Molekulyar biologiya


Download 1.3 Mb.
bet7/15
Sana08.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1757152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
4440 65 203572 Мирхамидова Дарс ишланма 7.11.17

Genetik kod jadvali
3-jadval

Aminokislotalar

Kodlovchi tripletlar-kodonlar

Alanin

GSU GSS GSA GSG

Arginin

SGU SGS SGA SGG AGA AGG

Asparagin

AAU AAS

Asparagin kislota

GAU GAS

Valin

GUU GUS GUA GUG

Gistidin

SAU SAS

Glitsin

GGU GGS GGA GGG

Glyutamin

SAA SAG

Glyutamin kislota

GAA GAG

Izoleysin

AUU AUS AUA

Leysin

SUU SUS SUA SUG UUA UUG

Lizin

AAA AAG

Metionin

AUG

Prolin

SSU SSS SSA SSG

Serin

USU USS USA USG AGU AGS

Tirozin

UAG UAS

Treonin

ASU ASS ASA ASG

Triptofan

UGG

Fenilalanin

UUU UUS

Sistin

UGU UGS

Tinish belgilari

UGA UAG UAA

Jadvalda keltirilgan 64 ta tripletdan 61 tasi 20 xil aminokislotani kodlaydi, qolganlari esa oqsil sintezining initsiatsiyasi va terminatsiyalarida tinish belgilari sifatida xizmat qiladilar.


Ma’lum bo’lishicha, barcha tirik organizmlarda mikroorganizmlardan tortib, odamlargacha genetik kodning faoliyati bir xil, universal ekanligi aniqlangan. Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan genetik kodning asosiy xususiyatlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
genetik kod triplet bo’lib, bitta aminokislotani uchta nukleotid kodlaydi;
triplet kodlari faqat bitta aminokislotani ifodalaydigan o’ziga xos, spetsifik xususiyatga ega;
bitta aminokislota bir nechta tripletlar orqali kodlanadigan “aslidan chekinish” xususiyatiga ega;
genetik kod barcha tirik organizmlar uchun bir xil - universaldir.
barcha organizmlarda kod chiziqli, bir tomonlama va bir-birini qoplamaydi. Genetik informatsiyaning boshlanishi va oxirgi nuqtalariga ega;
genetik kodning asosiy qismi tinish belgilariga ega emas. Triplet kodlar o’rtasida ularni bir-biridan ajratuvchi nuqta, vergul, tirelar bo’lmaydi.


7.3. Translyatsiyaning initsiatsiyasi
Oqsil sintezlovchi mikrofabrika bo’lmish ribosomlar DNKdan genetik axborot i-RNK (kod) va oqsil sifatidagi omillarni qabul qilgandan so’ng, murakkab jarayon bo’lgan oqsil sintezini boshlang’ich bosqichi boshlanadi.
To’liq ribosoma hosil bo’lganda uning tarkibida ikkita translyatsiya markazlari-donorli (peptidil, P-markaz) va akseptorli (aminoatsil, A-markaz) markaz shakllanadi (39-rasm).
Oqsil sintezining initsiatsiyasi kichik initsirlovchi komplekslarning hosil bo’lishidan boshlanadi. Shakllangan kichik kompleks katta initsirlovchi kompleks bilan bog’lanadi. Ularning tarkibi quyidagicha: ribosomlar, i-RNK, aminoatsil-t-RNK, initsirlovchi oqsil omillari (IF1, IF2, IF3) va GTF lardan iborat.
Eukariot hujayralarda initsirlovchi aminokislota metionin bo’lib, u t-RNK bilan bog’langan bo’ladi. Prokariotlarda bunday vazifani formilmetionin bajarib, u fMet-t-RNKfMet kompleks holatida bo’ladi. Shuningdek, i-RNK molekulasida maxsus initsirlovchi kodonlar borligi aniqlangan.
Prokariotlarda initsirlovchi kodonlar sifatida AUG, GUG, ayrim vaqtlarda UUG lar bo’lib, ular translyatsiyaning initsiatsiyasida t-RNK dagi 3i-UATS antikodon bilan bog’lanadi.

Translyatsiyaning initsiatsiyasi oqsil sintezining asosiy yo’nalishi bo’lib, aminokislotalarni birin-ketin bog’lanishlari i-RNKdagi reja asosida sodir bo’ladi. Prokariotlarda initsirlash kompleksini hosil bo’lishi quyidagi navbat bo’yicha ketadi:

  • 30S ribosoma IF3 bilan bog’lanadi;

  • 30S-IF3 kompleksiga initsiatsiya faktori IF1 bog’lanib, kichik initsiatsiya kompleksi shakllanadi;

  • bir vaqtning o’zida fMet-t-RNKfMet, GTF va IF2 lar bilan assotsiatsiya hosil qilishi, ikkinchi kichik initsiatsiya kompleksining shakllanishiga sababchi bo’ladi;

  • 30S-IF1-IF3 kompleksi i-RNK ning 5I tomonidagi initsiatsiya kodoni bilan bog’lanadi. Hosil bo’lgan 30S-IF1-IF3-i-RNK kompleksi keyinchalik P-markazga aylanadi.

  • ikkita kichik initsirlovchi komplekslarning o’zaro qo’shilishidan quyidagi katta struktura shakllanadi: 30S-IF1-IF2-IF3-i-RNK-fMet-RNKfMet-GTF. Mazkur kompleks 50S ribosom bilan bog’lanib, faol oqsil sintezlovchi tizimni shakllantiradi. Ribosoma tarkibiga kiruvchi 30S va 50S subbirliklar o’zaro bog’langandan so’ng, peptidil va aminoatsil markazlar to’liq shakllanadi. Shunday holatda P-markazda i-RNK ning initsirlovchi kodonida komplementar bog’langan fMet-t-RNKfMet bo’lib, aminoatsil markazda esa navbatdagi aminokislotaning kodoni to’g’ri keladi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling