilan o’zaro tortishish yuzaga keladi: Bir molekula tarkibidagi vodorod atomlari bilan ikkinchi molekula tarkibidagi kislorod atomi orasidagi tortishuv vodorod bog’lanish deyiladi. Suyuq holatda suvning bir necha molekulalari o’zaro vodorod bog’lanish hosil qiladi. Vodorod bog’lanish har qanday molekulalar orasida ham yuzaga kelavermaydi. Vodorod bog’lanish yuzaga kelishi uchun : Molekula tarkibida F,O,N,Cℓ kabi elektrmanfiyligi yuqori bo’lgan element atomlari bo’lishi kerak; Ushbu elektromanfiy atomlar vodorod atomlari bilan bevosita (to’g’ridan-to’g’ri ) bog’langan bo’lishi shart. Ko’pgina organik kislotalarning molekulyar massalari tajribada aniqlanganidan 2 marta katta bo’ladi. Bunga sabab ham karbon kislotalarning vodorod bog’ hosil qilib dimerlanishidir: Bir qancha birikmalarda masalan; nuklein kislotalarda, sellulozada, poliamidlarda va oqsillarda ichki molekulyar vodorod bog’lanish vujudga keladi: Ba’zi moddalarning suvda yaxshi erishi vodorod bog’lanish bilan tushuntiriladi. Masalan; C2H5OH suvda yaxshi eriydi, chunki u suv bilan vodorod bog’lanish hosil qiladi: Alkanlarning xloridlari esa suv bilan vodorod bog’lanish hosil qila olmaydi, shuning uchun ularning suvdagi eruvchanligi kam bo’ladi. Ko’pgina spirtlar, aminlar va shularga o’xshash moddalarning kam uchuvchanligi, suvning odatdagi sharoitda suyuq, vodorod sulfid, vodorod selenid, vodorod telluridlarning esa gaz holatda bo’lishi ham suv molekulalari orasida kuchli vodorod bog’lanish borligi bilan tushuntiriladi. Kislotali xossaga ega bo’lgan moddalar suvda eritilganda suv molekulalari bilan o’zaro ta’sirlashib vodorod bog’lanish hosil qiladi. Vodorod ftorid bug’latilganda hosil bo’ladigan bug’lari tarkibida 900C dan past temperaturada (HF)4 molekulyar assotsiatlar bo’ladi. Ftorid kislotani ishqor bilan to’liqmas neytrallashda kislotali biftorid-ionlari (HF ) hosil bo’ladi. Shuning uchun ham bir asosli kislota hisoblangan ftorid kislotasi KHF2 kabi kislotali tuzlar hosil qiladi. Shuningdek vodorod atomlari “ko’prik” rolini ham bajarishi mumkin. Masalan; boranlarda (BH3) B-H…B bog’i ana shunday vazifani bajaradi. B2H6 da bor atomlari sp3 gibridlangan bo’lib, B-H-B orasidagi valent burchak 700 ga yaqin. Download 312.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling