Molekulyar biologiya


-rasm. To’liq ribosoma va translyatsiya initsiatsiyasining tarkibi


Download 1.3 Mb.
bet8/15
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1757152
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
4440 65 203572 Мирхамидова Дарс ишланма 7.11.17

39-rasm. To’liq ribosoma va translyatsiya initsiatsiyasining tarkibi.


Polipeptid zanjirining initsiatsiyasi
Kerakli tarkibiy qismlar:

  1. i-RNK;

  2. initsirlovchi aminoatsil – t-RNK (N-formilmetionil – t-RNK);

  3. initsirlovchi kodon i-RNK (AUG);

  4. 30S va 50S ribosom subbirliklari;

  5. GTF;

  6. Mg2+;

  7. initsirlovchi oqsilli omillar (IF,IF-2,IF-3).

Initsiatsiya bosqichida i-RNKning oxiri 5'-tomoni bilan ribosomaga joylashib, initsirlovchi kodoni formilmetionin – t-RNKning antikodoni bilan bog’lanishi lozim. Mazkur jarayon bir necha xil reaksiyalarni o’z ichiga oladi:
Ribosomaning 30S subbirligi initsiatsiya omillari IF-1 va IF-3 bog’lanadilar. Oqsilli omil IF-3 30S va 50S subbirliklarining birlashishiga to’sqinlik qiladi. Ribosomaning kichik subbirligiga i-RNK bog’lanadi (39-rasm).
Initsirlovchi kodonni (5'-) AUG i-RNKdagi maxsus nukleotidlar belgilaydi. Bunday nukleotid qatori purin azot asoslaridan iborat bo’lib, initsirlovchi kodondan 8-13 nukleotid masofada joylashadi. Mazkur nukleotidlar pirimidin azot asoslari bilan komplementar vodorod bog’larini hosil qilib, 30S subbirlikdagi ribosomaning 16S r-RNKning 3'-tomonidan shakllanadi. Ribosom RNK bilan i-RNKning o’zaro joylanish tartibi i-RNKdagi initsirlovchi kodoni bilgilaydi. Ribosomning 30S subbirlikdagi kopleksi IF-3, i-RNK qismlari GTF- IF-2 va initsirlovchi N-formilmetionil – t-RNK bilan bog’lanadi. Initsirlovchi kodon bilan t-RNKdagi antikodon o’rtasida vodorod bog’lari hosil bo’ladi. Shakllangan kompleks 50S subbirlik bilan magniy ionlari orqali birlashadi.
Eukariotlardagi oqsillarning translyatsiyasi bakteriyalarnikiga o’xshasa ham, asosiy farq ularning initsiatsiya jarayonida ko’zga tashlanadi. Eukariotlarning informatsiya RNKlari maxsus fermentlar bilan bog’langan kompleks holda ribosomalar bilan birlashadilar. Ayrim i-RNK ribosoma bilan 3'- yoki 5'- oxiridagi tomonlari bilan bog’lanadilar. Informatsiya RNKning so’nggi tomonidagi 3'- uchi poli A-bog’lovchi oqsil (poli (A) binding protein, PAB) bilan birlashadi. Eukariot hujayralarda to’qqiz xildan kam bo’lmagan initsirlovchi oqsil omillari bor ekanligi aniqlangan. Oqsilli eF4F, kompleksi tarkibida eF4E, eF4G va eF4Alardan iborat bo’lib, eIF4E vositachiligida i-RNKning 5'-tomonidagi “kep” qismi bilan bog’lanadilar. Oqsil eF4G ikki xil eF4E va RAV omillari bilan birlashadi (40-rasm).


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling