Molekulalarda relaksatsiya jarayonlari
Download 326.39 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
x =
x o exp(-t/ ) (8.19) bu yerda x o va x - o‘lchanadigan miqdorlarni muvozanatli miqdorlaridan og‘ishi bo‘lib, ular mos ravishda boshlang‘ich va kuzatuv vaqtidagi miqdorlar; t - o‘lchash vaqti; - tizim doimiysi bo‘lib, relaksatsiya vaqti deyiladi. Relaksatsiya vaqti tizimni muvozant holatiga o‘tish tezligini tavsiflaydi. Tizimga doimiy kuchlanish berilganda, deformatsion o‘zgarishni vaqtga bog‘liqligi 8.3-rasmga binoan, shuningdek, kuchlanishni relaksatsiya jarayoni 8.4-rasmga binoan quyidagi tenglamalar bilan ifodalanishi mumkin: = m [1 – exp(-t/ )] va σ - σ m = (σ o - σ m )exp(-t/ ) (8.20) Odatda turli tizimlarda muvozanat holatga erish vaqti turlicha bo‘ladi. Masalan, suyuqliklarda relaksatsion jarayonlar tezligi xuddi ularning qovushoqligi kabi molekulalararo ta’sirlashish energiyasi va issiqlik harakati nisbatiga bog‘liqdir. Qovushoqlik qancha katta bo‘lsa, relaksaksiya jarayoni shunchalik sekin amalga oshadi, ya’ni relaksatsiya vaqti shunchalik katta bo‘ladi. Xona haroratida odatiy quyi molekulyar suyuqliklar relaksatsiya vaqtlari kichik bo‘lib, 10 -5 ÷10 -10 s tashkil etadi. Harorat oshirilsa, relaksatsiya vaqti ham kamayadi va aksincha, harorat pasayishi bilan, masalan, kristallanmaydigan suyuqliklar shishalanish holatiga o‘tishni boshlaydi va bunda relaksatsiya vaqti keskin oshib ketadi. Relaksatsiya jarayoni deformatsiyaning kuchlanishga bog‘lanishini = f(σ) ifodalashida, kuchlanish oshib borishida olingan bog‘lanish grafigi kuchlanish kamayib borishda olingan grafik bilan ustma-ust tushmasligi kuzatilishi mumkin. Bunday farqlanish gisterezis effekti deyiladi. Bu hol polimerlarda quyidagicha amalga oshadi. Polimerga kuchlanish berilsa, uning ta’sir etish vaqtida deformatsiya to‘liq amalga oshishga ulgurmaydi va oqibatda deformatsiya miqdori muvozanatli miqdoridan kichik bo‘ladi. Shuningdek, polimyerdan kuchlanish olinsa, vaqt cheklanganligi tufayli deformatsion qayta tiklanish to‘liq amalga oshishga o‘lgurmaydi va har bir vaqt momentida deformatsiya miqdori muvazanatli miqdoridan katta bo‘ladi. Natijada, nomuvozanatli deformatsion o‘zgarishlarda 8.5-rasm. Polimerga davriy kuchlanish ta’sir etganda unda kuclanish va fazalar o’rtasida fazalar siljishining vujudga kelishi kuchlanish – cho‘zilish bog‘lanish grafiklari bir biriga mos kelmaydi (8.6-rasm). Bunday bog‘lanish halqa hosil qiladi va u gisterezis halqasi deyiladi. Gisterezis halqasining yuzasi ikki integral yig‘indisi ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. (4.2.21) Gisterezis halqasi yuzasi – namunaga kuchlanish ta’sir etganda va kuchlanish olib tashlanganda bajarilgan solishtirma ishlar orasidagi farqdir. Halqasi qancha katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p mexanik energiya sarflanadi. Bu energiya issiqlikka aylanadi va hatto kimyoviy jarayonlarni qisman faollashtirishi ham mumkin. Kuchlanish o‘zgaruvchan bo‘lganda, ya’ni u sinusoidal qonun bo‘yicha ifodalansa, bir marta deformatsion o‘zgarishda bajarilgan solishtirma ish miqdori A = σ o o sin formula orqali aniqlanadi. Agar A ning miqdori qancha kattalik bo‘lsa, kuchlanish va deformatsiya o‘rtasidagi farq shunchalik katta bo‘ladi. Bunday jarayonlar yuqori elastik polimer materiallarda, masalan, avtomobil shinalarida kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda ham mexanik o‘zgarishlar issiqlikka aylanadi. Shu bois deformatsion jarayonni va relaksatsion holatni haroratga bog‘liqligini tahlil qilish muhimdir. Buning uchun 8.7-rasmda kuchlanishning turli chastotalarida deformatsion o‘zgarish amplitudasini haroratga bog‘liqlik grafiklari keltirilgan. Past haroratlarda, ya’ni shishalanish holatida deformatsiya amplitudasi juda kichik bo‘lib, u amaliy jihatdan ta’sir etuvchi kuch chastotasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunda relaksatsiya vaqti deformatsiya vaqtidan ancha katta bo‘ladi. Haroratni oshishi bilan relaksatsiya vaqti kamayib boradi, ya’ni issiqlik harakati tufayli makromolekulyar zvenolarning harakatlanish imkoniyati oshadi. Yuqori haroratlar sohasida, ya’ni yuqori elastiklik holatida zvenolarning relaksatsiya vaqti juda kichik bo‘ladi va namunalarga kuch ta’sir etish vaqtida yuqori elastik deformatsiya miqdori muvozanat holatdagi miqdoriga erishishga deyarli ulguradi. Shu tufayli haroratning bu sohasida ham deformatsiya amplitudasi ta’sir etuvchi kuchning chastotasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ammo har bir polimer uchun shunday harorat sohasi mavjudki, unda relaksatsiya vaqti va deformatsiyani rivojlanish vaqti 8.6-rasm. Gisterezis hodisasi grafigi (strelkalar deformatsiya yo’nalshini ko’rsatadi) 8.7-rasm. Ta’sir etuvchi kuchning turli chastotalarida ( ) polimerning deformatsion o‘zgarish ( ) amplitudasini haroratga (T) bo‘g‘liqlik grafiklari ( Download 326.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling