Moliya bozori
Qimmatli qog‘ozlar bozori tushunchasi
Download 100.5 Kb.
|
MOLIYA BOZORI
Qimmatli qog‘ozlar bozori tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tamoyillaridan biri bozor munosabatlariga o‘tishda “falaj yo‘li bilan davolanish” usulidan voz kechib, tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga kirib borishdir. Bundan tashqari rivojlanishning har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatga ega. Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning bugungi bosqichi iqtisodiyotimizning ochiqligi, chet el investitsiyalarini jalb qilishning ortib borishi, xususiylashtirish hamda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining kuchayib borishi bilan belgilanadi. SHu jumladan, moliyaviy tizimning rivojlanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratilmoqda, chunki faqat rivojlangan moliyaviy tizim iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli rivojlanishiga zamin yaratadi. Qimmatli qog‘ozlar bozori va unda faoliyat ko‘rsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy hamda nihoyatda muxim zvenosi bo‘lib ortiqcha mablag‘larni investorlardan iste’molchilarga qayta taqsimlash jarayonida muxim ahamiyat kasb etadi. Bozor o‘zining murosasiz, qonun-qoidalariga ega. Buni biz kundalik matbuotda xususiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq hamda biznes, qimmatli qog‘ozlar bozori kabi boshqa tushunchalarga qiziqish uyg‘otuvchi yangi ruknlar paydo bo‘layotganidan ham sezib turibmiz. Odatda iqtisodiyotni yangi izda qayta qurish moliyaviy tizimni qayta qurishdan boshlansa, unda butun jamiyatning muvaffaqiyatli ravishda olg‘a qadam tashlashi qimmatli qog‘ozlardan samarali foydalanishga bog‘liqdir. Insoniyat qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish orqali pulning qadrsizlanishi muammosini hal etish yo‘lini topdi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, pul butun taraqqiyot davomida inson tomonidan qilingan ixtirolar orasida eng oddiysi va eng murakkabi, eng tushunarlisi va shak-shubxasiz eng chalkashi bo‘lsada, insoniyatning eng ayanchli fojialari va eng olamshumul yutuqlari pul bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. Pul odamlar xatti-harakati va faoliyatida asosiy turtki beruvchi omil bo‘lgan va ana shunday bo‘lib qoladi ham. Buyuklardan biri: “Insoniyat pulni yaxshi ko‘radi. Uning charmdan, qog‘ozdan, bronza yoki tilladan tayyorlanganining farqi yo‘q”, - degan ekan. Biroq faqat pullarni saqlash qulay bo‘lgan holda u ziyon ham keltiradi. Pul yig‘ib puldor bo‘lib yurishning afzalliklari to‘g‘risida hamma yaxshi biladi. Lekin uning ziyoni haqida hech kim o‘ylab o‘tirmaydi. Zero, xamyonda yoki paypoqda saqlanayotgan pulga foiz qo‘shilmaydi. Agar pulga qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa yoki u bankka qo‘yilsa u holda pulning egasi foiz shaklida daromad oladi, ammo bunday daromad avvalo ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki resurslardan samarali foydalanish, muomaladagi pul miqdorini qisqartirish, pul oborotini oshirish va shu kabilar orqali qo‘lga kiritiladi. Pul “Moliya bozori” tushunchasini yuzaga keltiradi. Moliya bozorida esa qimmatli qog‘ozlar asosiy oldi-sotdi ob’ektlari sanaladi. O‘zbekiston Respublikasining “qimmatli qog‘ozlar bozori ” to‘g‘risidagi (22 iyul 2008 yil) qonuning 3-moddasida qimmatli qog‘ozlarga quyidagicha ta’rif berilgan. qimmatli qog‘ozlar –hujjatlar bulib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosobatlarini tasdiqlaydi, divirdendlar yoki fo‘izlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxlarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi; qimmatli qog‘oz - o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan xujjatdir. U qimmatli qog‘oz egalarining daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling