Riskni boshqarish strategiyasining oʻziga xosligi va mazmuniga boshqaruv darajasi muhim ta’sir koʻrsatib, ushbu ta’sir doirasida tavakkalchilkini boshqarish strategiyasi ishlab chiqiladi va amalga oshriladi. Bugungi kunda, xorij tajribasida boshqaruv darajasiga bog‘liq ravishda strategiyaning uchta asosiy turini ajratib olish qabul qilingan boʻlib, ular quyidagilardir: portfel strategiya, tadbirkorlik strategiyasi va funksioanal strategiya. Portfel strategiya – bu strategiyaning yuqori darajasidir. Portfel strategiyani boshqarish korporatsiya tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar va tashkilotlarni qimmatli qog‘ozla ryordamida boshqarishni nazarda tutadi. Biznesda portfel deganda bosh kompaniyaga tegishli boʻlgan shoʻba korxonalalarning qimmatli qog‘ozlari toʻplami tushuniladi. Portfel ikki turda boʻladi: sinergetik (markaziy, birlashtirilgan) va diversifikatsion (nomarkazlashgan). Sinergetik portfellarni shakllantirish yoʻllari: - Korxona portfelida boʻlgan korxonalar va ularning keying rivojlanishini mustahkamlash; - Boshqa korporatsiyalar tomonodan yaxshiroq boshqarilishi mumkin boʻlgan kompaniyalarni sotish; - Korporatsiya tarkibiga kiradigan barcha kompaniyalarning aniq strategic yoʻnalganligi; - Korporativ missiyalarning yagonaligini ta’minlash maqsadida sinergizm ustivorliklaridan foydalanish. Diversifikatsion portfellarni shakllantirish yoʻllari: - Biznesni rivojlanish dinamikasining oʻzi tadbirkorlik faoliyatining boshqa sohasida ixtisoslashgan firmalarning bosh kompaniyalardan ajralishiga imkon yaratadi; - Texnik taraqqiyot bosh liniya bilan faqatgina texnologik jihatdan bog‘liq boʻlgan tadbirkorlik sohalarining rivojlanishiga imkon yaratadi; - Korporatsiya yoki holding doirasida alohida kompaniyalarga keng xoʻjalik mustaqiligi taqdim etiladi. Umuman olganda portfel startegiya quyidagilarni nazaida toʻtadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |