Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 0.8 Mb.
bet95/112
Sana25.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1719765
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va

Sug’urta – bu uning qatnashchilari о‘rtasida kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplashga mqljallangan maqsadli sug’urta fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog’liq bо‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig’indisi.
Sug’urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari mos kyeladi. Ular sug’urtani Moliya tizimining bir bug’ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari hisoblanadi.
Sug’urtaning tо‘rta funksiyasi mavjud:

  1. Tavakkalchilik.

  2. Oldini olish.

  3. Jamg’arma.

  4. Nazorat.

Asosiysi tavakkalchilik funksiyasi hisoblanadi, chunki sug’urtaviy tavakkal zarar ehtimolligi sifatida talofat kо‘rgan xо‘jaliklarga pullik yordam kо‘rsatish bo’yicha sug’urtaning asosiy yqnalishi bilan bevosita bog’liq. Aynan tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida sug’urta ishtirokchilari о‘rtasida bо‘lishi mumkin bо‘lgan sug’urta hodisalari oqibatlari bilan bog’liq pul shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi rqy beradi.
Oldini olish funksiyasi sug’urta fondi mablag’larining bir qismi hisobidan sug’urta tavakkalchiligini kamaytirish bo’yicha tadbirlarni Moliyalashtirishga yqnaltirilgan.
Hayot sug’urtasida sug’urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan hayotni ma’lum muddatgacha sug’urtalash shartnomalari bo’yicha mablag’larni jamg’arishda ancha yaqinlashadi. Hayot sug’urtasi orqali pul mablag’larini jamg’arish oilaviy sharoitda sug’urtaviy himoyaga bо‘lgan ehtiyoj bilan bog’liqdir. Shu bilan sug’urta jamg’arish funksiyasini ham bajarishi mumkin.
Sug’urtaning nazorat funksiyasi sug’urta fondini qat’iy maqsadli shakllantirilishi va uning mablag’laridan tqg’ri foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya Yuqoridagi uch spyesifik funksiyalardan kelib chiqadi va konkryet sug’urta munosabatlarida ular bilan birga namoyon bо‘ladi. Nazorat funksiyasiga mos ravishda qonunchilik va instruktiv hujjatlar asosida sug’urta amallarini tqg’ri bajarilishi ustidan Moliyaviy sug’urta nazorati amalga oshiriladi.

2. Sug’urta ishidagi asosiy tuShunchalar.




Sug’urtani amalga oshirish jarayonida sug’urta ishtirokchilarining turlicha sug’urtaviy manfaatlarini namoyon bо‘lishi, sug’urtaga tyegishli ob’yektlarning turlichaligi, sug’urta hodisalarining keng kqlamliligi va boshqa omillar bilan bog’liq bо‘lgan murakkab spyesifik munosabatlar yig’indisi Yuzaga kyeladi. Shu munosabat bilan u yoki bu konkryet sug’urta munosabatlarini maxsus tyerminologiya yordamida aks ettirish zaruriyati tabiiydir.
Sug’urta tyerminologiyasi yordamida sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchilar о‘rtasida bir tilda suhbat olib borish, sug’urta shartlarini tuShunish, unda ishtirok etayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash, shyeriklar bilan amaliy munosabatlarni olib borish, ryeklama va boshqa sug’urta ishlarini amalga oshirish mumkin bо‘ladi.
Quyidagi har bir atamaga alohida-alohida qisqacha tuShuntirish berib ¤tamiz.
Sug’urtalovchi. Sug’urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot. Tabiiy ofat yoki boshqa kо‘zda tutilmagan sabablar natijasida kо‘rilgan zararlarni sug’urta qonunchiligi yoki sug’urta shartnomasi asosidagi shartlarni kо‘zda tutib qoplashni о‘z zimmasiga oluvchi tashkilotlar. Bugungi kunda mamlakatimizda 20 ta atrofida turli mulkchilik shakllaridagi sug’urta tashkilotlari faoliyat kо‘rsatmoqdalar.
Sug’urtalanuvchi. О‘ziga tyegishli mol-mulkni sug’urta qildirgan korxona, xо‘jalik tashkiloti yoki о‘z hayotini sug’urtalovchi fuqarolar sug’urtalanuvchi hisoblanadilar. Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta tashkiloti rqyxatidan о‘tganlar yoki ixtiyoriy sug’urta bo’yicha shartnoma tuzib, sug’urta badalini tqlaganlar sug’urtalanuvchilar qatoriga kiradi.
Sug’urtaning ob’yekti va pryedmyetlari. Mulk sug’urtasida ob’yekt sifatida moddiy boyliklar mol-mulk kо‘zda tutilsa, shaxsiy sug’urtada fuqarolarni hayoti sog’ligi va mehnat qobiliyati kо‘zda tutiladi. Sug’urta pryedmyeti - ana Shu ob’yektlarni tarkibiy qismlaridir, masalan, qishloq xо‘jaligi sug’urta ob’yekti bо‘lsa, ekinlar hosili, chorva mollarining soni, mol-mulk xillari, binolar, inshootlar, transport vositalari sug’urta pryedmyeti hisoblanadi. Uy-joyda saqlanuvchi mol-mulklar ob’yekt bо‘lsa, uy-rо‘zg’or buYumlari, myebyellar, gilamlar, tyelyevizorlar bu sug’urtaning pryedmyeti hisoblanadi. SHaxsiy sug’urta pryedmyetiga ma’lum yoshga yetish, mehnat qobiliyatini Yuqotish va vafot etish hodisalari misol bо‘la oladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling