Moliya bozori
Download 73.5 Kb.
|
Moliya bozori
Moliya bozori. Moliya bozori – bu jamiyatdagi moliya hizmatlari bozoridir. Bu moliya mablag’larini haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlardir. Moliya bozori banklarida, fond birjasida va auktsyonlarda o’tkaziladi. U asosan kreditlar bozori ko’rinishida bo’ladi. Kredit ist’emol tovarlarini sotib olish, o’z hususiy ishini ta’shkil etish yoki kengaytirish (ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini sotib olish), davlat harajatlarini amalga oshirish va hokazolar uchun olinishi mumkin. Kredit uchun to’lanadigan foizdir. Foiz (prosent) har qanday narh kabi, bozordagi talab bilan taklif nisbatiga bog’liq. Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi: pul bozori; qimmatli qog’ozlar bozori; valyuta bozori; investitsiya bozori (mablag’larning sarflanishi); ssuda kapitali bozori; sug’urta bozori h.k. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’ektlar pul bilan munosabat qiladilar. Birinchisi – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar. Bunga aholi, firma, kompaniya va davlat muassasalari kiradi. Ikkinchisi – pulga muhtoj bo’lgan sub’ektlar. Har ikkala sub’ektlar orasidagi erkin pul muomalasi, yani uning oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi deb yuritilib, u erda yirik korportsyalarning, markaziy va mahalliy davlat mahkamalarining qimmatli qog’ozlari sotiladi va sotib olinadi. Fond birjasiga kirmagan qimmatli qog’ozlar birjadan tashqari nobirjaviy bozorda muomalada bo’ladi. Qimmatli qog’ozlar bozori – u daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar: aktsya, obligatsya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning oldi – sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi deb yuritilib, u erda yirik korporatsyalarning, markaziy va mahalliy davlat mahkamalarining qimmatli qog’ozlari birjadan tashqari nobirjaviy bozorda muomalado bo’ladi. Qimmatli qog’ozlar bozorida ham sotuvchilar va haridorlar munosabatda bo’ladi, ular o’rtasida vakolatga ega bo’lgan brokarlar – maklerlar (dallollar) vositachilik qiladi. Bundan tashqari u bozorda mahsus birja chayqovchilar broki, ular aksya kursi o’zgarishini oldindan payqab, aksyalarni katta partiya (miqdor) da sotib olib, so’ngra uni qimmatga sotib katta daromad ko’rishadi. Pul va qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim unsurlaridan biri. Bu bozor davlat harajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida katta ahamyatga ega. Halqaro kredit muomalasining rivojlanishi jahon pul bozorining vujudga kelishiga sabab bo’ladi (eng yiriklari Amerika pul bozori, Evropa pul bozori va boshqalar). Valyuta bozori – bu pul va qimmatli qog’ozlar bozori kabi moliya bozorinig bir unsuridir. Bu erda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Bozorda korhona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadi. Ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi uni sotib oladi. Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auktsyoni ko’rinishida bo’ladi. O’zbekstonda valyutani oldi-sotdi qilish operatsyalari bilan Respublika Markaziy banki, respublika tashqi iqtisodiy Milliy banki va shu faoliyat uchun ruhsat berilgan banklar shug’llanadi. Valyuta bozori: chet el oldi – sitdisidagi o’zaro to’lovlarni bajarish; valyuta hatarini sug’urtalash; valyuta zahiralarini diversifikatsyalash; valyuta sarflari bilan bo’liq turli tadbirlarni o’z ichiga qamrab olish. Valyuta bozorida muomalalar valyutani naqa etkazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy va undan ortiq muddatda) etkazib berish (forvard) shaklida amalgam oshiriladi. Valyuta muomalalari asosan AQHS dollarida olib boriladi. Intellektual tovarlar bozori. Intellektual tovarlar bozori – bu bozorning mahsus turi bo’lib, aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va hizmatlarning ayirboshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va haridorlar mahsus Tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, tehnikaviy yangliklar, san’at va adabiyot asarlari, hilma-0hil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Jumladan: ilmiy – tehnik ishlanmalar bozori; tasviriy san’at bozori; musiqa bozori; antikvar buyumlar bozori; kino bozori; ahborot bozori va h.k. Intellektual tovarlar bozorida ilmiy – tehnikaviy ishlanmalar oldi – sotdisi katta o’rin tutadi. U amalda: patent; litsenziya; hoy- xoy sotishdan iborat. Bu erda ilmiy - tehnikaviy yangiliklar haridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’laturib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. Intellektual tovarlar bozori ishlab chiqarish novasyasiga hizmat qiladi, yani u fan-tehnika rivojiga tasir etadi. Shu sababli uning ahamiyati nafaqat umummilliy, balki, baynaminal hamdir. Ilmiy – tehnik ishlanmalar, tehnologiya talab o’ta o’zgaruvchan, bu bozordagi munosabatlar ko’pincha mamlakatlararo bo’ladi. Intellektual bozorda ko’pincha innovasya firmalari ish yuritadilar. Ular yangilikni toipish, uni bozorda sotish, ishlab chiqarishga joriy etish yuzasidan hizmat ko’rsatadilar. Bu ishda injirining va konsalting firmalar ham qatnashadi. Mazkur bozor fan-tehnika rivojiga katta hissa qo’shadi, yangiliklarni kerakli joyda samarali qo’llanishini ta’minlaydi. Manaviy – intellectual, informasyon resurslar va mahsulotlar inson aqlining, taffakuruning mahsuli bo’lib, mulk obektining juda ham mahsus turini ifoda etadi. Uning asosiy qimmati malumot sifatida, asos qilib olingan g’oyaning samaradorligida mujassamlashadi. Intellektual mulkning obektlari – ilmiy ijod, adabiyot, sanat asarlari, kashfiyotlar, ihtirolar, loyihalar, malumotlar va shu kabilardir. Veksel.
Veksellar asosan qisqi muddatda (bir yilgacha) beriladi. Veksellarning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. O’tkazma veksel deganda bir shaqs (veksel, beruvchi) ning ikkinchi shaqs (to’lovchi) ga ma’lum pul summasini muaiyan shaqsga uning buyrug’i bilan belgilangan muddatda yoki uning talabi boycha to’lashi lozimligi haqidagi qa’tiy buyrug’i ifodalangan yozma hujjat tushuniladi. Bitimda 3 shaqs: etkazib beruvchi (kreditor), haridor (qarzdor) va veksel bo’ycha to’lovchi qatnashgan holda o’tkazma veksel qo’llanilad. Oddiy veksel bir shaqs (veksel beruvchi) ning ikkinchi shaqsga malum pul summasini muaiyan shaqs (birinchi oluvchi) ga uning buyrug’i bilan belgilangan muddatda yoki uning talabi bo’ycha to’lashi lozimligi haqidagi qa’tiy majburyati ifodalangan yozma hujjat hisoblanadi. Bitimda 2 shaqs: etkazib beruvchi (kreditor) qatnashgan holda oddiy veksel qo’llaniladi. Moliya bozori moliya tizimining ajralmas qismi, bozorinig maxsus qismi, ya'ni mablag'lar bozoridir. Bu yerda pul va pulga tenglashtirilgan talab va taklifga qarab erkin harakati ta'minlanadi. Moliya bozorida firmalar banklar, moliya muassasalari, davlat va aholi qatnashadi. Moliya bozori keng ma'noda pul bozori, kapital bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valyuta bozorini birlashtiradi. Pul bozori qisqa mudatli kredit bozori, kapital bozori esa uzoq muddatli kredit bozori ekangligi bilan ajralib turadi. Bu bozorda puldorlar, banklar (vositachilar) va pulga muhtojlar qatnashadilar, sotilgan pul narhi esa foizini tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, mxazina majburiyatlari, sertifikatlar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozor fond bozori deb yuritiladi. Qimmatli qog'ozlarning dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida o'tkaziladi, chiqarilgan qimmatli qog'ozlar obuna shaklida yoki ro'yxat bilan haridorlarga sotiladi. Ularni qayta sotilishini ikkilamchi fond bozorida yuz beradi, uni fond birjasi deb yuritiladi, masalan Toshkent Fond Birjasida 1995-yilda 900 ta aksiyadorlik jamiyatlari chiqargan jami 1 milliard so'mlik aksiyalar sotildi. Fond birjasida brokerlar, birjachilar va chayqovchilar ish yuritadilar. Brokerlar birovlarning nomidan qimmatli qog'ozlarni sotadilar yoki sotib oladilar, o'z xizmati uchun olingan yoki sotilgan aksiyalar summasiga foiz tariqasida belgilanadigan kommision haq oladilar. Chayqovchilar qimmatli qog'ozlarni olib darhol sotish bilan shug'ullanadilar. Ular qimmatli qog'ozlarni kursi (narhi) dagi o'zgarishlarni tez ilg'ab olib-sotarlik qiladilar, narh tushganda sotib-olib, kurs oshganda qimmatga sotadilar. Aksiya kursi kuniga bir necha marta o'zgaradi. Shunga qarab chayqovchilar ham katta pul ishlaydilar yoki katta pulni boy beradilar. MOLIYANING MAZMUNI. Iqtisodiyotni rivojlantirish pul mablag’larini talab qiladi. Pul resurslarini (fondlarini) hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar moliya deyiladi. Moliya pul munosabatlari bo’lsa-da, u ishlab chiqarishga bog’liq. Pul mablag’larini topish, uning taqsimlanishi va qaysi maqsadlarda hamda qanday usullar bilan ishlatilishi moliya tizimini tashkil etadi. Agar moliyaning obyekti pul mablag’lari bo’lsa, uning subyekti, ya’ni ishtirokchilari firma, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, har xil muassasalar, turli oilalar va ayrim shaxslar bo’ladi. Ularning hammasi pul kirimi va chiqimiga duch keladilar, shu boisdan moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Moliyaning mazmuni bajaradigan vazifalarida ifoda etiladi. Taqsimlash vazifasi. Har yili yaratiladigan milliy mahsulot va jamg’arilgan milliy boylik pul shaklida taqsimlanadi, turli moliya fondlariga aylantiriladi. Taqsimlash ikki darajada amalga oshiriladi. Birlamchi taqsimlash mikroiqtisodiy darajada, ya’ni firmalar, tashkilotlar va muassasalar ichida yuz beradi. Masalan, firma ichida pul mablag’i taqsimlanganda amortizatsiya fondi, ish haqi fondi, sotsial sug’urta ajratmalari, foyda, mukofotlash fondlari, investitsiya fondlari vujudga keladi. Ikkilamchi taqsimlash firma va tashkilotlar bilan davlat o’rtasida yuz beradi. Bunda davlat soliqlar va soliqdan tashqari majburiy to’lovlar, har hil zayomlar vositasida korxona mablag’ining bir qismini o’z ixtiyoriga olib, uni qayta taqsimlaydi. Masalan, davlat korxonalar va aholidan soliq undirib, uni qayta taqsimlaydi va shu yo’sinda bu pulni o’z idoralariga, armiyaga, ijtimoiy ta’minotga beradi. Masalan, O’zbekistonda 1995 yilda yaratilgan mahsulot 298,5 milliard so’m bo’lsa, shundan byudjet daromadi 152 milliard so’m bo’ldi. Bu pul byudjet orqali taqsimlanib, undan, masalan, xalq maorifi uchun ajratilgan ma’lum summadan o’qituvchilarga maosh beriladi. Rag’batlantirish vazifasi. Moliya vositasida iqtisodiy faollik qo’llab – quvvatlanadi. Buning uchun soliqlardan siylov beriladi. Soliqlar kamaytirilsa, firmaning xarajati qisqarib, uning foydasi ko’payadi. Bu esa foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarflash imkonini beradi. Davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko’mak berish ham ular ishini rag’batlantiradi. Iqtisodiy axborot vazifasi. Moliyada iqtisodiy faoliyatning yakuni jamlanadi va bu moliyaviy ko’rsatkichlar shaklini oladi. Bu foyda miqdori, rentabellik, korxonaning likvidligi, uning pul mablag’lari va qarzning miqdori kabilardir. Shularga qarab firmaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Moliyaviy ahvol haqidagi axborotning ikki manbai mavjud: Firmaning o’zi e’lon qiladigan moliyaviy ko’rsatkichlar. Auditorlik xizmati firmaning moliyaviy ahvoli to’g’risida bergan holisona axboroti. Ijtimoiy vazifasi. Moliya resurslarni ijtimoiy ehtiyojlarga yo’naltiradi. Mazkur vazifani bajarish ikki yo’nalishga ega: aholiga bepul va imtiyozli xizmat ko’rsatuvchi sohalarni moliyalash; aholining nochor, yordamga muhtoj qatlamlariga pul bilan ko’mak berish. Bu ishlar davlat, firmalar, xayriya tashkilotlari va ayrim kishilar tomonidan bajariladi. MIKROMOLIYA. Iqtisodiy faoliyat mikro va makro darajalarida yuz beradi, shunga monand ravishda mikro va makromoliya mavjud. Bozor iqtisodiyotida mikromoliya birlamchi hisoblanadi. Mikromoliya deganda firmalar, har xil tashkilotlar va uy xo’jaliklari darajasidagi moliyani tushunish kerak. Firma va tashkilotlarning moliyasi ular ishining mazmuniga qarab ikki guruhga bo’linadi: kommertsiya ishi bilan mashg’ul korxona va tashkilotlar; nokommertiya faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona va tashkilotlar. Kommertsiya firmalari foyda olish maqsadida ishlaydi, o’z xarajatini o’z puli bilan qoplaydi. Bularning moliya resuslari asosan o’zlari topgan yoki qarzga olgan puli hisobidan shakillanadi. Nokommertsiya tashkilotlari foyda olishni mo’ljallamaydi, ular bepul yoki imtiyozoli xizmat ko’rsatadi, o’z xarajatlarini o’zi mutlaqo qoplamaydi yoki faqat qisman qoplaydi. Ularning faoliyatini asosan o’zgalar moliyalaydi. Kommertsiyaga asoslanib ishlaydigan firmalar moliyaviy mustaqillikka ega, pul fondlarini o’zlariga tashkil etib, o’zlari mustaqil sarflaydi. Firmalar moliyasining ikki jihati bor. Birinchisi-korxonaning pul fondlarini uyushtirib, ularni o’z manfaati yo’lida ishlatiladi. Ikkinchisi-boshqalar(o’z mijozlari, banklar, sug’urta kopaniyalari, davlatning moliya idoralari) oldidagi moliyaviy majburyatlarini bajarish. Firmaning moliyasi quydagi manbalariga tayanadi: -o’z tovarlari va hizmatlarini sotishdan tushgan pul; -o’zining ortiqcha mol-mulkini sotishdan kelgan pul; -o’zi chiqargan aktialarni sotishdan olingan pul; -o’zgalardan oldin sotib olingan aktialar va obligatialarga tegadigon dividend;-davlat yoki har xil homiylar tomonidan yordam sifatida berilgan pul;-bankdan qarizga olingan pul;- sug’irta kompaniyalari beradigon pul. SHu manbalar hisobidan har xil fondler, chunonchi, amortizatiya, ish haqi obruyiga xizmat qiladi. Moliya mablag’lari hisobidan korxona soliq to’laydi, qarizni qaytaradi, kapitalini ko’paytiradi, bankka foiz to’lovlari to’laydi va hokazo. Kommertsiyaga asoslangan firmalar va tashkilotlar o’zini o’zi moliyalash qoidasiga tayanadi. O’z-o’zini moliyalash tamoyili moliya resuslariga bo’lgan talabni o’z puli hisobidan qondirishdir. Ayrim hollarda firmalar davlat hisobidan ham moliyalishadi, bu ularga moliyaviy yordam berilgan chog’da yuz beradi. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash azaldan bor. O’z vaqtida Amir Temur davlat byudjeti bergan mablag’lar; -xayriya tarzda aholidan tushgan pul; -homiylar bergan pul; -o’zlari pullik xizmatlar ko’rsatib topgan mablag’lar. Shu manbag’lar hisobidan ular o’z sarf-xarajatini qoplaydi, lekin foyda olishni ko’zlamaydi. Mikromoliya doirasida jamoat tashkilotlari moliyasi ham shakilanadi. Ularga zarur bo’lgan pul a’zolikka kirish puli, a’zolik badallari va homiylar bergan hamda qisman ishlab topilgan puldan iborat buladi. Bu mablag’lar jamoat tashkilotining nizomida ko’rsatilgan faolyatini amalgam oshirish uchun sariflanadi. Mikramoliya doirasida xaayriya fondlari ham bo’ladi. Ularga mablag’ ko’ngilli ravishda va baholi qudrat ajratiladi Yig’ilgan mablag’lar faqat xayriya -savob ishlarga sariflanadi. Sug’irta ham moliyaning turi sifatida mikroiqsodiy darajada amal qiladi. Sug’irtada ikki tamon qatnashadi. Biri sug’irtalovchi tashkilot yoki firma, ikkinchisi sug’irta xizmatiga talabgorlar, bularga firmalar, tashkilotlar, davlat idoralari va aholi kiradi. Nimaiki sug’irtalansa, shu sug’irta ob’ekti bo’ladi, uning pulda hisoblagan qiymati aniqlanib, sug’irtalanadi. Qimmatli qog’ozlar chiqarish huquqi berilgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi firmalar, korporatsiyalar, banklar va davlat emitent hisoblanadi. Aksiya dividend keltiruvchi qimmatli qog’ozdir. Dividend aksiyadorlik jamiyati olgan foydaning aksiya egasiga ulush bo’lib tegadigan qismidir. Tadbirkorlik ishiga qo’yilgan kapital miqdoriga qarab aksiya chiqariladi. Agar firmaning mol-mulki 10 million so’mlik bo’lsa, shunday summada aksiya chiqarilib sotiladi. Agar firma 12 million so’mlik aksiya chiqarsa, ortiqcha 2 million so’m pul firma kapitaliga qo’shilishi shart. Aksiya shunday qog’ozki, uning egasi bo’lgan aksiyador emityent ishga qo’ygan kapitalda o’z hissasiga ega bo’ladi va shunga qarab foydaning bir qismini dividend shaklida oladi. Aksiya qo’yilgan kapital bilan ta’minlangan, uning ortida ma’lum qiymatga ega boylik bor, shuning uchun uni qimmatli qog’oz deymiz. Aksiya har xil qiymatli (qiymati yozib qo’yilgan) qog’oz shaklida chiqariladi. Masalan, 500 so’mlik, 1000 so’mlik, 5000 so’mlik, 10000 so’mlik va hatto 100000 so’mlik aksiyalar bor. Aksiyaning o’zida ko’rsatib qo’yilgan summa uning nominal qiymati deyiladi. Aksiya sotilganda talab va taklifga qarab uning amaldagi narxi nominal qiymatidan yuqori yoki past bo’ladi. Aksiyaning sotilish narxi bozor kursi, fond birjasida aksiya narxining belgilanishi kotirovka deyiladi. Firmalar o’zi chiqargan aksiyani sotish bilan cheklanmay, o’zgalar aksiyalarini sotib ham oladilar. Binobarin, ular bozorda ham sotuvchi, ham xaridor vazifasini o’taydilar. Aksiyaning narxi eng avval unga tegadigan dividendga bog’liq. Firmaning mavqei mustahkam, moliyasi baquvvat bo’lsa, yaxshi foyda topsa, aksiyaga dividend ko’p to’lanadi. Shunga ko’ra aksiyaga talab yuqori bo’lib, uning narxi ham ortadi. Aksiyaning naqadar foyda berishini bilish uchun dividend aksiyaning bozor narxiga taqqoslanadi. Aksiya narxi pulni muqobil ishlatish imkoniga ham bog’liq. Agar aksiya olgandan ko’ra pulni boshqacha yo’sinda ishlatish qulay bo’lsa, aksiya narxi tushadi. Aksiya olish eng qulay ish bo’lsa, ya’ni ko’proq daromad bersa, u qimmatlashadi. Aksiyaning narxi uning turiga ham bog’liq. Aksiyalar oddiy va imtiyozli turlarga bo’linadi. Oddiy aksiyaga tegadigan dividend miqdori kafolatlanmaydi. Chunki foyda-zararga qarab, u oz-ko’p bo’lishi, tegishi yoki tegmasligi ham mumkin, lekin oddiy aksiya aksiyadorlik jamiyati majlisida ovoz berish huquqini ta’minlamaydi. Aksiya kursi iqtisodiy ahvolga qarab o’zgaradi. Agar iqtisodiyot o’sib borayotgan bo’lsa, pulni investitsiyalashda faollik yuz berib, aksiyalarga talab oshadi, ular qimmatlashadi. Iqtisodiy tushkunlik sharoitida buning aksi bo’ladi. Aksiyalarni sotish orqali olingan pul kerakli sohalarga joylashtiriladi, bekor turgan pullar xo’jalik oborotiga tushadi. Aksiyalardan farqliroq obligatsiyalar qarz majburiyati hisoblanadi. Obligatsiyani davlat chiqarsa, uni firmalar va aholi sotib olib, davlatni qarzdor qiladilar. Bozorda aksiya yoki obligatsiya tanlashda xaridorlar ulardan keladigan daromadga e’tibor berishadi. Zayomlarga tegadigan daromad oldindan uning qiymatiga nisbatan foiz shaklida belgilanadi va shu foiz kanda qilmay to’lab boriladi. Zayom beradigan daromad kafolatli bo’lganidan uni afzal ko’rib sotib olishadi. Ammo kafolatsiz bo’lsa-da, omad kelganda katta dividiend beruvchi aksiyalarning ham o’z haridori topiladi. Moliya bozori tufayli bekor yotgan o’lik pul tirik pulga, muomalaga tushib daromad keltiruvchi pulga aylanadi. Uning yana bir xosiyati shundaki, qimmatli qog’ozlar sotib olish orqali kichik pul egasi ham kapital sohibiga aylanadi, kapital ozchilik monopoliyasidan chiqib, ko’pchilik mulkiga aylanadi. Demak, moliya bozori kapitalni demokratiyalashtiradi, oz miqdordagi pullarni to’plab yirik pulga aylantiradi, ko’pchilikni foyda topishdan bahramand etadi. Beka00791@mail.ru Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling