Molekulyar biologiya


DNK  RNK  OQSIL  BELGI


Download 1.3 Mb.
bet4/15
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1757152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
4440 65 203572 Мирхамидова Дарс ишланма 7.11.17

DNK  RNK  OQSIL  BELGI
Ma’lumki, sochimiz va terimizning rangi melonin degan pigmentga bog’liq bo’lib, albinoslarda u bo’lmaydi. Melonin sintezi oqsil – ferment tirozinazaga bog’liq. Mazkur oqsilning mutatsiyasi yoki inaktivatsiyasi albinoslarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Oqsillarga bog’liq bunday jarayonlarni organizmda juda ko’p kuzatish mumkin.
Oqsillar biosintezini to’liq aniqlash irsiyat qonunlarini tadqiq qilish, organizmlarni o’sish va rivojlanishini boshqarish, turli xil irsiy kasalliklar sabablarini aniqlash, davolash va boshqa bir qator muammolarni hal qilishga imkon yaratadi.
Oqsillar sintezi organizmda intensiv ravishda amalga oshadi. Odam jigarida 10 kun davomida oqsillarning yarmi yangilanadi. Qon zardobida 20-30 kunda oqsillar almashinadi. Har kun inson tanasida 100 g oqsil sintezlanishi lozim. Bir kunda odam qonida 8 g gemoglobin, 23 g jigar oqsili va 32 g mushak oqsillari sintezlanib turadi.
Hujayrada oqsillarning sintezi xuddi nuklein kislotalardek, matritsa (qolip) asosida amalga oshadi. Mazkur jarayon murakkab va bir necha bosqichlardan iborat. Oqsillarning biosintezi oqsil sintezlovchi muayyan tizim bo’lib, uning tarkibiga quyidagi strukturalar kiradi:

  • ribosomalar-nukleoprotein zarralari bo’lib, tarkibida 60% ribosom RNK va 40% oqsil mavjud. Uzunligi 160Å, diametri 250Å, molekulyar massasi 4 mln. Bir qancha ribosomlar to’plami poliribosoma yoki polisomalar deb ataladi;

  • matritsa RNK;

  • transport RNK;

  • oqsil sintezidagi bosqichlar bo’lmish initsiatsiya, elongatsiya, terminatsiya va translyatsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi oqsillar va fermentlar;

  • proteinogenli aminokislotalar;

  • aminoatsil-t-RNKlarni hosil qiluvchi aminoatsil-t-RNK-sintetaza fermentlari;

  • makroergli nukleozidtrifosfatlar ATF va GTF;

  • Mg2+, Ca2+, K+, NH4+ ionlari.

Oqsil biosintezida 200 dan ortiq makromolekulalar ishtirok etadi. Bular oqsillar va nuklein kislotalari bo’lib, faqat aminokislotalarni faollashtirish va tashilishi uchun 100 ta makromolekulalar zarurligi aniqlangan. Ribosoma 60 xil makromolekuladan tashkil topib, translyatsiyada 10 dan ortiq oqsil turlari ishtirok etadi.
Aynan ribosomalarda jonsiz molekula bo’lgan nuklein kislota jonli oqsillarga aylanadi. Demak, ribosomalarda kimyo biologiyaga shakllanadi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling