Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subektlarni moliyaviy isloh qilish


Download 0.8 Mb.
bet20/112
Sana25.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1719765
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va

9-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subektlarni moliyaviy isloh qilish
Reja:

  1. Xo‘jalik yurituvchi subektlarni isloh qilish va ular

moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi.
2.Xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholash.
3.Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subektn isloh qilish tizimida.

  1. Xo‘jalik yurituvchi subektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi

XYUSlarning faoliyatida sifat o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin yemas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabat-lari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (XYUSlar) ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalarning umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma):





1-chizma. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalar modeli

Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYUSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruv-chan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniqlab) berganligi uchun XYUS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ular-ning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraqqiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi)ni har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYUSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsa-fasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYUS-larni bozor sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan chora-lar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYUSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subektiga aylanti-rish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil yetadi.


Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 15 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz XYUSlarining ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo‘q. Ayrim yekspertlarning bahosiga ko‘ra, sa-noat XYUSlarining ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘la-qonli subektlari safiga kiritish mumkin.
Yangi sharoit munosabati bilan XYUSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va yeng yangi tex-nologiyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbar-doshligini ta’minlash;

  • XYUS kapitalini shakllantirish va boshqarish samarador-ligini oshirish;

  • XYUS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;

  • ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydala-nish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamayti-rish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYUS-larning investitsion jozibadorligini oshirish;

  • aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunktu-rasini bashoratlash, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYUS faoliyatini diversifikatsiyalash.

XYUSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktiv-lar)dan yeng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiriladigan sof foydani o‘stirish alohida o‘rin yegallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koyeffi-siyenti aktiv (kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining XYUS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks yettirish mumkin:

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling