Molekulalarda relaksatsiya jarayonlari
Download 326.39 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
f(
) bog‘lanish chizig‘ini og‘ishini pasayishi majburiy-elastiklikni boshlanishi bilan bog‘liqdir. Bunda kuchlanishni oshishi bilan majburiy-elastiklik deformatsiyasi tezkor tarzda ortadi. σ = f( ) bog‘lanish grafigining maksimum nuqtasida majburiy-elastik deformatsiya tezligi cho‘zish tezligiga tenglashadi. Bu hodisa kuzatilgan kuchlanish majburiy-elastiklik chegarasi (σ v ) deyiladi. Odatda σ v ga erishilganda namunaning keskin ingichkalanishi, ya’ni bo‘yincha hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bo‘yinchaning yo‘nalishi bo‘ylab makromolekulalar majburiy orientirlanadi va bu holat shishasimon holatda ruy bersa yuqori elastik moduliga va majburiy-elastiklik chegarasiga ega bo‘ladi. Bo‘yincha hosil bo‘lganda σ v sezilarli darajada oshishini ta’minlovchi cho‘zilish darajasiga erishiladi va bo‘yinchada majburiy-elastik deformatsiyaning rivojlanishi keskin sekinlashadi. Deformatsiya jarayoni bo‘yincha chegarasida davom etadi. Buning natijasida kuchlanish uzayishda deyarli o‘zgarmay qoladi va bog‘lanish grafigida dastlab nishoblanib, so‘ng deformatsiya o‘qiga deyarli parallel tarzda davom etgan soha (II qism) ko‘rinishida ifodalanadi. Bunda bo‘yinchaning ko‘ngdalang kesimi kam o‘zgaradi, namunaning uzayishi asosan majburiy-elastik deformatsiya hisobiga ro‘y beradi va bo‘yinchaning uzunligi ortib boradi. Bo‘yinchani chegarasi kengayib namunaning uchlariga yetganda polimer yana dastlabki qismdagidek bir xil tarzda deformatsiyalanadi va uzayishini kattalashib borishi bilan yana kuchlanishning ortishi kuzatiladi (III qism). Bog‘lanish grafigining II qismida vujudga keladigan uzayish kuchlanish olib tashlangandan keyin bilinar- bilinmas darajada kamayadi. Chunki shishasimon polimerda issiqlik harakati uning dastlabki holatini tiklashga, ya’ni berilgan kuchlanishni to‘g‘ridan to‘g‘ri hosil qilishga yetarli bo‘lmaydi. Ammo, namunani shishalanish haroratidan (T s ) sal yuqoriroq qizdirilsa, zanjirlarning harakatchanligi namoyon bo‘la boshlaydi va natijada majburiy elastik deformatsiya to‘liqligicha relaksatsiyon o’zgarmaydi. Mo‘rtlik harorati. Deformatsiyalanishning doimiy tezligida majburiy-elastiklik chegarasini (σ v ) haroratga bog‘liqligini tahlil qilish namunaning haroratga chidamliligini, ya’ni mo‘rtlik haroratini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Namunaning bunday xususiyatlarini ifodalovchi kuchlanishning haroratga bog‘lanish grafigi 8.2-rasmda keltirilgan. 8.1-rasm. Shishasimon polimer ucnun deformatsion cho‘zilishni ifodalovchi grafik Bunda σ v = f(T) bog‘lanish funksiyasi bo‘yicha to‘g‘ri chiziq absissa o‘qida ifodalangan shishalanish haroratini (T s ) kesib o‘tadi. Shishalanish haroratida σ v → 0 namunaga kichik kuchlanish ta’sir etganda ham yuqori elastik deformatsiya namoyon bo‘laveradi. Haroratning pasayishi bilan σ v oshib boradi, chunki zanjirning qismlarini qayta guruhlash uchun yanada ko‘proq kuchlanish talab etiladi va buning oqibatida kuchlanish sinalayotgan polimer mustahkamligidan (σ n ) yuqori bo‘lishiga erishiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, yetarli darajadagi past haroratlarda berilgan kuch ta’sirida materialning butunligini buzilishi, uni alohida qismlarga bulaklanguncha amalga oshadi. Bunday harorat polimerning mo‘rtlik harorati (T mh ) deyiladi. Haroratning keyingi pasayishlari namunani parchalash uchun kuchlanishni (σ Download 326.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling