Moliya fakulteti Moliya va moliyaviy texnoloiyalar yo’nalishi guruh talabasi


Yer hosil bermay qoysa aholining daromadining o’zgarishi


Download 191.02 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2023
Hajmi191.02 Kb.
#1088867
1   2   3   4
Bog'liq
KV5pP-8WKy SfGHs4VdRLk8j34vojP35

3. Yer hosil bermay qoysa aholining daromadining o’zgarishi.
Davlatimiz rahbarining yuqoridagi qarori bilan Qishloq xo'jaligi vazirligiga erlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha vazifalar yuklatilib, maxsus departament ham tashkil etildi. Vazirlik yerlar cho'llanishi, ularni tiklash, ekinlarni almashlab ekish, o'rmonlar barpo qilishni monitoring qiladi, yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi. Ushbu qaror asosida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti qaytadan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, deb nomlandi va Qishloq xo'jaligi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi. Endilikda, institut faoliyati yanada kengayadi. Ayni paytda 150 ga yaqin tadqiqotchilarimiz zimmasida yerlar degradatsiyasi va cho'llanishi, shu jumladan, yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, qishloq xo'jaligi ekinlarini almashlab ekish sohasidagi tadqiqotlar ko'lamini chuqurlashtirish, degredatsiya jarayonlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar, mutaxassis tavsiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilishdek ko'lamli va mas'uliyatli vazifalar turibdi.

Binobarin, bugungi kunda cho'llanish dunyoning ko'plab mamlakatlariga tahdid solmoqda. Achinarlisi, bu ko'p jihatdan inson omiliga bog'liq bo'lib, tabiatdan ayovsiz foydalanish oqibatida tuproq va shamol eroziyasi cho'llanish jarayonlarini yanada tezlashtiryapti. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ning baholash natijalariga ko'ra, hozir barcha yerlarning uchdan bir qismi tuproq eroziyasi, ya'ni nurash, shiballanish, germitizatsiyalashuv (zichlashishi), tuproqning sho'rlanishi, tuproqdan organik va oziq moddalarining yuvilib ketishi, erning ifloslanishi va boshqa jarayonlar ta'sirida tanazzulga uchramoqda. Buning asosiy sababi sifatida esa insonlarning yer resurslaridan noto'g'ri va noo'rin foydalanishi ko'rsatilyapti.

Gruziyadagi UGA universiteti tuproqshunos olimi Julia Gaskinning aytishicha, so'nggi 150 yil ichida dunyodagi tuproqlar o'zining unumdorligini ta'minlovchi asosiy qurilish bloklarining yarmini yo'qotdi. Endi buni tiklash uchun ko'p vaqt talab etiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, 1 santimetr yer o'zini tiklashi uchun 100 yil vaqt sarflanishi mumkin ekan. Dunyodagi yerlarning 40 foizi halokatga uchragani, buning ustiga tabiiy resurslarga insonning ta'sir bosimi oshib borayotganini hisobga olsak, insoniyat halokat yoqasida turibdi. Agar zudlik bilan muammoni hal qilishning yangi yechimlari joriy qilinmasa, haydalgan va unumdor yerlarning umumiy maydoni 2050-yilga borib keskin ravishda qisqarib ketishi mumkin. Mamlakatimizda cho'llanishga qarshi kurashning milliy dasturi ham ishlab chiqilgan. Dasturga ko'ra, yerlar degradatsiyasining hajmini qisqartirish yoki uning oldini olish, cho'llanishga duchor bo'lgan yerlarni qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Bunda yerlarni namlantirish, suv tarmoqlarini tortish, umuman, suvsizlik masalasini hal etish bo'yicha ham vazifalar belgilangan.

Sir emas, iqtisodi asosan qishloq ho'jaligiga moslashgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligi allaqachon sezila boshlagan. Buning oqibatida cho'llanish, sho'rlanish kabi hodisalar soni ko'payib bormoqda. Kelajakda iqlimning tobora isib borishi va cho'l zonalarining ortishi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga salbiy ta'sirni oshirishi borasida xulosalar ham yo'q emas.

Afsuski, mamlakatimizda ham sug'oriladigan yer maydonlari yildan-yilga qisqarib bormoqda. Orolning qurigan hududidan tuz va boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi, suv taqchilligi oqibatida cho'llanish darajasi ortyapti. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida cho'llanish darajasi nisbatan yuqori. Ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizda 22 million gektar yer cho'llanishga moyil hudud hisoblanar ekan.

Zamonaviy ilm va ilg'or texnologiyalar bu muammoga echim topishi mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ekinlarni tomchilatib sug'orish, zamonaviy gidroponika, aeroponika usullarida etishtirish ommalashib boryapti. Suv tanqis hududlarda artezian quduqlar qazilyapti. Buni qishloq xo'jaligiga biologik dehqonchilik usullari va tajribalarini bosqichma-bosqich tadbiq etishning ilk ko'rinishlari, deyish mumkin.



Umuman, yerlarning unumdorligini oshirish, degradatsiyaga uchragan maydonlarni avvalgi holatiga qaytarish oson jarayon emas. Buning uchun olimlarimiz tinimsiz izlanishlar, tadqiqot ishlari olib boryapti. Hozirgi vaqtda insitutning Tuproq unumdorligini boshqarish va baholash bo'limi xodimlari bevosita joylarda dala-tadqiqotlari, o'quv-seminarlari tashkil etib, mavjud maummolarni bartaraf etish bo'yicha ilmiy amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish bilan shug'ullanmoqda. Baholash tadbirlari asnosida qarorda belgilanganidek, degradatsiyaga uchragan yer uchastkalarining elektron xaritalari yaratiladi. Bu esa vaziyatni yanada aniq tahlil qilish hamda yerlar unumdorligini oshirishda tezkor chora-tadbirlarni qo'llashga xizmat qiladi. Aholi daromadlari – barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai – ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya ta’sirida uning harid qobiliyati pasay-ishi mumkin. Real daromad – pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib bo-rishi kuzatiladi. Tuproqning qattiq fazasi va har xil g‘ovaklar egallagan hajmlarining nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi g‘ovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini kapillyar, undan kattalarini nokapilyar g‘ovaklik deyiladi. Nokapilyar g‘ovaklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar g‘ovakliklar ko‘paysa, yani tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar va nokapillyar g‘ovakliklar nisbati 1:1 bo‘lganda tuproqning suv, havo va oziqa rejimi eng qulay – 1:1 dan 1:3 gacha bo‘lishligi belgilangan.
Haydalma qatlam tuzilishini tuproq strukturasining joylashishi (zichligi)ni o‘zgartirish yo‘li bilan boshqarish mumkinligi aniqlangan. Malumki, tuproq uch qism yoki fazadan: qattiq, suyuq va havodan tashkil topgan. Qattik faza har xil mineral va organik moddalardan iborat bo‘lib turli zichlikda bo‘ladi.

Tuproqning (zichligi) hajm massasi deb, strukturasi buzilmagan mutloq quruq tuproq massasining uning hajmiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi shundaki, hajmiy massa tuproqning barcha massa hajmini, yani uning qattiq qismi va g‘ovaklarini o‘z ichiga oldi. SHu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining zichligidan doim kichik bo‘lib, 1 dan 1,8 g/sm3 gacha uzgarib turadi.

Sug‘oriladigan bo‘z tuproqli erlarning hajm massasi vegetatsiya davomida haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 , mexanik tarkibi og‘ir botqoq tuproqli erlarda esa 1,7-1,9 g/sm3 atrofida bo‘ladi.

Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o‘simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 g/sm3 bo‘lganda yaxshi o‘sadi.

Tuproqning zichligiga erni ishlash usullari, tuproq strukturasini o‘zgartirish, organik o‘g‘itlar solish, suvning muzlashi va boshqalar tasir etadi.

Madaniy o‘simliklar tuproqning tuzilishiga har xil talabchan bo‘ladi. Ayniqsa, ildizmevalilar kartoshka, piyoz, sabzi, lavlagi, sholg‘om, turp kabi ekinlar mexanik tarkibi engilroq, yumshoq tuproqli erlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi va yuqori hosil olinadi. Ko‘p yillik dukkakdosh ekinlar, o‘q ildizli va boshoqdosh don ekinlarining tuproq zichligiga munosabati ularning eshiga bog‘liq. Tuproq yuza qatlamining zichligi esh o‘simliklarga salbiy tasir etadi. Keyinchalik yoki ikkinchi yili zichlik tasirini bemalol bartaraf etib, o‘simliklar normal o‘saveradi. Haydalma qatlam ostidagi zich qatlam o‘simliklarning o‘sishiga, ayniqsa ildiz tizimining qo‘yi va yon tomonlarga tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. SHuning uchun haydalma qatlam osti zich bo‘lgan erlar har xil qurollar bilan yumshatilishi zarur.

Mayda chang zarrachalarini bir-biri bilan yopishib, har xil, kattalikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo‘lishida organik modda elimlovchi vazifasini o‘taydi. CHirindi qancha ko‘p bo‘lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo‘ladi. Kesaklar yirik-maydaligiga qarab qo‘yidagilarga bo‘linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25) va mikrostruktura (diametri 0,25 mm dan kichik), mikrostruktura o‘z navbatida dag‘al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik mikrostrukturaga (0,01 mm dan kichik) bo‘linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Suvga bo‘ktirilganda tuproq agregatlari mayda zarrachalarga bo‘linib ketsa, u strukturasiz tuproq deyiladi.


Download 191.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling