Moliya” fanidan mustaqil ishi mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar. Tayorladi m-90-2 guruh talabasi Juraboyev Jaxongir Rustam o`g`li


) xoʻjalik riski; 2) inson tabiati bilan bog‘liq risk


Download 117.42 Kb.
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi117.42 Kb.
#1050776
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar JURABAYEV J

1) xoʻjalik riski;

2) inson tabiati bilan bog‘liq risk;

3) tabiiy omillar bilan bog‘liq risk. Xoʻjalik riski muvaqqat va obyektiv riskdan tashkil topadi. Muvaqqat risk bu - ishlab chiqarish jarayoniga yoʻnaltirilgan mahsulot keraksiz boʻlib qolishidir. Obyektiv risk bu - mazkur mahsulot mazkur xududda sotilmay qolishidir. Tadbirkorlar oʻz faoliyatlari davomida quyidagi vaziyatlarda tavakkalchilikni hisobga olishlari lozim.

1) Ishlab chiqarish sohasida: boshqaruv, taqsimot, texnologiya, texnika va ob-havo bilan bog‘liq risk;

2) vositachilik sohasida: fuqarolik ma’suliyati imkoniyatlari, mulk, pul vositalari va daromadni yoʻqotish bilan bog‘liq risk;

3) savdo sohasida: tovarning sotilmasligi, mahsulotni oʻz vaqtida yetkazib bera olmaslik bilan bog‘liq risk; 14 4) moliya sohasida: baho bilan bog‘liq, nelikvidlik, depozit, bank opreatsiyalari, valyuta, sug‘urta, mulkchilik kredit bilan bog‘liq risk.


3. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi. Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi. Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun 7 hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qaramaqarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir. Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin. Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo`lmaydi. Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan xolatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman, O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar: “Risk va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o`ynaydi. Xo`jalik faoliyatining ajralmas qismi bo`lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo`ladi”.


Download 117.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling