Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet51/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

mahalliy byudjet - Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Moliyaviy apparat – moliyani boshqarishni shakllantiruvchi tashkiliy - tuzilmaviy apparat.
Operativ boshqarish bu - minimal harajat qilib maksimal samaraga erishish va moliyaviy resurslarni yuqori samara olish uchun qayta taqsimlashga qaratilgan kompleks ishlar yig’indisidir. Operativ boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir.
Nazorat - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o’zida moliyani rejalashtirishda hamda operativ boshqarishda qo’llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan rejadagi ko’rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni o’stirish yo’llarini ko’rsatadi va ulardan samarali xo’jalik yuritish yullarini ko’rsatib beradi.
Nazorat - jamiyat iqtisodiy hayotidagi ob’ektiv hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim bo’g’ini bo’lib, u ko’p ming rahbar va mutaxassislar, mehnat jamoalari, jamoat va davlat tashkilotlarining sub’ektiv ijod sohasidir.
Moliyaviy nazorat tizimi sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o’z ichiga oladi.
Moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat qilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyati­ning samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir.
Nazoratning maqsadi - tuzatish choralarini ko’rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va buzish-larning oldini olishdan iborat.
Moliyaviy nazoratning sub’ektlari - nazorat vazifalarini ifodalovchi organlarlar.
Moliyaviy nazorat ob’ektlari - moliya tizimi va iqtisodiy samaradorligini tekshirish lozim bo’lgan moliya-xo’jalik-tijorat tuzilmalari paydo bo’lganida na­zorat sub’ektlari (taftishchilar)ni tashkil etish zarurati paydo bo’ladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling