Molekulyar biologiya


Download 1.3 Mb.
bet11/15
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1757152
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
4440 65 203572 Мирхамидова Дарс ишланма 7.11.17

Terminatsiya
Terminatsiya uchun zarur bo’lgan moddalar:

  1. ATF;

  2. Terminirlovchi (nonsens) kodon;

  3. Terminatsiyada qatnashuvchi oqsilli omillar (relizin-omillar)–RF1, RF2, RF3;

  4. Ferment peptidiltransferaza.

Elongatsiyaning bir nechta davriy qaytarilishida oqsillarning polipeptid zanjiri hosil bo’ladi. Ma’lum vaqtdan so’ng, A-markazda terminirlovchi yoki nonsens kodon (UAA, UAG, UGA) kirib kelishi bilan oqsil sintezi to’xtaydi (43-rasm).

  1. Oddiy holda nonsens kodonlarni biluvchi t-RNKlar bo’lmaydi. Terminatsiya omillaridan RF, UAA, UAG kodonlarini, RF2 esa UAA va UGA kodonlarini biladi.

  2. A-markazda terminirlovchi kodonga relizing-omilni bog’lanishi bilan peptidil transferaza fermentining faolligi oshib, P-markazdagi polipeptid bilan t–RNK o’rtasidagi bog’ gidrolizlanadi. Gidroliz natijasida sintezlangan polipeptid va t-RNKlar ribosomadan ajraladi. Ribosoma o’zi esa dissotsirlanib, kichik va katta subbirliklar hosil bo’ladi.

Oqsilli omil RF3ning funksiyasi aniq bo’lmasa ham, taxminlarga qaraganda mazkur oqsil ribosomalarning dissotsiatsiyasida qatnashadi.
Eukariotlarda faqat bitta oqsil eRF omili uchta kodonning terminatsiyasida ishtirok etishi aniqlangan. Terminirlovchi kodonlarning ketidan purinli nukleotidlar ketma-ket bo’lsa translyatsiyani nihoyasi tez va samarador bo’ladi.

43-rasm. Bakteriyalarda oqsil sintezining terminatsiyasi
(Nelson, Kox, Chirkin)
7.5 Oqsil sintezi uchun sarflanadigan energiya miqdori

  1. Har bir aminoatsil–t-RNKning hosil bo’lishi uchun ikkita makroergli fosforli birikma zarur.

  2. Bir aminokislota noto’g’ri faollansa, uni aminoatsil–t-RNK sintetaza gidroliz qilishi uchun ATF sarflanadi.

  3. Elongatsiyaning birinchi bosqichida va translokatsiyada GTF ishtirok etadi.

Shunday qilib, har bitta peptid bog’i uchun to’rtta makroergli fosforli birikma sarf bo’ladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling