Moliya bozori asoslari


Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozorining bozor iqtisodiyotidagi roli va oʻrni


Download 42.25 Kb.
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi42.25 Kb.
#1239356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya bozori asoslari

3. Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozorining bozor iqtisodiyotidagi roli va oʻrni.
Uiston Cherchel “…bozor iqtisodiyoti koʻp nuqsonlarga ega, lekin insoniyat undan yaxshirogʻini oʻylab topgan yoki ixtiro qilgan emas” deb yozgan edi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi ham bozor iqtisodiyoti yoʻlida bosqichma-bosqich dadil qadam tashlayotgan ekan, jamiyatning barcha sohalarida tub islohotlar olib bormoqda.
Tub iqtisodiy islohotlar toʻla samara bera olmaydi, tokim mamlakatda samarali moliya bozori amal qilmasa. Chunki faqat moliya bozori iqtisodiyotga investitsiya resurslarini olib kelishi mumkin.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy oʻzgarishlar uchun byudjet mablagʻlari ham, aholi qoʻlidagi sarmoyalar ham kamlik qiladi. Buning uchun katta xajmdagi investitsiyalar kerak. Investitsiyalarni esa moliya bozori va qimmatli qogʻozlar bozori orqali olib kelish mumkin. Shuning uchun ham mamlakatning iqtisodiy oʻsishida moliya bozori va qimmatli qogʻozlarning roli benihoya kattadir.
Makroiqtisodiy oʻsish uchun ham mikroiqtisodiy rivojlanish uchun ham investitsiya rusurslari zarur. Bu resurslar ishlab chiqarishning barcha omillarini rivojlantirish uchun, yaʼni ishlab chiqarish vositalarini va ishchi kuchini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar jamgʻarmalarni tarmoqlar oʻrtasida taqsimlashga, investordan isteʼmolchi qoʻliga oʻtishga xizmat qiladi va shu orqali kapitalni bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar, unumdorli kapital, pul) aylanishini tezlatishga olib keladi.
Jamiyatda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun bir qator omillar taʼsirini oshirish kerak.
Bular:
- bozorning daromadlik darajasi;
- soliq siyosati;
- kutilayotgan daromadni olishda xatar (risk)ni pasaytirish yoki oldini olish;
- bozorni struktura va funksional tashkil etishni boshqarib borish;
- investorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish;
- bozorni va uning ishtirokchilarini pinhoniy kuchlardan (mafiyadan) himoya qila bilishdir.
Qimmatli qogʻozlar bozori bank-kredit tizimini toʻldiribgina qolmay u bilan hamkorlik ham qiladi. Tijorat banklari odatda bir yildan oshiq muddatga kredit bera olmaydi.
Qimmatli qogʻozlar bozori esa xorijiy korporatsiya uchun pul mablagʻlarini har qanday muddatga berish bilan birga bank kreditiga nisbatan qulay shartlar bilan jalb qilish imkonini beradi.
Qimmatli qogʻozlar bozori har qanday bozor kabi sovdo sotiq ishlari boʻyicha iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi, unda talablar hamda takliflar duch keladi. Talabni, investitsiyalarini pul bilan taʼminlash uchun oʻzlarining daromadlari yetishmaydigan korxonalar, korporatsiyalar va davlat vujudga keladi.
Biznes va hukumat odatda qimmatli qogʻozlar bozorida sof qarz oluvchilar (qarz berishga nisbatan koʻproq qarz oladilar) sifatida namoyon boʻladi. Aholi, ayniqsa xususiy tadbirkorlarni esa har xil sabablarga koʻra daromadlari kundalik xarajatlariga nisbatan ortiq boʻladi. Shuning uchun qimmatli qogʻozlar bozorining asosiy vazifasi omonatlarning har ikkala tomonni ham qanoatlantiradigan bahoda mumkin qadar toʻliq tez sarmoyaga aylantirishni taʼminlashdir.
Yaʼni shuni taʼkidlash kerakki qimmatli qogʻozlar tovarning eng murakkab turlaridan biri sanaladi, shuning uchun ham qimmatli qogʻozlar bozori xizmat koʻrsatish bozorining professional qatnashchilari – brokerlar, dilerlar, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari va banklar tomonidan amalga oshiriladi.
qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish korxona va tashkilotlar uchun nihoyatda muxim ahamiyat kasb etadi. Ularga ishlab chiqarish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun bank ssudalaridan foydalanmasdan turib pul resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi, chunki barqaror boʻlmagan iqtisodiyot va pulning qadrsizlanishi sharoitida banklar qasqa muddatli kreditlar berishni afzal koʻradi. qimmatli qogʻozlar aholi uchun katta ahamiyatga ega, ular pullarini qoʻlda ushlab turmasdan, qimmatli qogʻozlar olib, ularga egalik qilish yoʻli bilan oʻz jamgʻarmalari hisobiga daromad oladilar va korxonalarni boshqarishda ishtirok etadilar.
qimmatli qogʻozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Odatda qimmatli qogʻozlar davlat tomonidan, xususiy sektorlar tomonidan va chet el subyektlari tomonidan chiqarilishi mumkin.
hamma qimmatli qogʻozlarni shartli ravishda davlat, xususiy va xalqaro qimmatli qogʻozlarga ajratish mumkin.
Davlat qimmatli qogʻozlari markaziy hukumat, joylardagi hokimiyat organlari, alohida mustaqil davlat tashkilatlari tomonidan shu bilan birga davlat qoʻllab-quvvatlayotgan korxonalar tomonidan chiqarilishi mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qogʻozlar tarkibida turli nodavlat ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsiya banklari, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qogʻozlari alohida oʻrin tutadi. Xalqaro qimmatli qogʻozlar chet el subyektlari tomonidan chiqariladi va ularning qiymati hisoblanadigan valyuta va emitentlari boʻyicha boʻlinadi.
qimmatli qogʻozlar bozor vositalarining iqtisodiy tabiatidan kelib chiqib, ularni mulkka egalik munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarga, kredit munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarga va erkin fond bozorining qimmatli qogʻozlariga ajratish mumkin.
Mulkka egalik munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qogʻozlar aksiyalardir. qarz majburiyatlarining turli xil shakllarini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarga obligatsiyalar, korxona va bank veksellari, xazina veksellari, depozit va jamgʻarma sertifikatlari va boshqa kredit munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qogʻozlar kiradi.
Fond bozorining erkin vosita sifatida aylanadigan obligatsiyaga bankning maxsus qimmatli qogʻozlari kiradi. Bu qimmatli qogʻozlarning har biriga keyingi mavzularda toʻla xarakteristika beriladi.
Bizning mamlakatimizda qimmatli qogʻozlar bozori endigina shakllanib bormoqda. Kezi kelganda shuni taʼkidlash lozimki, koʻpgina tarmoqlar va korxonalar hozirgi kunda sanoatni yuksaltirish uchun, toʻlash qurbini tiklashga, uskunalarni zamonaviy talablar asosida yangilashga, sarmoya mablagʻlarga muxtojdirlar, shuning uchun ham ularga sarmoya mablagʻlari, ayniqsa chet el sarmoyasini jalb qilish uchun, korxona va tarmoqlar qimmatli qogʻozlar bozoridan, uning vositachilaridan foydalanishni oʻrganish zarur.
Qimmatli qogʻozlarga egalik qilish va ular bilan savdo-sotiq qilishda ishtirok etish, aholining daromadlarini koʻpaytiradi, uning moddiy farovonligini oshirishga koʻmaklashadi, shuningdek, jamiyatning asosiy harakatlanuvchi kuchi boʻlgan insonning faoliyatini faollashtiradi. Qimmatli qogʻozlar bozori, bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan mulkchilikni shakllanishiga koʻmaklashadi.



Download 42.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling