Moliya” fanidan mustaqil ishi mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar. Tayorladi m-90-2 guruh talabasi Juraboyev Jaxongir Rustam o`g`li


Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar


Download 117.42 Kb.
bet5/8
Sana24.12.2022
Hajmi117.42 Kb.
#1050776
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar JURABAYEV J

3. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar

Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo`lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo`lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo`lgan yuqotishlar salmog`ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo`rqish darajasiga moslashib turgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va sub`ektlar faoliyatida mustahkam o`rnashib olishiga imkoniyat yaratdi. Shuning uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o`rab kelmoqda. U bizning hayotimizda har doim ham qochib bo`lmaydigan va echish lozim bo`lgan bir jarayon bo`lib biror-bir natijani yuzaga kelishiga asos bo`ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo`lishi mumkin. Riskning sinonimi sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni, bir voqea bo`lish bo`lmasligini oldindan aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko`rsatishimiz ham mumkin. Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila olmasak, odatda, undan qochishga harakat qilamiz. Chunki, har qanday ishonchsizlik o`ziga xos tarzda ma`lum darajadagi yo`qotishlarga olib kelishi mumkin. Endi riskning tub mohiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak, “risk” so`zi ispancha - portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi. Shuning uchun ham risk xavf tug`dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli lug`atchi S.N.Ojegovning rus tili lug`atida “risk” bu “muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma`noni anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida riskga “havf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli”, deb qaralgan. V.T.Sevruk “risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir” degan ta`rif beradi.

Risk menejment tizimining tarkibiy elementlari

“Risk” - xodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va oʻzaro bog‘liq boʻlgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib koʻrsatish mumkin: - tanlangan muqobillikni (alternativani) amalga oshirish maqsadida koʻzlagan maqsaddan chekinish mumkinligi; - koʻzlagan natijaga erishishning ehtimolligi; - koʻzlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yoʻqligi); - alternativani noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog‘liq moddiy, ma’naviy va boshqa yoʻqotishlarning mavjudligi. Riskning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish ehtimolining borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy hislatda boʻlishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan elementlar, ularning oʻzaro bog‘liqligi va oʻzaro ta’sirchanligi riskning mazmun mohiyatida namayon boʻladi. Shu bilan bir qatorda riskka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha hislatlar xosdir. Unga quyidagi hislatlar kiradi. - qarama-qarshilik (zidlik); - alternativlik (muqobillik); - noaniqlik (mavhumlilik). Qarama-qarshililik riskning muhim hislatlaridan biri boʻlib u turli qarashlarda namoyon boʻladi. Risk faoliyatining hilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Shu bilan bir qatorda u konservatizm, dogmatizm, qoloqlik kabi jamiyat taraqqiyotga ruhiy toʻsiqlarni bartaraf etadi. Tugatmoq, boʻluvchi ruhiy toʻsiqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga qarshilik jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchilarga qarshi muvaffaqiyatni ta’minlashga yoʻnaltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g‘oyalarni amalga oshirishni ta’minlaydi. 12 Tavakkalchilikning bu hususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy oqibatga sabab boʻladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamoatchilikning fikirlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy taraqqiyotni toʻxtatishga olib keladi. Riskning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal xarkatlarning toʻqnashuvida namoyon boʻladi. Masalan, u yoki bu xarakatni amalga oshirish uchun maqbul yoʻlni tanlagan kishi oʻzini tavakkal ish qilgan deb xisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik har qanday riskdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin. Riskning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar, yoʻnalishlar, harakatlar orasidan oʻziga mos keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud boʻlmasligi, risk holatini inkor etadi. Qayerdaki tanlov boʻlmasa u yerda risk xarakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak risk mavjud boʻlmaydi. Risk vaziyatning aniq mazmuniga bog‘liq xolda alternativlik turli darajada murakkablikka ega boʻladi va u turli usullarda xal etiladi. Agar oddiy vaziyatlarda tanlov amalda toʻplangan tajriba va ichki xis tuyg‘uga asoslansa, murakkab vaziyatlarda qoʻshimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish zarur. Riskni mavjudligi bevosita oʻz ma’zmun shaklining hilma-xiligi bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog‘liq. Riskning bu hislatiga risk manbalarini oʻrganayotganimizda batafsil toʻxtalamiz. Bu yerda biz faqat “Risk”ni ishonchsiz va bir xillikni inkor etuvchi noaniqlikni “bartaraf etish” usullari sifatida qarab chiqamiz. Riskni bu xislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir noaniqliklarni toʻliq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin boʻlmagan), balki ratsional alternativani tanlash maqsadida riskni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.


Download 117.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling