Molekulyar kinetik nаzаriya аsoslаri vа uni tаjribаlаrdа tаsdiqlаnishi. Molekulyar fizikаdа tаdqiqotning stаtistik vа termodinаmik usullаri. Mаkroskopik holаtlаr vа pаrаmetrlаr. 3 Ideal gaz qonunlari Klаpeyron Mendeleev tenglаmаsi


Download 0.56 Mb.
bet6/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1386161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
CHALA

Statistik fizika - nazariy fizika boʻlimi. Juda ko`p miqdordagi bir xil zarralar (molekula, atom, elektron va boshqalar)dan tashkil topgan makroskopik jismlar, yaʼni tizimlar xossalarini alohida zarralar xossalari va ularning oʻzaro taʼsirlariga asoslanib oʻrganadi. Agar tizim soni cheklangan molekulalardan tashkil topgan boʻlsa, klassik mexanika qonuniyatlaridan foydalanib tizimdagi fizik hodisalarni oʻrganish mumkin. Buning uchun, molekulalarning boshlangʻich vaqtda fazodagi oʻrni, tezligi va ular orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlarining harakteri maʼlum boʻlsa, har bir molekula uchun harakat tenglamasini tuzish, keyingi istalgan vaqtda hamma molekulalarning fazodagi urinlarini, tezliklarini aniklash mumkin. Bu maʼlumotlar, oʻz navbatida, turli fizik kattaliklarni, mas, molekulalarning idish devoriga koʻrsatayotgan bosimini va boshqa fizik kattaliklarni hisoblashga imkon beradi. Mas, temperatura 0° va bosim 1 atm boʻlgan sharoitda, 1 sm³ hajmdagi gaz molekulalarining soni taxminan 2,7YU19 dona boʻladi. Bunday koʻp sonli molekulalarning harakat tenglamalarini yechish, molekulalarning biror vaqtda fazodagi oʻrni va tezliklarini aniklash mumkin emas. Ikkinchi tomondan kup sonli zarralardan tashkil topgan tizimda aloxida zarralarga xos boʻlmagan yangi xususiyatlar yuzaga keladi. Mas, muayyan muvozanatda turgan gazning fizik xossalari har bir molekulaning boshlangʻich vaqtdagi holati, tezligi, yoʻnalishi va boshqalarga bogʻliq boʻlmay qoladi.
Statistik fizikada tizimni tashkil etuvchi kup miqdordagi zarralar xususiyatlarini ularning dinamik nuktai nazardan harakterlovchi fizik kattaliklar qiymatlari boʻyicha taqsimot qonunlarini oʻrganib, bu qonunlar asosida hisoblangan oʻrtacha fizik kattaliklar yerdamida tizim xususiyatlari aniklanadi.
Tizimni tashkil etgan zarralar klassik mexanika yoki kvant mexanika asosida tavsiflanishiga qarab, Statistik fizikani klassik statistika yoki kvant statistika deyiladi. Kvant statistika umumiyroq va aniqroq boʻlib, klassik statistika uning xususiy holidir. Ammo hozirgi zamonda juda koʻp masalalarni hal qilishda klassik statistika yetarlidir.
Statistik fizika 2 boʻlim: muvozanat Statistik fizika va nomuvozanat Statistik fizikadan iborat. Nomuvozanat jarayonlar Statistik fizikasi muvozanati buzilgan tizimlardagi jarayonlarning borishini ifodalovchi tenglamalarni molekulyar tuzilish nuqtai nazaridan keltirib chiqarish, kinetik koeffitsiyentlar (issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya, yopishkrkdik)ni molekulyar harakteristikalar orqali ifodasini aniklash va nomuvozanat termodinamikani asoslash kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Muvozanatli jarayonlar Statistik fizikasi muvozanatsiz jarayonlar Statistik fizikasining xususiy xoli boʻlib, termodinamik muvozanatdagi tizim xossalarini, ular orasidagi bogʻlanishlarni, shuningdek, termodinamikaning asoslash masalalarini oʻrganadi.
Statistik fizika ning rivojlanishi, asosan, 19-asrning oʻrtalaridan boshlangan. Unga J.Maksvell, R.Klauzius, L.Bolsman, 20-asrda esa nemis fizigi P.Drude, G.Lorents, J.U. Gibbs, polyak fizigi M.Smoluxovskiy, A.Eynshteyn, Sh.Boze, E.Fermi, P.Dirak va boshqa Statistik fizikaning rivojlanishiga hissa qoʻshishgan.
Statistik fizika nazariy fizikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, juda ko'plab zarralardan tashkil topgan fizik tizimlar (makrotizimlar) xususiyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Makrotizim deyilganda, odatda, undagi zarralar soni NA=6,02 1023mor 1 Avogadro sonidan kam bo'lmagan tizim tushuniladi. Makrotizimlar xususiyatlarini o'rganish bilan nazany fizikaning bo'limlari termodinamika va nazariy mexanika ham shug'ullanadi. Termodinamika va nazariy mexanika makrotizimlami tutash muhit deb qaraydi. Statistik fizika esa makrotizimlami o'rganishda ulami tashkil etgan zarralar xususiyatiga asoslanadi. Statistik fizika jism zarralarining xususiyatlariga asoslangan holda ulaming makroskopik xususiyatlarini keltirib chiqaradiki, bu m akroxususiy atl ami , ya'ni ularga tegishli bo'lgan makroskopik kattaliklarni bevosita o'lchash yoki hissiyotimiz bilan sezishimiz mumkin bo'lsin. Ma'lumki, alohida elementar zarralaming va ulaming kombinatsiyasidan tashkil topgan atom va molekulalaming xususiyatlari kvant mexanikasida o'rganiladi. Statistik fizika esa xususiyatlari allaqachon o'rganilgan zarralardan tashkil topgan makrotizimlar xususiyatini aniqlash bilan shug'ullanadi. 1901 yilda Gibbs tomonidan muvozanat holatdagi har qanday makrotizimni o'rganish uchun yaroqli bo'lgan ancha umumlashtirilgan va hozirgi zamon talablariga javob beradigan klassik statistik uslub yaratildi. Statistik fizika fani taraqqiyotining so'ngi bosqichi kvant nazariyasining yaratilishi bilan bog'liq. Makrotizimlardagi fizik hodisalami ifodalashda statistik fizikada ikki xiI model qo'llaniladi. Bular klassik va kvant statistikasidir. Tizim klassik statistik fizika bilan ifodalanganda, uni tashkil etuvchi zarralar klassik mexanika qonunlariga bo'ysunadi deb hisoblanadi. K vant statistikasida esa zarralaming harakati kvant mexanikasi qonunlari bilan ifodalanadi. Ma'lumki, klassik mexanika kvant mexanikasining xususiy holidir. Shuning uchun klassik statistika kvant statistikasining Plank doimiysi h~O bo'lgandagi chegara holidir. Binobarin, klassik va kvant statistikalarini birgalikda, parallel talqin etish ancha qulay bo'lib, ko'pchilik hozirgi zamon darsliklarida shunday qilinadi. Lekin biz mahalliy sharoitga moslashgan holda, aniqrog'i pedagogik nuqtai nazardan, dastlab klassik statistik fizikani, undan so'ng kvant statistik fizika asoslarini bayon etamiz. Statistik fizika asosan vaqt o'tishi bilan holati o'zgarmaydigan tizimlarning fizik xossalarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Vaqtga bog'liq ravishda holati o'zgaradigan tizimlarni o'rganish bilan muvozanatsiz holatlar statistik fizikasi, boshqacha qilib aytganda, fizik kinetika shug'ullanadi. «Statistik fizika» kursining ahamiyati osha borganligi sababli mazkur fanga tegishli bo'lgan darslikka talab osha bormoqda. Lekin juda yuqori talablarga javob beradigan darslik yaratishning o'zi mushkul vazifadir. Ushbu dasrlikni yaratishdan asosiy maqsad fizika va unga qardosh bo'lgan ixtisosliklar bo'yicha ta'lim oluvchi bakalavriat va magistratura bosqichidagi va shu sohada faoliyat ko'rsatayotgan ko'p sonli o'qituvchilar talabini qondirishdir.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling