Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari
Download 0.8 Mb.
|
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va
2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari
Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil yetadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi. XYUSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadi-gan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayo-nini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi. Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYUS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i mu-him ahamiyatga yega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllan-tirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi. YAIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYUS-lar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XYUSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va yegri (bilvosita) soliqli undi-rish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi). XYUSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bo‘ladi. Ko‘p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliya-tidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliya-viy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan: byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlash-ning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sir-chan fiskal siyosatni hayotga tatbiq yetish bilan bog‘liqki, bu siyo-sat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XYUSlarning investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘si-shi rag‘batlantirilishini ko‘zda tutmog‘i kerak; bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taq-simlanishini optimallashtirish. Buning yeng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari quyidagilar hisoblanishi mum-kin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajm-larining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. Iqti-sodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYUSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini in-vestitsiyalarga jalb qiladi; yangi samarali iqtisodiyotni – intellektual infrastruk-turaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYUSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ish-lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil yetmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xom ashyo-yenergiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-yenergetika kompleksi-ning sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va res-publika byudjeti daromadlarida, yeksportda va valyuta tushum-larida nisbatan katta salmoqning yegallashi iqtisodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo‘ja-likning bunday tarkibiy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkab-lashtiradi. Shu munosabat bilan xom ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o‘tishini ta’-minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dol-zarblik kasb yetib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko‘taradi. XYUSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning sa-marali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash-ni va rivojlantirishni talab qiladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsium-lar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapita-lining real qo‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakl-lanishi sodir bo‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar-ning o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling