Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Download 0.8 Mb.
|
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirlar Foydali jihatlar
Kxf = T : A
bu yerda: Kxf – xо‘jalik faolligi koyeffitsiyenti; T – tushum; A – barcha aktivlarning о‘rtacha qiymati. Bu kо‘rsatkich bir sо‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga tо‘g‘ri keluvchi tushumni xarakterlaydi. Uning о‘sishi XYUS boshqa barcha moliyaviy kо‘rsatkichlarining oshirishi (kо‘payishi)ga asos bо‘lib xizmat qiladi. Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga yega. Uzluksiz ravishda doiraviy ayla-nadigan va daromadlarning olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYUS faoliyatida faol rol о‘ynaydi. Shuning uchun ham, aylanma aktivlarga joylashtirilgan tez aylanayotgan kapitalning barcha foydalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyatining oshganligini aks yettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha kо‘rsatish mumkin: K = (A : K ), Bu yerda: K – kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi; A – aylanma aktivlar; K – barcha foydalanilayotgan kapitallar. XYUSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan ma’lum bir samaraning olinishi kо‘zda tutilmog‘i lozim. Quyida о‘tkazilishi lozim bо‘lgan yeng muhim tadbirlar va XYUS (XYUS, korporatsiya va boshqalar) tomonidan olinadigan foy-dali jihatlar о‘z aksini topgan (navbatdagi betga qarang):
XYUSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bо‘linma-lari kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorli-gini oshirish, XYUS faoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga yerishish borasidagi yagona asoslangan konsepsiyaga bо‘ysunishi va о‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida ancha yuqori bо‘lgan integral samaraga yerishishga imkon beradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling