- Фонд бозоридаги рискларни суғурталовчи
INVESTITSION FONDLAR - Investitsion fondlar, ya’ni moliyaviy institutlar, aksiya emissiya qilib kichik investorlarni top`laydi va ularni o`zlarining nomidan boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlariga qo`yadi, hamda bank hisoblariga ham joylashtiradi.
- G’arbda xuddi shu kabi institutlar, ikki tomonlama investitsiya fondlari deb nomlanadi, yoki AQSH da 1924 y. paydo bo`lgan qarz fondlari (mutual funds) deyiladi. II jahon urishidan so`ng, ular tez sur’atlarda rivojlanishdi. Hozirda ular AQSH da pension fondlarlar korparatsiyalari va sug’urta kompaniyalaridan keyingi, ammo banklar trast departamentaridan avvalgi 3 – o`rinda turadi. Shuni ko`rsatib o`tish kerakki, sanoati taraqqiy topgan davlatlarda “investitsion fond” tushunchasi va “investitsion kompaniya” tushunchalari ko`pincha sinonim hisoblanadi. Farqi shundaki, investitsion kompaniyalar bir nechta investitsion fondlarni tarkibiga olishi mumkin, qimmatli qog’ozlar yig’imi sifatida (investitsiyalar portfeli), qaysikim alohida menedjerlar jamoasi boshqaradi. Boshqaruv kompaniyasi deb ataluvchi kompaniyada barcha investitsion fondlarning aksiya poketlari boshqaruvi bo`ladi.
MOLIYAVIY KOMPANIYALAR - Ularning ustav faoliyati bilan to`laroq tanishib chiqadigan bo`lsak, ular investitsion kompaniyalardan hecj bir jihaddan ajralishmaydi. G’arb amaliyotida moliyaviy kompaniya deganda yetarlicha kichik doirada ya’ni aniq bir turdagi faoliyat bilan shugullanuvchi, ya’ni o`zining kompaniyalarining qo`yimlarini diversifikatsiyasiga ega emas bo`lgan korparatsiyalarni tushinish mumkin. Qoidasiga ko`ra, moliyaviy va investitsion kompaniyalar, xolding kompaniyalaridan farq qilgan xolda, o`zlari tomonidan moliyalangan korparatsiyalarining aksiya poketi nazoratiga ega emas.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |