Moliya bozori asoslari


Oʻzbekiston Respublikasida moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozorini boshqaruvchi uni tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy va meʼyoriy hujjatlar


Download 42.25 Kb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi42.25 Kb.
#1239356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya bozori asoslari

Oʻzbekiston Respublikasida moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozorini boshqaruvchi uni tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy va meʼyoriy hujjatlar

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni birinchi bosqichida amalga oshirilgan eng katta yutuqlaridan biri kelajakda boʻladigan iqtisodiy va huquqiy kafolatlarning yaratilishidir.


Yurtboshimiz I. A. Karimov tomonidan yaratilgan Oʻzbekiston mustaqilligining iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi besh tamoyildan biri qonun ustivorligini taʼminlashni talab etadi. Shuning uchun ham biz demokratik-huquqiy davlat qurishni maqsad qilib olgan ekanmiz hayotimizning barcha sohalarini qonun ustivorligi asosida olib borishimiz kerak. Bu borada respublikamiz mustaqilligiga erishish uchun 1990-1991-yillarda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990-yil 20-iyun) “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilindi. Unda davlat mustaqilligi eʼlon qilindi. Respublikamizning oʻz hududida barcha tarkibiy qismlarga va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligi eʼlon qilindi.
Parlamentning XII chaqiriq uchinchi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy mustaqilligining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi birinchi qonunlardan biri (1990-yil 31-oktyabr) “Mulkchilik toʻgʻrisida”gi qonun va respublikaning bozor iqtisodiyotiga oʻtish qoidalari qabul qilindi. I. Karimov taʼkidlaganidek “Xususiy mulkdan afzalroq, samaraliroq shaklni hali hech oʻylab topgan emas”. Birinchi boʻlib sobiq shurolar Respublikalari orasida Oʻzbekistonda xususiy mulkchilikning rivojlanishiga huquqiy asos yaratildi. Qonunda iqtisodiy nazariyada birinchi bor mahalla mulkiga tarif berildi. Shu davrdan boshlab Respublikamiz mustaqil ravishda iqtisodiyotni bozor munosabatlari talablari asosida rivojlanishi uchun qonunlarni ishlab chiqa boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning keng koʻlamda olib borishda eng asosiy masala mulkchilik munosabatlarini oʻzgartirishdir. Shuning uchun ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni programmasi ishlab chiqildi. 1991-yil 19-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. qonun asosida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish programmasi ishlab chiqarildi. Bu esa qimmatli qogʻozlar bozorini tashkil etmasdan amalga oshirilib boʻlmas edi. Rivojlangan mamlakatlar tarixiga nazar tashlasak, ularda avvalam bor bir necha yillar davomida stixiyali ravishda qimmatli qogʻozlar paydo boʻlgan. Shundan keyin qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilingan. Biz esa bu yoʻldan bora olmas edik. Avvalam bor qimmatli qogʻozlarni tartibga soluvchi qonuniy-meʼyoriy xujjatlar qabul qilib, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtishimizni taʼminlashimiz kerak edi.
1991-yil 15-fevralida Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qonunda birinchi bor Oʻzbekiston Davlat banki mustaqil ravishda ish olib borishligi, Respublika hududida tijorat va kooperativ banklar ochishiga ruxsat berildi.
Qonunga asosan tijorat banklariga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar turlarini chiqarishga ruxsat berildi. “Bank va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning rubl hududida va xatto SSSR tarkibida shakllanishi, hamda mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqarish yoʻlidagi dastlabki qadam boʻldi. Respublikamiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida 1991-yil 15-fevralda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida” va “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi qonunlari qabul qilindi.
Ushbu qonunlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirishning tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy qoidalarini va bu faoliyani amalga oshirish tartibini belgilab, chet el kapitaliga kafolatlar taʼminlab beradi. Bu qonunlar Oʻzbekiston Respublikasining xalq xoʻjaligini rivojlvntirishga, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qoʻshilishiga koʻmaklashish maqsadida chet elning moddiy, moliyaviy, intelektual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan samarali foydalanishga qaratilgandir. qonun chet ellik investorlarga Respublika qimmatli qogʻozlar bozoriga kirib borish uchun zamin yaratdi.
1992-yil 2-iyul kuni Parlament tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Birja va birjalar faoliyati” toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Parlament tomonidan ushbu qonun yangi taxrirda 2001yil 29avgustda qabul qilindi. Bu qonunga asosan birjalar faoliyati ularning ishtirokchilari, turlari, faoliyat koʻrsatish doirasi, birjalar faoliyatining davlat tomonidan nazorati va birja faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarning huquqiy asolari yaratildi.
qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiyalardan soliq undirishni tartibga solish uchun 1994-yil 5-mayda Oʻzbekiston Respublikasining “qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari, soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlash tartibi va muddatlari, soliq toʻlovchilarning javobgarligini tartibga solishga qaratilgan.
1996-yil 26-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun 1992-yil dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonunini koʻp jixatdan toʻldirib aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarni tartiga soladi. qishloq xoʻjaligi, bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohasida, shuningdek, davlat korxonalarini xususiylashtirish chogʻida aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va ularning huquqiy holatining oʻziga xos xususiyatlari qonun jixatlari bilan belgilanadi.
2008-yil 22-iyulda Respublika Prezidenti I. A. Karimov Oliy Majlis qabul qilgan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunga imzo chekdi va qonun 24-iyulda matbuotda chop etildi.
Mazkur qonunning asosiy maqsadi – qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonunlarning nomlarini bir xillashtirishdan, ularni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishdan, shuningdek, xorijiy moliya borzorlariga integratsiyalashish uchun zarur sharoitlarni yaratish yoʻli bilan mamlakatimiz qimmatli qogʻozlar bozorining jadal va joʻshqin rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Qonunning alohida moddasida oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qonunlar roʻyxati berilgan. Ular orasida jumladan, hozirga kunda qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turgan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bor.
Bozor mexanizmi samarali ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida qimmatli qogʻozlar bozorini yanada kengytirish borasida qabul qilingan farmonlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham katta ahamiyatga egadir.
“Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident I. A. Karimovning 1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan farmonlari yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga erkin kirishishini taʼminlaydigan ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish masalasini qoʻydi Bu farmon korporativ qimmatli qogʻozlarning birlamchi bozori rivojlanishi uchun kuchli turtki berdi.
Farmonda Respublika kuchmas mulk savdosi birjasini tashkil etish hamda xususiylashtirilishi kerak boʻlgan davlat obyektlarini u orqali sotishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topildi.
Farmon respublika fond birjasini tashkil etish hamda unda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining birinchi turkumini joylashtirishni taʼminlash borasida katta ahamiyatga ega boʻldi. Prezident Farmonini bajarish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyun kuni “Toshkent Respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qumitasi va Toshkent fond birjasining ular tomonidan “Vaqt” Oʻzbekiston axborot komponiyasi aksionerlik jamiyati bazasida ochiq turdagi Milliy depozitariy aksionerlik jamiyatini tasis etish, uning zimmasiga qimmatli qogʻozlarni roʻxatga olish va bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish vazifasi topshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-iyundagi “Davlat mulki korxonalarini aksiyalashtirishni jadallashtirish va qimmatli qogʻozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-iyundagi “Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qimmatli qogʻozlar bozorining, rivojlanishiga va aksiyalashtirish jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatib bu jarayonning chuqurlashuviga va kulami kengayishiga olib keldi. Davlat korxonalarini ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga oʻtkazish va ularning aksiyalarini roʻyxatga olish jarayoni ancha soddalashtirildi.
Bu farmon va qarorlar oʻz ahamiyati va mohiyati jihatidan iqtisodiyotni va umuman jamiyatni Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqichiga olib chiquvchi muxim xujjat va islohotlarning mantiqiy manbai boʻlib qoldi. U iqtisodiyotdagi mulk shakllarining kupayishiga va bozor munosabatlarining asosiy sharti boʻlib raqobatchilik munosabatlarining mustahkamlashiga olib keldi. qimmatli qogʻozlar bozorini keng rivojlantirish borasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1995-yil 7-sentyabrda “qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishda koʻp tusiqlarga barxam berdi, qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilishda soliq sohasida katta imkoniyatlar yaratdi. qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solishni yaxshilash, uni samarali amal qilishi uchun, nazoratni kuchaytirish uchun Davlat boshqaruv organi qimmatli qogʻozlar va fond birjasi Davlat komissiyasi Moliya vazirligi qoshida tuzildi. qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va ochiq usuldagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish bilan bir vaqtda tegishla aksiyalar ulushini qisqartirish orqali respublika aholisini chet el investorlarini iqtisodiy islohotlar jarayoniga keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Bu borada davlat oʻz ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining Nizomdagi mablagʻini jamgʻarish chogʻida aksiyalarning
- davlatga tegishli;
- mehnat jamoasiga tegishli;
- xorijiy sherikka tegishli
fond birjalari va qimmatli qogʻozlar bozorida, shu jumladan chet ellarda erkin sotish uchun muljallangan qismini koʻzda tutilishi katta ahamiyatga ega boʻlib xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirishga qaratilgandir.
Moliya bozorini va qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvarda qabul qilingan Farmoni va uni bajarish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-aprelda qabul qilingan “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi “2006-2008-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi 407-sonli qarorida xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning ustav jamgʻarmalarida davlatning ulushini eng koʻp darajada qisqartirish, obyektlarning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish, shuningdek xorijiy investorlarni keng jalb etish masalalariga alohida eʼtibor berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 sentyabrda qabul qilgan “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bulgan korxonalarning samarali boshkarishni va davlat mulkining zarur darajada hisobga olishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori korporpativ boshkarishning joriy etish va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlanishida yangi bosqichni ochib berdi. qaror asosida davlat korxonalari toʻgʻrisidagi va korxonalarning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi Nizomlar qabul qilindi. Nizomda balans aktivlari 1 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan aksiyador jamiyatlarda ichki audit xizmati joriy etilishi belgilab beriladi. Maqsad aksiyador jamiyatlarini buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yuritilishini tahlil qilish, soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻri yuritilishini tekshirish, korxona mulkdorlari – aksiyadorlik manfaatini himoya qilish, direktorlik korpusi tomonidan ularning manfaatlariga zid xizmatlar amalga oshirilishini oldini olish, bunday holatlar yuzaga kelganda bu haqda mulkdorlarga axborot berishdan iboratdir.
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishidan soʻng eng asosiy vazifa bu qonunni hayotga tadbiq qilish hisoblanadi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2008-yil 28-iyuldagi 160-sonli qarorining qabul qilinishi katta ahamiyatga egadir.
Qarorga asosan qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish, uning subyektlarini institutsional jihatdan mustahkamlash, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ularning faoliyatini tartibga solish tizmini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mulki qoʻmitasi va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining 2011-yildan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorining Yagona dasturiy taʼminot kompleksini ishlab chiqish va uni xalq xoʻjaligiga joriy etish masalalari qoʻyilgan.
Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi moliya-iqtisodiyot, huquqshunoslik ixtisosliklari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dastrurlariga qimmatli qogʻozlar va korporativ boshqaruv boʻlimlari kiritilishini nazarda tutilgan.
Amaldagi qonun xujjatlarga koʻra qimmatli qogʻozlar hisob-kitoblarini oshirish uchun, shuningdek kreditlar boʻyicha garov sifatida foydalanish mumkin boʻlgan shaklidan qatʼiy nazar qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Prezident farmonlarini va Vazirlar Mahkamasining qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish sohasidagi qarorlarni amalda bajarishi shart. Bu borada Moliya Vazirligi, Markaziy Bank tomonidan bir qator normativ xujjatlar qabul qilingan. Bu xujjatlarning mohiyati haqida har bir mavzuni yoritish davomida tanishib oʻtiladi.
Mustaqillikka erishganimizdan buyon oʻtgan davr Respublikamiz tarixida bozor munosabatlarini rivojlantirishda, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bozorining rivojlanishida salmoqli davr boʻlib qoldi. Qimmatli qogʻozlar bozorini tashkil etish hamda tartibga solish boʻyicha deyarli kerakli qonuniy meʼyoriy xujjatlar yaratildi.



Download 42.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling