Molekulyar biologiya


-rasm. Eukariot organizmlardagi oqsil sintezining initsiatsiyasida ishtirok etuvchi omillar (Nelson, Kox, Chirkin)


Download 1.3 Mb.
bet9/15
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1757152
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
4440 65 203572 Мирхамидова Дарс ишланма 7.11.17

40-rasm. Eukariot organizmlardagi oqsil sintezining initsiatsiyasida ishtirok etuvchi omillar (Nelson, Kox, Chirkin)
Oqsil eF4A RNK-xelikazali faollikka ega. eF4F kompleksi eIF3 va ribosomaning 40S subbirligi bilan bog’lanadi. Translyatsiyaning samaradorligi kompleks holda bo’lgan i-RNK va oqsillarning bir nechta xususiyatlariga bog’liq. Bu jarayonda poli A ning 3'- tomonidagi nukleotid qatorining masofasi ham ahamiyatli ekanligi aniqlangan. Informatsiya RNKdagi 3'- va 5'- tomonlarining o’zaro ta’sirlari ham genlarning ekspressiyasidagi boshqarilishini yengillashtiradi.
Yuqorida ko’rsatilgandek i-RNKning ichki qismida initsirlovchi 5'- AUG tripleti joylashgan. Oqsilli kompleks eF4F i-RNKni ribosomada to’g’ri joylanishi va strukturasini funksional holatda saqlanishiga yordam beradi. Mazkur jarayonda oqsilli omil eF4A xelikaza faolligiga ega bo’lganligi uchun i-RNKda paydo bo’ladigan ikkilamchi strukturani birlamchi holatga keltirib turadi. Informatsiya RNKni skanirlashda eF4V oqsili ham ishtirok etadi. Eukariotlardagi oqsil sintezining initsiatsiyasida ishtirok etuvchi omillarning roli va ro’yxati quyidagi 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
Eukariotlardagi initsirlovchi omillar va ularning roli

Omillar

Funksiyalari

eF2

Initsirlovchi formilmetionin–t-RNKni ribosomaning kichik subbirligiga bog’lanishda ishtirok etadi.

eF2, eIF3

Birinchi omillar bo’lib, 40S subbirlikka birikib, keyingi jarayonlarda ham ijobiy rol o’ynaydilar.

eF4A

RNK-xelikazalik faollikka ega bo’lib, i-RNKda ikkilamchi strukturani buzib, kichik subbirlik bilan informatsiya RNKni bog’lanishida qatnashadi va o’zi esa eF4E oqsilining tarkibiga kiradi

eF-4V

I-RNK bilan bog’lanib, AUG kodonini aniqlashda ishtrok etadi.

eF4E

Informatsiya RNKning 5'- “kep” qismi bilan bog’lanadi. eF4F oqsil kompleksni tarkibida uchraydi.

eF4G

eF4E va poli-A-bilan bog’lanuvchi oqsillar bilan birlashadi. Oqsilni o’zi eF4F kompleksini bir qismi

eF5

40S ribosomning tarkibida bo’lgan initsirlovchi omillarni dissotsiatsiyasida qatnashib, to’liq ribosomaning shakllanishini yengillashtiradi.

eF6

Faol bo’lmagan 80S ribosomani 40S va 60S subbirliklarga dissotsiatsiya qiladi.

Eslatma: Oldi qo’shimchadagi “e” eukariotli omillar degan ma’noni bildiradi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling