Moliya bozori asoslari
Qimmatli qogʻozlar bozori tushunchasi
Download 42.25 Kb.
|
Moliya bozori asoslari
Qimmatli qogʻozlar bozori tushunchasi
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tamoyillaridan biri bozor munosabatlariga oʻtishda “falaj yoʻli bilan davolanish” usulidan voz kechib, tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga kirib borishdir. Bundan tashqari rivojlanishning har bir bosqichi oʻziga xos xususiyatga ega. Respublikamizda bozor munosabatlariga oʻtishning bugungi bosqichi iqtisodiyotimizning ochiqligi, chet el investitsiyalarini jalb qilishning ortib borishi, xususiylashtirish hamda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining kuchayib borishi bilan belgilanadi. Shu jumladan, moliyaviy tizimning rivojlanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratilmoqda, chunki faqat rivojlangan moliyaviy tizim iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli rivojlanishiga zamin yaratadi. Qimmatli qogʻozlar bozori va unda faoliyat koʻrsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy hamda nihoyatda muxim zvenosi boʻlib ortiqcha mablagʻlarni investorlardan isteʼmolchilarga qayta taqsimlash jarayonida muxim ahamiyat kasb etadi. Bozor oʻzining murosasiz, qonun-qoidalariga ega. Buni biz kundalik matbuotda xususiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq hamda biznes, qimmatli qogʻozlar bozori kabi boshqa tushunchalarga qiziqish uygʻotuvchi yangi ruknlar paydo boʻlayotganidan ham sezib turibmiz. Odatda iqtisodiyotni yangi izda qayta qurish moliyaviy tizimni qayta qurishdan boshlansa, unda butun jamiyatning muvaffaqiyatli ravishda olgʻa qadam tashlashi qimmatli qogʻozlardan samarali foydalanishga bogʻliqdir. Insoniyat qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish orqali pulning qadrsizlanishi muammosini hal etish yoʻlini topdi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, pul butun taraqqiyot davomida inson tomonidan qilingan ixtirolar orasida eng oddiysi va eng murakkabi, eng tushunarlisi va shak-shubxasiz eng chalkashi boʻlsada, insoniyatning eng ayanchli fojialari va eng olamshumul yutuqlari pul bilan bogʻliq boʻlib kelmoqda. Pul odamlar xatti-harakati va faoliyatida asosiy turtki beruvchi omil boʻlgan va ana shunday boʻlib qoladi ham. Buyuklardan biri: “Insoniyat pulni yaxshi koʻradi. Uning charmdan, qogʻozdan, bronza yoki tilladan tayyorlanganining farqi yoʻq”, - degan ekan. Biroq faqat pullarni saqlash qulay boʻlgan holda u ziyon ham keltiradi. Pul yigʻib puldor boʻlib yurishning afzalliklari toʻgʻrisida hamma yaxshi biladi. Lekin uning ziyoni haqida hech kim oʻylab oʻtirmaydi. Zero, xamyonda yoki paypoqda saqlanayotgan pulga foiz qoʻshilmaydi. Agar pulga qimmatli qogʻozlar sotib olinsa yoki u bankka qoʻyilsa u holda pulning egasi foiz shaklida daromad oladi, ammo bunday daromad avvalo ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki resurslardan samarali foydalanish, muomaladagi pul miqdorini qisqartirish, pul oborotini oshirish va shu kabilar orqali qoʻlga kiritiladi. Pul “Moliya bozori” tushunchasini yuzaga keltiradi. Moliya bozorida esa qimmatli qogʻozlar asosiy oldi-sotdi obyektlari sanaladi. Oʻzbekiston Respublikasining “qimmatli qogʻozlar bozori ” toʻgʻrisidagi (22 iyul 2008-yil) qonuning 3-moddasida qimmatli qogʻozlarga quyidagicha taʼrif berilgan. qimmatli qogʻozlar –hujjatlar bulib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosobatlarini tasdiqlaydi, divirdendlar yoki foʻizlar tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxlarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qogʻozlarning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi; qimmatli qogʻoz - oʻzi bilan bogʻliq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan xujjatdir. U qimmatli qogʻoz egalarining daromad manbai boʻlib xizmat qiladi. Muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi boʻlishi uning oʻziga xos mohiyatini shakllantiradi. qimmatli qogʻozlarni chiqarishdan asosiy maqsad, xoʻjalik oborotiga qoʻshimcha investitsiya resurslarini jalb qilish va shu orqali mulkdor sinfni shakllantirishdir. qimmatli qogʻozlarning savdo-sotigʻi natijasida qimmatli qogʻozlar bozori vujudga keladi. qimmatli qogʻozlar bozori jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qogʻozlar chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va toʻlash bilan bogʻliq munosabatlari tizimidir. qimmatli qogʻozlar faqat oʻz bozorida, qimmatli qogʻozlar bozorida aylanadi. Keng maʼnoda aytganda qimmatli qogʻozlar bu (qogʻoz) xujjat boʻlib, maʼlum bir bahoda sotiladi va sotib olinadi. Shu bilan u boshqa tovarlardan farq qiladi. qimmatli qogʻozlarning savdo-sotigʻi natijasida qimmatli qogʻozlar bozori vujudga keladi. Yaangi qonunida qimmatli qogʻozlar brzoriga quyidagicha taʼrif berilgan: “qimmatli qogʻozlar bozori- yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlarni chiqarish,joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq munosabatlari tizimi”. qimmatli qogʻozlar bozorida daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda ham sotuvchilar, ham xaridorlar munosabatda boʻlishadilar. qimmatli qogʻozlarning asosiy (fundamental) xususiyati ularning aylanuvchanligi va likvidligidir (tez pulga aylana olishi). Aylanuvchanlik – bu qimmatli qogʻozlarning bozorda xarid qilinishiga va sotilishga, shuningdek, koʻpchilik hollarda boshqa tovarning aylanishini osonlashtiruvchi mustaqil toʻlov vositasi sifatida qoʻllanishga qodirligidir. Iqtisodiy nazariya fanidan maʼlum boʻlgan P-T (pul-tovar), T-P (tova-pul) formulasiga asosan, qimmatli qogʻozlar ham kapitalning doimiy aylanishida ham tovar sifatida ham pul sifatida qatnashishi mumkin. qimmatli qogʻozlar maʼlum maʼnoda tovar hisoblanadi, u oʻz qiymatiga va isteʼmol qiymatiga ega. Ularning qiymati birqancha omillarga bogʻliq, masalan, ular tomonidan keltirilgan daromadning xajmi, ssuda foizining meʼyori, nisbatan yuqori kurs boʻyicha sotilishi mumkinligi, korxonani boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari va boshqalar. qimmatli qogʻozlarning isteʼmol qiymati shundan iboratki, ular orqali qimmatli qogʻoz egasi oʻz kapitalini oshirish, saqlash, korxonani boshqarishda ishtirok etishdan aniq talablarini qondiradi. Shu bilan birga, baʼzi holatlarda qimmatli qogʻozlarning alohida turlari (davlat obligatsiyalari, veksellar) maʼlum bir qulay vaziyatlarda pul vazifasini ham bajarishi mumkin. Maʼlumki, ayrim mamlakatlarda kuchmas mulk, avtomobil va boshqalar bilan hisob-kitob qilish chogʻida yuqori likvidli davlat obligatsiyalaridan toʻlov vositasi sifatida foydalaniladi. Likvidlik – bu qimmatli qogʻozlarning bozor narxi kamroq oʻzgarib turishi hamda sotish uchun unchalik koʻp boʻlmagan xarajatlar bilan, shuningdek, oʻz egasi uchun deyarli zararsiz holda tezda sotilishi va pul mablagʻlariga (naqd va naqdsiz shaklda) aylanish qudratidir. Likvidlikka juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi. Ularni asosan uch guruhga ajratish mumkin: Birinchidan, umumiqtisodiy omillar (pul muomalasi, iqtisodiyot davrning u yoki bu bosqichida boʻlishi, sarmoyadorlar tomonidan toʻlovga qodir talabning mavjudligi, bank hisob-kitobini amalga oshirish tezligi darajasi va h.k.). Ikkinchidan, mazkur mamlakatda qimmatli qogʻozlar bozorini tashkil qilish darajasi bilan bogʻliq omillar (fond bozorini tashkil etish, sarmoyadorning axborotga ega boʻlish darajasi, market-maykerlar muassalarining mavjudligi va h.k.). Uchinchidan, emitentning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan omillar (uning moliyaviy ahvoli, toʻlanadigan daromadning miqdori va boshqalar). Qimmatli qogʻozlarning yana bir asosiy xususiyati borki, bu xatar (risk), yoʻqotishlar bilan bogʻliqdir. Bu haqda toʻliq maʼlumotlarni oxirgi mavzularda olamiz. Qimmatli qogʻozlar bozori – har qanday mamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismi boʻlib, uning kelib chiqishi pul, pul kapitali va tovar bozoriga asoslanadi. Qimmatli qogʻozlarning kelib chiqishga koʻra aksariyat turlari kapitalga bogʻliq, aksariyat turlari esa unga bogʻliq boʻlmaganligi bois, qimmatli qogʻozlar bozori ham toʻlaqonli moliya bozoriga tarkibiga qoʻshila olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, qimmatli qogʻozlar bozorining asosiy, yaʼni kapitalga bogʻliq boʻlgan qismi fond bozori deb nomlanib, qolgan qismi esa aniq nom olmaganligi bois qimmatli qogʻozlar bozori va fond bozori tushunchalari aksariyat hollarda sinonimlar sifatida qaralishi eʼtirof etiladi. Boshqa nazariyotchilarning fikricha, qimmatli qogʻozlar bozoriga va fond bozoriga aynan bir narsa deb qaraladi va u moliya bozorining segmenti sifatida eʼtirof etiladi. Qimmatli qogʻozlar bozoriga va fond bozori tarkibida pul bozori va kapital bozori namoyon boʻladi. Pul bozori – bu qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar bozori boʻlib, odatda bir yilgacha boʻlgan qimmatli qogʻozlar muomalasi amalga oshiriladi. Kapital bozorida esa oʻrta yoki uzoq muddatli qimmatli qogʻozlar muomalasi amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozori koʻpchilik gʻarb mamlakatlarida xoʻjalik mexanizmining eng barqaror va yoʻlga qoʻyilgan qismlarning birini namoyon qiladi. qimmatli qogʻozlar bozori allaqachon birja va nobirja savdo tizimiga uyushtirilgan boʻlib, oʻzining qonun-qoidalariga va anʼanalariga, baʼzida esa asrlar tarixiga egadir. Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida soʻz boshlashdan avval shuni yodga solib oʻtmoqchimizki, bir necha oʻn yilliklar davomida amal qilgan maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan unitar davlat sharoitida respublikamiz aholisi qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida juda kam maʼlumotga ega edi. Siyosiy iqtisod fani esa qimmatli qogʻozlarni kapitalistik ishlab chiqarish usulining salbiy holatlari bilan bogʻliq toifa sifatida bayon qilardi. hatto “aksiya”, “veksel”, “birja”, “makler” kabi soʻzlarga shubha bilan qaralardi. Mustaqillik kunlarida vaziyat tubdan oʻzgardi. Oʻzbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan olib borilayotgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xususiy biznesni qoʻllab-quvvatlash, chet el sarmoyasini jalb etishga yoʻnaltirilgan bozor islohotlari tufayli, eng asosiysi, respublikadagi mavjud siyosiy barqarorlik sababli taraqqiy etgan qimmatli qogʻozlar bozorini barpo etish uchun jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Qimmatli qogʻozlar bozorini adolat yuzasidan butun jamiyat ahvolining barometri deyish mumkin, chunki u iqtisodiy siklning harakatiga va nafaqat iqtisodiy jarayonlarning, balki siyosiy vaziyatning oʻzgarishiga hushyorlik bilan taʼsir koʻrsatadi. Turgʻunlik, tanqislik davrlarida, shu jumladan, bunday vaziyat siyosiy jihatdan ham kuzatilganda, qimmatli qogʻozlar kurslarining indekslari tushib ketadi. Jonlanish va yuksalish davrlarida esa, ular oʻsib boradi. Umuman olganda, qimmatli qogʻozlar bozori yordamida pulni “koʻp ishlashga” majbur qilish va bu bilan butun xalq xoʻjaligi samaradorligini oshirish mumkinligidan tashqari, qimmatli qogʻozlar bozori jamiyatning muhim ijtimoiy muammolarini hal etish imkonini beradi. Download 42.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling