Moliya bozori asoslari
Download 42.25 Kb.
|
Moliya bozori asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari va funksiyalari
Moliya bozori asoslari Reja:
Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari va funksiyalari. Qimmatli qogʻozlar bozori tushunchasi. Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozorining iqtisodiyotdagi roli va oʻrni. Oʻzbekiston Respublikasida moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozorini boshqaruvchi, uni tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy va meʼyoriy hujjatlar. Milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni kiritishning yangi moliyaviy vositalari. Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozorining globalizatsiyalanish asoslari. Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari va funksiyalari Har qanday iqtisodiy faoliyat mablagʻ, pul talab qiladi. Ishlab chiqarish qayerda boʻlmasin, boribir moliyani yuzaga keltiradi. Chunki makroiqtisodiyotning uchta asosiy masalasini, yaʼni nima ishlab chiqarish kerak, qancha ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqarish faoliyatida olingan natijalarni qanday taqsimlash kerakligini faqat moliya yordamida hal qilinishi mumkin. Bu masalani hal etishda siyosiy yoki maʼmuriy tadbirlar yordamida amalga oshirilsa, gap buyruqbozlikka asoslangan yoki rejali iqtisodiyot haqida boradi. Biz esa erkin iqtisodiyotga asoslangan, roqobatli narx resurslaridan foydalanib boshqarilayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi moliya bazorini oʻrganamiz. Moliya bozori – tarixan pulning paydo boʻlishi va moliyaviy munosabatlarni amalga oshirilishi bilan paydo boʻlgan. Moliya bozori – bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir, yaʼni bu moliya mablagʻlarni vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlardir. Moliya bozori milliy va xalqaro xoʻjalik doirasida pul mablagʻlari erkin harakatining maxsus shaklidir. Moliya bozori – juda keng tushunchadir. U keng maʼnoli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi, hamda muayʼan moliya muassalari orqali uzaro taʼsirida boʻladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni tasvirlaydi. hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori oʻziga xos “Asab markazi” hisoblanadi, uning rivojlvnish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining “ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga taʼsir koʻrsatib jamiyatning iqtisodiy faolligini boshqarish mumkin. Moliya bozori modellari Xalqaro moliya institutlarining 150 dan ortiq mamlakatlarda oʻtkazgan tadqiqotlari natijasida moliya bozori 2 modeli aniqlangan: Anglosakson modeli – bu model birjaviy bozor boʻlib, bankdan tashqari investorlar va korporativ aksiyalar bilan operatsiyalar ustunlikka ega. Bunga asosan: - investitsiyalar manbai fond bozori, aksiyalar qimmatli qogʻozlar bozorining eng yirik segmenti hisoblanadi; - Fond bozorining ishtirokchilari, yaʼni moliya institutlari yuqori salmoqqa ega; - mulkchilik shakli – kollektiv-jamoa investitsiyalash institutlari; - bozorning oydinlik darajasi – cheklashlar kam. Bu modelning eng asosiy koʻrsatkichlardan biri – banklarning birjadan ajralib turishidir, yaʼni ular qimmatli qogʻozlar bilan kam shugʻullanadilar (bu model AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa mamlakatlarga mansub). 2. Yevropa kontitental (German) modeli. Bu modelga asosan: - investitsiyalar aksiyalar, qanz majburiyatlarini ifodalovchi instrumentlar orqali amalga oshiriladi; - fond birjalarining instrumentlari – bank krediti, obligatsiyalardir; - banklar asosiy oʻrinni oʻynaydilar; - mulkchilik shakli – davlat va yirik korporatiq tizimlarning ulushi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu model Germaniya, Avstriya, Yaponiya uchun xarakaterlidir. Bu model asosida bank bozori, kredit tashkilotlari va davlat qimmatli qogʻozlari bilan opreatsiyalari ustunligi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda moliya bozori modeli aralash (gibrid, qoʻshma) modeliga mansub boʻlib, oʻzida ikki model elementlarini maʼlum darajada mujassamlashtirgan. Oʻzbekistonda moliya bozorida hozircha na banklar, na moliya institutlarining ustunliklari kuzatilmaydi. Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi: - pul bozori; - qimmatli qagʻozlar bozori; - valyuta bozori; - investitsiya bozori; - ssuda kapitali; - sugʻoʻrta bozori va h.k. Moliya bozorini tarkiban qimmatli qogʻozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat boʻladigan desak ham xato boʻlmaydi. qarz puli tabiatdan bir xil emas. U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni koʻzlaydi, bunda pul kapital shaklini oladi. Ikkinchidan esa, pul shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi va oddiy toʻlov yoki xarid vositasini oʻtaydi. Banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladigan moliya bozori asosan qarz pullar bozori koʻrinishida boʻladi. qarz pullar isteʼmol tovarlarni sotib olish, oʻz xususiy ishini tashkil etish yoki kengaytirish (ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini sotib olish) uchun olinishi mumkin. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat boʻlgan subyektlar pul bilan munosabat qiladilar. qisqacha boʻlsada moliya bozorining tarkibini koʻrib chiqaylik, chunki bular haqidagi toʻla maʼlumotlarni amaliy mashgʻulotlar vaqtida olinadi. Birinchidan: Pul bozori – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar va pulga muhtoj boʻlgan subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻz ichiga oladi. Pul bozori davlat xazinasiga bevosita naqd pul tushishini taʼminlaydi va firma yoki jismoniy shaxslarga oʻzlarining vaqtinchalik boʻsh mablagʻlaridan daromad olishga imkon beradi. Ikkinchidan: qimmatli qogʻozlar bozori u daromad keltiruvchi dividend va foiz keltiruvchi qimmatli qogʻozlar muomalasi orasidagi munosabatlarni; Uchinchidan: Valyuta bozori – bunda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda korxona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadilar. Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auksion koʻrinishida boʻladi. hozirgi vaqtda valyuta muomilalari asosan AQSH dollarida va yevroda olib boriladi. Toʻrtinchidan: Investitsiya bozori- foyda, dividend yoki daromadlarning boshqa shakllarini olish maqsadida saqlab, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga, shuningdek qimmatli qogʻozlarga sarmoya quyish borasidagi munosabatlarni; Beshinchidan: Ssuda kapitali bozori – bank tomonidan maʼlum muddatga beriladigan qarz pullar borasidagi munosabatlarni; Oltinchidan: Sugʻoʻrta bozori - oʻz mol-mulkini sugʻoʻrta qilish borasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan sugʻoʻrta tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻz ichiga oladi. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat subyektlar pul bilan munosabat qiladilar. Birinchisi – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar. Bunga aholi, firma, kompaniya va davlat muassalari kiradi, Ikkinchisi – pulga muhtoj boʻlgan subyektlardir. Bunga ham tarkiban aholi, firma, kompaniya va davlat muassalari kiradi. har ikkala subyektlar orasida erkin pul muomalasi, yaʼni uning oldi-sotdi berdi etilishi moliyaviy bozorni bildiradi. Bu bozordagi subyektlar oʻrtasidagi munosabatlar har ikkala tomon uchun manfaatli boʻlgandagina yuzaga keladi. Mana shu munosabatlarning obyekti pul mablagʻlaridir. Ular oʻz egalari qoʻlida vaqtincha boʻsh turgan holda boshqalar uchun zarur boʻladi. Bu tabiiy hol, chunki jamiyatdagi pul oqimlari, yaʼni pulning kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi. Masalan, fuqarolar kelajakda qarilik chogʻida ishlatish uchun maʼlum bir miqdorda pul toʻplab uni bankda qoʻyadilar. Ayni shu vaqtda fermer xoʻjaligi uchun pul zarur boʻlib qoladi. Vaqtincha boʻsh turgan pul fermer xoʻjaligi uchun moliya resursini tashkil etadi, unga ega boʻlish uchun u moliya bozorida qatnashishi zarur. Moliya bozori iщtirokchilari mulk egasi sifatida oʻz boyligini bilganicha tasarruf eta oladilar, shu sababli ular pul yuzasidan erkin bitimga keladilar. Moliya bozorida pulga qimmatli qogʻozlar – obligatsiya va aksiyalar sotib olinadi. Veksel va sertifikat kabi hujjatlar ham pul singari muomalada boʻladi. Ular ham moliya bozorida oldi-sotdi qilinadi. Moliya bozori amaliyotida tijorat banklari, sugʻoʻrta, investitsiya, moliya kompaniyalari, fond birjalari, auksionlar orqali faoliyat koʻrsatadi. Moliya bozoridagi operatsiyalar maxsus vositachilar, oʻziga xos dallorlar, dilerlar va brokerlar firmalari orqali amalga oshirilib, xujjatlashtiriladi. Moliya bozori muassasalari orasida fond birjalari asosiy oʻrinda turadi chunki qimmatli qogʻozlar asosan fond birjalari orqali sotiladi. Bular haqida keyingi maʼruzalarda toʻliq maʼlumot beriladi. Moliya bozori yordamida moliya resurslarini betoʻxtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish, sarmoyalash amalga oshiriladi. Moliya bozori xalq xoʻjaligida pul mablagʻlari harakatini tashkil etadi. Moliya bozori boʻsh pul mablagʻlarini safarbar etib, ularni moliyaviy resurslariga aylantiradi. U kapitalga aylanayotgan pulni xoʻjalikning turli sohalari oʻrtasida erkin koʻchib yurish, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni taʼminlaydi. Ayniqsa, bu novatsiyada, ishlab chiqarishning tarkibini qayta koʻrishda qoʻl keladi. Muximi shuki, u aholini qoʻlidagi oʻlik, harakatsiz pulni jonli, daromad keltiruvchi pulga aylantiradi. Moliya bozori orqali moliyaviy munosabatlar demokratiyalashadi, xoʻjalikni moliyalashtirishda xalqning puli qatnashadi, xalq oʻz pulidan daromad koʻradi. Pulning kapital sifatida ishlab chiqarishga safarbar etilishi iqtisodiy potensialni kuchaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi va shu asosda xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Moliya bozori moliya resurslarini ishlab chiqarishning talabiga qarab, turli korxonalar, sohalar va tarmoqlar oʻrtasida taqsim qiladi, ular kerakli joyga oqib borib, iqtisodiy oʻsishni taʼminlaydi. Masalan, elektronika mahsulotlariga talab oshsa, ular yaxshi sotilib foyda koʻp olinadi, elektronika korxonalari aksiyalari egalari boshqalarga qaraganda koʻproq divident oladi. Natijada ular qoʻlidagi aksiyalarning bozori chaqqon boʻladi, aksiyalar koʻplab sotiladi, tushgan pul kapital sifatida shu sohaga qoʻyiladi. Pirovardida elektronika sohasi jadal oʻsib, iqtisodiyotga siljish yuz beradi. Bunda korxona, firma yoki kompaniya moliyasi ham mustahkamlanadi. hozirgi kunda bu hol Oʻzbekistonda avtomabilsozlikning rivojlanishi misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Andijon viloyatining Asaka tumanida ishga tushirilgan va tez suratda rivojlanayotgan “oʻzDEU” zavodi Respublika uchun qancha qoʻshimcha mablagʻlarni topishga, Andijon viloyatining infratuzilmasi rivojlanib borayotganiga hammamiz guvohmiz. Maʼlumki umumjamiyat ehtiyojlari asosan davlat yoʻli bilan qondiriladi. Bular jumlasiga atrof muhitni himoya qilish, mudofaa, ijtimoiy tartibni saqlash, bir qator nomoddiy sohalarni pul bilan taʼminlash, aholining nochor qatlamlarini boqish va boshqalar kiradi. Davlat oʻz qoʻlidagi moliya resurslaridan foydalanib, byudjetni moliyalashtirish, datatsiya berish, soliqlardan ozod etish yoki imtiyozlar berish orqali iqtisodiy taraqqiyotga taʼsir koʻrsatadi. Moliyaning iqtisodiyotga taʼsiri bir qator moliya vositalari yordamida boradiki, ular birgalikda moliya mexanizmini tashkil etadi. Moliya mexanizmi moliyaviy munosabatlarning amalda umumlashtirishning shakli, usulidir. Bu haqda talablar “Moliya” fanini oʻrganish jarayonida toʻliq maʼlumot oladilar. Moliya bozorini shakllantirish - vaqt jihatidan bir necha yoʻlni oʻz ichiga olgan gʻoyat murakkab jarayon. Moliya bozorini ixtiyoriy yoʻl bilan, oʻzining qonunlari asosida asta-sekin yaratsa boʻladi. Bunda mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, qattiq pul-kredit siyosati, erkin narxlar va mukammal bozor iqtisodiyotining boshqa komponentlari moliya bozorining real ishlashi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish kerak. Bu jarayon Oʻzbekistonda siyosiy mustaqillik qoʻlga kiritilgandan sung boshlandi. hozirgi kunda Oʻzbekistonda moliya bozorining tashkiliy strukturalarining mavjudligi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatib kelmoqda. Download 42.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling