2. Трансляциянинг асосий босқичлари ва ҳужайрада ўтиш жойлари.
Genetik axborotning mRNK dan oqsilga o`tkazilishiga translyatsiya deb aytiladi. Translyatsiya jarayonida faqat mRNK ishtirok etadi, rRNK va tRNK yordamchi vazifasini bajaradi. Translyatsiya faqat to`g`ri yo`nalishda kechadi, ya’ni mRNK dan oqsil sintez bo`ladi va orqaga qaytmaydi.
Translyatsiya –mRNK dagi irsiy matnni oqsil polipeptid zanjiriga – muntazam aminokislotalar ketmaketligida o`tkazish.
Translyatsiya mahsuloti maxsus oqsil bo`lganligi uchun translyatsiya jarayonni teng ma’noda oqsil biosintezi deb atasa ham bo`ladi.
Translyatsiya jarayonida faqat mRNK ishtirok etadi, rRNK va tRNK yordamchi vazifasini bajaradi.
Translyatsiya jarayonini hujayraning turli qismlarida boradigan ikki bosqichga bo`lish mumkin:
Rekognitsiya-ya’ni aminokislotalarning faollanishi
Oqsil biosintezi.
Rekognitsiya gialoplazmada, oqsil biosintezi esa ribosomalarda amalga oshadi.
Rekognitsiyaga ishtirok etadi:
aminoatsil-tRNK-sintetaza (ARS aza) fermenti, 20 ta ARS azalar bor va ular to’rtlamchi strukturaga ega.
Mg²+
ATF
3¹-OH gidroksil gruppasi
Oqsil biosintezida ishtirok etadi:
mRNK – genetik matritsa sifatida;
aminoatsil tRNK,
ribosomalar – molekulyar mashina sifatida
GTF – ribosomalardagi oqsil sintezida energiya manbai sifatida;
oqsilli ―faktor‖lar - ribosomalarda oqsil yig`ilishining turli davrlarida yordam beradi;
yrim ionlar (Mg²+, K+ va h.k.) – kofaktor sifatida.
Ribosomalardagi oqsil sintezi yoki translyatsiya uch bosqichga bo`linadi: initsiatsiya (boshlanish), elongatsiya (polipeptid zanjirining uzayishi) va terminatsiya (tugashi).
Do'stlaringiz bilan baham: |