Moliya-bozori-doc-2-mavzu pdf
Obligatsiya (lotin. obligatio
Download 218.92 Kb. Pdf ko'rish
|
moliya-bozori-doc-2-mavzu
Obligatsiya (lotin. obligatio - majburiyat) – obligatsiyani saqlovchining
obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo'igan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'oz. Soddaroq qilib aytganda, bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog'ozning nominal qiymatini unda ko'rsatilgan muddatda belgilangan (qat'iy) foiz to'langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol-mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish huquqini bermaydi. Obligatsiya - bu bir shaxsning (sarmoyador - kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent - qarzdorga) mablag'larini vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma'lum muddatga chiqariladi va so'ndirilishi hatto Emitentning faoliyati tugatilgan yilda ularning egalari qimmatli qog'ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an'anaviy tarzda ustunlikka ega bo'ladi. Emitentning xususiyatiga ko'ra, obligatsiyalar quyidagi uch katta guruhga bo'linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obligatsiyalar, korxonalar obligatsiyalari. Davlat qimmatli qog'ozlari - O'zbekiston Respublikasining g'azna majburiyatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari. Davlat obligatsiyalari, odatda, rnamlakatning mol-mulki, boyligi bilan kafolatlangan va shuning uchun ham investitsiya aktivlarining eng ishonchli turi hisoblanadi. Davlat obligatsiyalari bo'yicha olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi. Shuning uchun ular bo'yicha foiz stavkalari korporatsiyalaming eng birinchi darajali obligatsiyalari bo'yicha to'lanadigan foiz stavkalariga qaraganda past. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda jami davlat qarzining katta qismini aynan turli yillarda chiqarilgan obligatsiyalar tashkil etadi. O'zbekiston davlat obligatsiyalari - bu respublika ichki qarzlari obligatsiyalaridir. Bunday obligatsiyalarni chiqarish to'g'risidagi qaror hukumat tomonidan qabul qilinadi. Mustaqil O'zbekiston tarixida davlat obligatsiyalarining ikki xii turi chiqarilishiga yo'l qo'yildi. Birinchisi, 1992-yil mayda - 12 foizli ichki yutuqli zayom. Bu sobiq Ittifoqning parchalanishi munosabati bilan sodir bo'igan keskin intlatsiya va sobiq Ittifoq hukumati tomonidan qog'oz pul birliklarining muomalaga me'yoridan ortiq darajada chiqariIishi tufayli aholi uchun juda muvaffaqiyatsiz tugadi. Ikkinchisi, 1996-yil martda - korxona va tashkilotlar uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ko'rinishidagi obligatsiya zayomi, u mamlakat xazinasi va sarmoyador korxonalarga daromadlar keltirgan holda juda muvatfaqiyatli amal qilib turibdi. O'zbekistonda DQMOning dastlabki kimoshdi savdosi 1996-yil 28-martda bo'lib o'tdi. Moliya vazirligi obligatsiyalarning emitenti hisoblanadi. Obligatsiyalar emissiyasi davriy ravishda alohida nashrlar shaldida amalga oshiriladi. Har bir nashr, odatda, bir oyda bir marta chiqariladi. Obligatsiyalar 3, 6 va 12 oy muddatlarga chiqariladi. Obligatsiyalarni ularni sotishga vakolat berilgan tashkilot (diler)lar orqali xarid qilgan yuridik shaxslar obligatsiyalarning egasi bo'lishi mumkin. Obligatsiyalar nashrlarining kimoshdi savdosi, savdolari, hisob-kitoblari va ularga ko'rsatiladigan boshqa xizmatlar O'zbekiston Respublikasi valuta birjasida amalga oshiriladi. Download 218.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling